Биология ва экология соҳасидаги инновациялар


TABIIY Yo‘nAlISHdAGI FAnlARdAn SAVodXonlIK dARAJASInI



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix13.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#112730
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
22.Biologiya yonalishi 3 qism

22
TABIIY Yo‘nAlISHdAGI FAnlARdAn SAVodXonlIK dARAJASInI 
RIVoJlAnTIRISHdA InnoVATSIon MeTodlARnI ISHlAB cHIQISH
Murzayeva Gulnoza Uktamovna,
Navoiy viloyat Navbahor tumani
37-ixtisoslashtirilgan maktab internati
Biologiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. maqolada tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini 
oshirish, savodxonlik darajasini rivojlantirishda innovatsion metodlardan foydalanish to‘g‘risida 
fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya, konsepsiya, biologiya fani, o‘qitishning vazifalari, innovatsion 
metodlar.
Yurtimizga ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida 
yagona maqsad – kelajagimiz vorisi bo‘lmish yosh avlodning har tomonlama komil inson 
bo‘lib voyaga yetishi, aniqrog‘i, yuqori bilim samaradorligiga erishishdir. shu o‘rinda, 
o‘zbekiston respublikasi Prezidenti sh.m.mirziyoyevning o‘zbekiston respublikasida 
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini 
belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat 
jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va 
usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek, o‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2018- 
yil 5-sentabrdagi «Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Pf-5538-son farmoniga ko‘ra o‘zbekiston respublikasi 
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi, o‘zbekiston 
respublikasining 2030-yilga kelib PisA (the Programme for international student 
Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning 
birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish borasida bir qancha ishlarni amalga 
oshirish ko‘zda tutilganini aytib o‘tish lozim. shunday ekan, ta’lim tizimida tabiiy 
yo‘nalishdagi talim jarayonini takomillashtirish va uning sifat samaradorli darajasini ta’minlash 
asosiy vazifalardan biridir.
bizga malumki, biologiya o‘quv fanini o‘qitishning vazifalari – asosiy biologic 
tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish, tirik organizmlarning yashash 
muhitiga moslashishlarning vujudga kelish mexanizmlari haqida ma’lumotlar berish, 
organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlarini tanishtirish, 
biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan texnika yutuqlari bilan 
bog‘lanishini ta’minlash, o‘quvchilar o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashi, 
sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga yo‘naltirish, tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona 
munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish, biologik bilimlar zaminida 
mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk 
allomalar va hozirgi olimlarni biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni 
milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi kompetensiyalarni shakllantirish yotadi.
Qator yillar davomida biologiya darslarida qo‘llaniladigan tadqiqotlar quyidagi xulosalar 
bilan yakunlandi:
1. Berilgan topshiriqning nazorati uchun vaqt kam sarflanadi;
2. dars jarayoni yana bir boshqa nazorat topshiriqlaridan foydalanish uchun vaqt iqtisod qili-
nadi;
3. topshiriq nazoratini o‘tkazish fan o‘qituvchisidan boshqa kishi tominidan amalga oshirili-
shi ham mumkin;
4. dars jarayonida turli interfaol metodlardan foydalanish sinfdagi barcha o‘quvchilarni qa-
mrab olish imkonini beradi;
5. har darsda har bir o‘quvchining uy vazifasi va yangi mavzu yuzasidan o‘zlashtirish dara-
jasi tekshirilayotgan va baholanayotgan darslarda o‘quvchilar hamma vaqt darsga tayyor bo‘lishi 
shart. 
Bugungi kunda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirishda noan’anaviy, qulay va o‘ylashga 
majbur qiladigan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari ishlab chiqilgan. 


25
22
Bugungi kunda biologiya fanidan dars o‘tishning turli usul va vositalari ishlab chiqilmoqda. 
masalan, mashg‘ulot darsi, multimediali dars, hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari va boshqa 
noan’anaviy dars o‘tish usullari foydalanish ta’lim samaradorligini, o‘quvchilarning mustaqil 
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.
Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etishda asosiy 
boshqaruvchi o‘qituvchi hisoblanadi. darsning turli bosqichida aKTdan foydalanish, elektron 
taqdimot, audio va videoresurslar yordamida mavzuni mustahkamlash, electron didaktik 
materiallar, matn dasturlari bilan ishlash, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, laboratoriya 
darsi o‘qituvchiga quyidagilarni beradi:
- har bir mavzuni ochib berish, hatto eng murakkab hisoblangan mavzularni tushunarli bayon 
etish;
- turli ko‘rgazmalardan foydalanish (rasmlar, sxemalar, testlar, biologik diktantlar, rebuslar, 
raqamli diktantlar, topishmoqlar, musiqa, video);
- fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini ko‘tarish, ta’lim berish jarayonida muammolarni hal etish;
- o‘qituvchi va o‘quvchining o‘quv jarayonidagi hamkorligini ta’minlash uchun ijobiy muhit 
yaratish;
- fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish;
- o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish;
- vaqtdan unumli foydalanish kabilardir.
Quyidagi topshiriq va uning javoblari namuna sifatida tayyorlangan didaktik 
tarqatmalar namunasi tavsiya etiladi.
«Biologik mashq».
o‘zbekistonda eng… uchib o‘tadigan … qushlardan biri. milliy va xalqaro … bilan … «Qizil 
kitob» ga i toifada – zaif tur, … «Qizil kitob»ga - …, tabiiy … uchib o‘tadigan qush. shuningdek, 
… va … «Qizil kitob»lariga kiritilgan.
«Biologik mashq»ning javobi. o‘zbekistonda eng noyob uchib o‘tadigan va qishlaydigan 
qushlardan biri. milliy va xalqaro qonunchilik bilan muhofazalanadi. «Qizil kitob» ga i toifada 
– zaif tur, o‘zbekistonning «Qizil kitob»ga ii toifada- zaif, tabiiy noyob uchib o‘tadigan qush. 
shuningdek, rossiya va Qozog‘istonning «Qizil kitob»lariga kiritilgan. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har bir darsga san’at asaridek qarash, olib borayotgan 
metodning o‘quvchilar yoshiga, bilim darajasiga mos ekanligi hamda o‘quvchilarni dars davomida 
qatnashishi, rag‘bat va boshqalar talim tizimida o‘quv samaradorligini oshirishga olib keladi.


26

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin