Биология ва экология соҳасидаги инновациялар


HUJAYRAnInG KIMYoVIY XARAKTeRISTIKASI VA FIZIK-KIMYoVIY



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/22
tarix13.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#112730
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
22.Biologiya yonalishi 3 qism

22
HUJAYRAnInG KIMYoVIY XARAKTeRISTIKASI VA FIZIK-KIMYoVIY 
XoSSAlARI
Sultonova Mehriniso Abdullayevna
Xorazm viloyati Hazorasp tumani 
1-sonli maktab kimyo va biologiya fani o’qituvchisi
 Tel 94 690 57 22 
Annotatsiya: ushbu maqolada hujayraning kimyoviy tuzilishi va kimyoviy tarkibiy qismlari 
to’g’risidagi qarashlarga to’xtalib o’tiladi. 
Kalit so’zlar: oqsil, hujayra, o`sish, differentsirovka, irsiyat, oqsil.
Kimyoviy analiz orqali hujayra tarkibida atmosfera va yer qobig`ida keng tarqalgan moddalar 
borligi aniqlangan. odam tanasining 96% i 4 elementdan: uglerod, vodorod, kislorod va azotdan 
tashkil topgandir. Kalsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining 3% ini tashkil qiladi. 
oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy bo`ladi. mis, marganes, kobalt, rux va boshqa 
mikroelementlar esa ulardan ham kam bo`ladi.
hujayraning hayotiy xususiyatlari tarkibidagi oqsilga bog`liq. modda almashinuvi, hujayra 
moddalarining yangitdan hosil bo`lib turishi - hujayradagi hayotiy jarayonning asosini tashkil 
qiladi. 
Assimilyatsiya yoki oraliq muhitdagi moddalarning sitoplazmaga aylanishi (tabiiy sintez):
dissimilyatsiya - sitoplazmadagi moddalarning hujayra ehtiyoji uchun energiya hosil qilib 
parchalanishi;
o`sish - hujayraning ma’lum qismlarining kattalashuvi va yangitdan paydo bo`lishi natijasida 
sitoplazma massasining oshishi: 
differentsirovka - yangi funktsional xususiyatlarning hosil bo`lishi bilan hujayra tuzilishining 
murakkablashishi, harakatlanish hujayraning muhitda siljishi
irsiyat - biologik belgilarning saqlanishi va nasldan naslga o`tishi kabi murakkab jarayonlardan 
iborat.
hujayra quyidagi kimyoviy komponentlardan tuzilgan.
oqsil. oqsil tarkibida uglerod, vodorod, kislorod, azot va oz miqdorda oltingugurt va fosfor 
bo`ladi. oqsillar aminokislotalardan tashkil topgan. aminokislotalarda kislotali (kar-boksil) 
gruppa - cooh va ishqoriy (amin) gruppa nh
2
mavjud. Kislota va ishqoriy gruppalarning bo`lishi 
aminokislotalarga amfotermik xususiyat beradi. aminokislotalar polipeptid bog`lar orqali birlashib 
uzun polipeptid zanjirlarni hosil qiladi. aminokislotalarning birlashish tartibi har bir hayvon oqsil 
molekulalarining maxsusligini belgilaydi.
aminokislotalarning o`zaro polipeptid zanjirlar hosil qilib birlashishi hamda ularning yon 
zanjirlarining o`zaro reaksiyaga kirisha olishi oqsil molekulalarining murakkab tuzilishini 
belgilaydi. hozirgi vaqtda oqsil molekulasining birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va ko`pincha 
to`rtlamchi strukturasi farqlanadi. Birlamchi struktura aminokislotalarning oqsil zanjirida ketma-
ketligi bilan belgilanadi. oqsilning ikkilamchi strukturasi alfa-spiral va beta-struktura ko`rinishida 
bo`lishi mumkin. Birinchisi - globulyar oqsillar uchun, ikkinchisi molekulalari bir-biriga parallel 
yotuvchi fibrillyar oqsillar uchun xarakterlidir. oqsilning uchlamchi strukturasi spiral shakldagi 
polipeptid zanjirning dumaloq bo`lib o`ralishidan hosil bo`ladi. Bu struktura vodorod, gidrofob va 
ion bog`lar bilan ushlanib turadi. oqsilning to`rtlamchi strukturasi - uchlamchi strukturalarining 
yig`indisidan iborat. Bir necha noaktiv uchlamchi strukturalar birlashib bitta funksional aktiv 
to`rtlamchi struktura hosil qiladi.
oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo`lsa, oddiy oqsillar yoki proteinlar 
deyiladi. oddiy oqsillarga hayvon hujayrasi yadrolarida uchraydigan protein va gistonlar, hujayra 
sitoplazmasi va qon plazmasidagi albumin va globulinlar, mushak tolasidagi miozin va boshqalar 
misol bo`la oladi. murakkab oqsil yoki proteidlar oqsil va oqsil bo`lmagan modda – prostetik 
gruppadan tashkil topgan. Prostetik gruppa turiga qarab quyidagi murakkab oqsillar farq qilinadi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin