22 HUJAYRAnInG KIMYoVIY XARAKTeRISTIKASI VA FIZIK-KIMYoVIY XoSSAlARI Sultonova Mehriniso Abdullayevna Xorazm viloyati Hazorasp tumani 1-sonli maktab kimyo va biologiya fani o’qituvchisi Tel 94 690 57 22 Annotatsiya: ushbu maqolada hujayraning kimyoviy tuzilishi va kimyoviy tarkibiy qismlari
to’g’risidagi qarashlarga to’xtalib o’tiladi.
Kalit so’zlar: oqsil, hujayra, o`sish, differentsirovka, irsiyat, oqsil.
Kimyoviy analiz orqali hujayra tarkibida atmosfera va yer qobig`ida keng tarqalgan moddalar
borligi aniqlangan. odam tanasining 96% i 4 elementdan: uglerod, vodorod, kislorod va azotdan
tashkil topgandir. Kalsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining 3% ini tashkil qiladi.
oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy bo`ladi. mis, marganes, kobalt, rux va boshqa
mikroelementlar esa ulardan ham kam bo`ladi.
hujayraning hayotiy xususiyatlari tarkibidagi oqsilga bog`liq. modda almashinuvi, hujayra
moddalarining yangitdan hosil bo`lib turishi - hujayradagi hayotiy jarayonning asosini tashkil
qiladi.
Assimilyatsiya yoki oraliq muhitdagi moddalarning sitoplazmaga aylanishi (tabiiy sintez):
dissimilyatsiya - sitoplazmadagi moddalarning hujayra ehtiyoji uchun energiya hosil qilib
parchalanishi;
o`sish - hujayraning ma’lum qismlarining kattalashuvi va yangitdan paydo bo`lishi natijasida
sitoplazma massasining oshishi:
differentsirovka - yangi funktsional xususiyatlarning hosil bo`lishi bilan hujayra tuzilishining
murakkablashishi, harakatlanish hujayraning muhitda siljishi;
irsiyat - biologik belgilarning saqlanishi va nasldan naslga o`tishi kabi murakkab jarayonlardan
iborat.
hujayra quyidagi kimyoviy komponentlardan tuzilgan.
oqsil. oqsil tarkibida uglerod, vodorod, kislorod, azot va oz miqdorda oltingugurt va fosfor
bo`ladi. oqsillar aminokislotalardan tashkil topgan. aminokislotalarda kislotali (kar-boksil)
gruppa - cooh va ishqoriy (amin) gruppa nh
2
mavjud. Kislota va ishqoriy gruppalarning bo`lishi
aminokislotalarga amfotermik xususiyat beradi. aminokislotalar polipeptid bog`lar orqali birlashib
uzun polipeptid zanjirlarni hosil qiladi. aminokislotalarning birlashish tartibi har bir hayvon oqsil
molekulalarining maxsusligini belgilaydi.
aminokislotalarning o`zaro polipeptid zanjirlar hosil qilib birlashishi hamda ularning yon
zanjirlarining o`zaro reaksiyaga kirisha olishi oqsil molekulalarining murakkab tuzilishini
belgilaydi. hozirgi vaqtda oqsil molekulasining birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va ko`pincha
to`rtlamchi strukturasi farqlanadi. Birlamchi struktura aminokislotalarning oqsil zanjirida ketma-
ketligi bilan belgilanadi. oqsilning ikkilamchi strukturasi alfa-spiral va beta-struktura ko`rinishida
bo`lishi mumkin. Birinchisi - globulyar oqsillar uchun, ikkinchisi molekulalari bir-biriga parallel
yotuvchi fibrillyar oqsillar uchun xarakterlidir. oqsilning uchlamchi strukturasi spiral shakldagi
polipeptid zanjirning dumaloq bo`lib o`ralishidan hosil bo`ladi. Bu struktura vodorod, gidrofob va
ion bog`lar bilan ushlanib turadi. oqsilning to`rtlamchi strukturasi - uchlamchi strukturalarining
yig`indisidan iborat. Bir necha noaktiv uchlamchi strukturalar birlashib bitta funksional aktiv
to`rtlamchi struktura hosil qiladi.
oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo`lsa, oddiy oqsillar yoki proteinlar
deyiladi. oddiy oqsillarga hayvon hujayrasi yadrolarida uchraydigan protein va gistonlar, hujayra
sitoplazmasi va qon plazmasidagi albumin va globulinlar, mushak tolasidagi miozin va boshqalar
misol bo`la oladi. murakkab oqsil yoki proteidlar oqsil va oqsil bo`lmagan modda – prostetik
gruppadan tashkil topgan. Prostetik gruppa turiga qarab quyidagi murakkab oqsillar farq qilinadi.