22 BIoloGIYA: JInS GeneTIKASI Xudayberdiyeva Manzura Sobirovna 14-umumta’lim maktabi Biologiya fani o’qituvchisi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Annotatsiya: ushbu maqolada muallif, biologiya fani jins genetikasi mavzusini qisqacha
yortib bergan. Undan tashqar muallif maqolaga ilmiy-amaliy yondashgan holda mavzuga doir
misollar berib o’tgan.
Kalit so’zlar: Jins genetikasi, xromosomalar, autosoma, organism, irsiyat.
Jins genetikasi va jinsni aniqlash. Barcha tirik organizmlar uchun jinsiy ko‘payish xos xususiyat
xisoblanadi. Jins organizmidagi belgi - xususiyatlar yig‘indisi bo‘lib, yangi bo‘g‘in xosil bo‘lishini
va irsiy belgilarning nasldan-naslga berilishini ta’minlaydi. Tug‘ilgan individlarning erkak yoki
urg‘ochi bo‘lishi masalasi insoniyatni qadimdan qiziqtirgan.
hozirgi kunda bu masalaning hal etilishiga ko‘ra tug‘ilayotgan individning urg‘ochi yoki erkak
bo‘lishi, erkak va urg‘ochi organizmlar xromosomalari yig‘indisidagi maxsus xromosomalarga
bog‘liq ekan. Urg‘ochi organizmning yetilgan tuxum hujayrasidagi xromosomalar yig‘indisida
«oddiy» (autosoma ) xromosomalardan tashqari bitta X xromosoma, erkak jinsiy hujayrada
esa (autosoma xromosomalardan tashqari) ikki tipdagi X va y xromosomalar bo‘ladi. Erkak va
urg‘ochi organizmlarning bir-biridan farq qilmaydigan xromosomalari autosomalar deyiladi. Erkak
va urg‘ochi organizmlarning jinsiy hujayrasi qaysi xromosomalari bilan bilan farq qilsa o‘sha
xromosomalar jinsiy xromosoma deyiladi. masalan, odam tuxum hujayrasi (X) spermatazoidning X
xromosomasi bilan urug‘lansa zigota autosoma xromosomalaridan tashqari, XX xromosoma hosil
bo‘lib ulardan urg‘ochi organizm rivojlanadi. Bu hujayradagi xromosomalar yig‘indisi autosoma
xromosomalaridan tashqari ikkita XX (44+XX) bo‘ladi. Tuxum hujayra (X), spermatazoidning
Y xromosomasi bilan urug‘lansa zigota XY xromosoma hosil bo‘lib, ulardan erkak organizm
rivojlanadi. y xromosomalar yig‘indisi autosoma xromosomalardan tashqari bitta X va bitta y
xromosoma bo‘ladi (44+Xy). XX tipdagi jins gomogametali, Xy tipdagi jins geterogametali jins
deyiladi.
Ba’zi bir irsiy kasalliklar X xromosoma birikib, shu xromosoma orqali bolaga o‘tadi. otadan
esa y xromosomadagi kasalliklar o‘tadi. misol, oyoq panjalari orasida pardalarning bo‘lishi faqat
y xromosomali erkak jinsda bo‘ladi. rang ajrata olmaslik (daltonizm) X xromosomada bo‘ladi va
ayoldan o‘g‘il va qizga teng nisbatda berilaveradi. ayol sog‘lom, erkak daltonik bo‘lsa, tug‘ilgan
bir o‘g‘il va qizga otadan chaqaloqga kasal X, onadan sog‘lom X, o‘g‘ilga ota va onadan sog‘lom
X va y xromosoma o‘tadi. Bunda esa qiz XX kasal o‘g‘il Xy sog‘lom bo‘ladi. Qiz sog‘lom yigitga
turmushga chiqib, ikki qiz va ikki o‘g‘il ko‘radi. Birinchi chaqaloqga ota va onadan sog‘lom XX
xromosoma o‘tadi va u sog‘lom bo‘ladi. ikkinchi chaqaloqga otadan sog‘lom X, onadan daltonizm
genli X xromosoma o‘tadi, bu qiz normal ko‘radi, lekin yashirincha kasallik tashuvchi bo‘ladi.
o‘g‘illardan biriga onadan sog‘lom X, otadan y xromosoma (Xy) o‘tadi va sog‘lom bo‘ladi.
ikkinchi o‘g‘ilga onadan kasal gen X, otadan y xromosoma o‘tadi. U rangni ajrata olmaydi. onadan
kasal X genli xromosoma olgan o‘g‘il va chaqaloqning 50 foizi shu kasalga duchor bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganimizda: genlar xromosomada muntazam va bir tekis joylashadi. Ular birikish
gruppalarini tashkil etib, bu gruppalar soni gomologik xromosomalarning juft soniga teng bo‘ladi.
Bir xromosomadagi genlar birikkan holda nasldan naslga beriladi. genlarning birikishi kuchi
ular orasidagi masofaga bog‘liq. gomologik xromosomalar o‘rtasida chalkashish (krossengover)
imkoniyati bo‘lib, genlarning rekombinatsiyasi ro‘y beradi. Bu tabiiy va sun’iy tanlashga imkon
beradi. genlarning birikishi va krossengover natijasida ularning rekombinatsiyasi qonuniy biologik
hodisa bo‘lib, organizmning irsiyat va o‘zgaruvchanligining umumiyligini belgilaydi.
foydalanilgan adabiyotlar:
1. hamidov J. h., oqilov a.T., nishonboev K.n., saidov T. m., Eshonqulov a. n. Tibbiy
biologiya va irsiyatdan qo‘llanma. T., ibn sino, 1992
2. Z.yu.maqsudov. Umumiy genetika. Toshkent- 1980 yil