Биология ва экология соҳасидаги инновациялар


Biologiya fani o’qituvchisi



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix13.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#112730
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
22.Biologiya yonalishi 3 qism

Biologiya fani o’qituvchisi 
Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya fanining o’qitishda 
o’quvchilar bilim darajasini oshirish hamda ularning fikrlash doirasining kengaytirish maqsadida 
tabiatga ekskursiyaning o’rni alohida ekanligi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: ekskursiya, yosh tabiatshunoslar, o’simlik, hayvonlar, biotsenoz, ’’Qon’’, ‘’Qon 
aylanish ‘’. amaliy ko’nikma, tirik tabiat burchagi, ekspereimental. 
maktabda o’quvchilarga ta’lim va tarbiya ishlari o’quv ishlarining muayyan shakllarida amalga 
oshiriladi. o’qitishning shakli - bu tarbiyaviy ta’lim jarayoni o’qituvchi tomonidan foydalanadigan 
o’quvchilarning o’quv idrok qilish faoliyatini uning o’tkazilish sharoitlariga muvofiq holda tashkil 
qilinishidir.
maktabda o’rganiladigan barcha fanlar uchun o’quv ishlarining asosiy shakli darsdir. darslarda 
davlat dasturi va ma’lum darajada darslikda belgilangan o’quv materiali o’qitiladi. darslarga 
qatnashish o’quvchilar uchun majburiydir.
biologiya o’qitishning shakli - darslarga qo’shimcha holda maktab amaliyotida o’qituvchining
o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudga kelgan. dastlab 
majburiy bo’lmagan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari mashg’ulotlar , ekskursiyalar o’qitish 
sistemasiga qo’yilgan. 
hozirgi vaqtda uslubiyat va maktab amaliyotida biologiya bo’yicha o’quvchilar bilan olib 
boriladigan o’quv ishlarining quyidagi shakllari qabul qilingan darslar va ular bilan bog’liq bo’lgan 
ekskursiyalar uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari ishlar.
uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida shu o’qitishning barcha shakllari - 
o’qitishning asosiy shakli bo’lgan dars bilan uzviy bog’liqdir, ular biologik tushunchalarni, dunyo 
qarashni, tafakkuri va amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradi.
sinfdagi darslarda biologiya fanining hammasi o’qitiladi. darslarda kurs mavzulari bo’yicha 
materialning izchil bayon qilinishini ta’minlovchi muayyan izchilligida joylashadi. darslarda 
o’qituvchi barcha o’qitish usullarini: og’zaki, ko’rgazmali, amaliy usullarni qo’llaydi. U o’simlik 
va hayvonlarni ham namoyish qiladi, amaliy ishlar bajarish yo’li bilan o’quvchilarni ayrim 
organizmlari tashqi hamda ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. lekin darsda tirik organizmlarning 
rivojlanishi, biotsenozlarda har xil organizmlarning birgalikda ishlashini ko’rsatib bo’lmaydi. 
shuning uchun ham biologiya o’qitish uslubiyatida darslarni to’ldiruvchi maxsus shakllar 
qo’llaniladi. Ekskursiyalar o’quvchilarni tabiatda tabiy guruhlar, fermer xo’jaliklari yoki 
muzeylarda, o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. Ekskursiyalar darslar bilan uzviy bog’liqdir.
ekskursiyada o’rganilgan obyektlar kurs davomida ko’p esga olinadi, to’plangan narsalar namoyish 
qilinadi. Ekskursiyada o’quvchilar oldingi bilimlarini mustahkamlab, tabiat haqida o’qiganlarini 
rivojlantirib, topshiriqlar asosida kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar.
Uy vazifalari eksperimental xarakterda bo’lsa-da darslar bilan bog’liqdir. o’quvchilar uyda 
unda murakkab bo’lmagan tajribalar o’tkazadilar. darsda olingan tasavvurlarni tasdiqlash uchun 
sinfda o’tkazilgan tajriba, amliy ishlarni takrorlaydilar yoki ularni oxiriga yetkazadiar. oldindan 
uyushtirilgan uy ishlari alohida qiziqish kasb etadi. Bunda o’quvchi shu hodisa sinfda o’rganguncha 
tajribada ko’radi yoki kuzatiish olib boradi va shu mavzu bo’yicha darsga ish natijalarini olib 
keladi.
Eksperimental tartibda ishlardan tashqari, fikr yuritish uchun , kelgusi darsda material bilan 
uzviylikni taminlash maqsadida ilgari o’tilgan mavzular bo’yicha masalalar va savollar berilishi 
mumkin. 
darsdan tashqari ishlar uy ishlariga nisbatan murakkabroq bo’lib , ularni bajarish uchun tegishli 
o’simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. darsdan tashqari ishlarga: biologiya 
xonasi, tirik tabiat burchagi, o’quv tajriba uchaskasidagi va tabiatdagi ishlar kiradi. Biologiya 
kabineti tirik tabiat burchagida o’tkaziladigan ishlar uchun o’quvchilarga topshiriqlar darslarda 
kursning barcha mavzulari bo’yicha o’quv yili davomida berib boriladi. o’quvchilarning o’quv 


32
22
tajriba maydonchasidagi yozgi topshilriqlarning natijalari ham barcha sinflar bo’yicha kuzda 
o’tkaziladigan darslarda foydaliniladi. darsdan tashqari ishlar majburiydir va buning uchun 
o’quvchilar baholanadilar.
sinfdan tashqari mashg’ulotlarning majburiy bo’lmagan ko’pgina shakllari: individual ishlar, 
sinfdan tashqari o’qishlar yoki tabiatshunoslar to’garagining ishi, ommaviy kechalar, ijtimoiy 
foydali mehnatlar keng qo’llaniladi.
sinfdan tashqari ishlar o’quv materiallari asosida unga bog’liq holda uyuahtiriladi. Biroq 
uning mazmunini takrorlamaydi, dastur doirasi bilan cheklanmaydi. ammo uni to’ldiradi. yosh 
tabiatshunoslar to’garagi biologiya darslarida namoyish qilish uchun kurs bo’yicha qulay va 
kerakli tajribalar imkonini beradi.
sinfdan tashqari o’qishlar, agar o’quvchilarning o’qiganlari darslarda, ekskursiyalarda, darsdan 
va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda joy olsa, yani o’qitish jarayoniga uzviy kirsa, yahshi natija 
beradi:o’quvchilar axborot va ma’ruzalar.
misol uchun ,,Qon’’ va ,,Qon aylanishi’’ mavzularini o’tishda o’qituvchi turli usullarda 
foydalaniladi. ayni paytda o’qituvchi guruhlariga: diffuziya va osmon hodisasini o’ganishga 
oid tajribalar qo’yish, odam va baqa qonidan preparat tayyorlash, qoning shakli elementlarini 
modelini yasash, qon guruhlarini aniqlash, arterialarda pulsni sanash kabi topshiriqlar beriladi. 
o’quvchilar bu topshiriqlarni darsdan tashqarida bajaradilar. imkoniyati bo’lganda o’qituvchi 
qon yuvish instituti, tibbiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etadi. U ekskursiyada o’quvchilarga 
mazmuniga oid savollar beriladi. Ekskursiyada qaysi masalarga kengroq e’tibor berishni 
ko’rsatadi. Ekskursiyadan keyin o’quvchilar rasm va sxemalar bilan taminlangan hisobotlar 
tayyorlaydilar. o’quvchilar ekskursiya mavzusida oid devoriy gazetalar chiqaradilar Eng yaxshi 
hisobotlar mavzuni takrorlashda kuzatiladi. Bularning barchasini o’quv shakllari bilan to’g’ri 
va teskari bog’lanish ko’riladi. o’quvchilarbning ish natijalari manbayi sifatida darsda kiritilgan, 
o’quvchilarning o’zlari bu teskari bog’lanish ta’limotiga emas, balki alohida tarbiyaviy ahamiyatga 
ega bo’ladi.
darsda o’quv ishlarini tashkil qilishning barcha qamrab oluvchi, tarbiyalovchi talim jarayoning 
markaziy qismidir. Ko’pincha o’qitish shakllari to’g’risidagi tushunchalarni usullar to’g’risidagi 
tushuncha bilan aralashtirib yuboradilar. masalan ekskursiyani ,, Ekskursiya usuli ‘’ deb ataydilar. 
Bu to’g’ri emas, chunki o’qitishning har bir shaklida usullar mumkin.
biologiya o’qitish sistemasi, taminlovchi, talim asosiy elementlarining rivojlanishidan, 
o’qitishning barcha shakllari o’rtasidagi bog’lanishlardan iboratdir. darsda ilmiy biologik 
tushunchalar va amaliy o’quvlar rivojlantirilishi, ular uy ishlarida ham ekskursiyalarda ham 
rivojlanishda davom etadi.
foydalanilgan adabiyotlar:
1. Botanika 5-sinf. o’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o’rta ta’lim 
maktablarining 5-sinf o’quvchilari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. o’.Pratov, a. To’xtayev, 
f.azimova. “o’zbekiston” nashriyot-matbaa uyi. Toshkent – 2015.
2. Botanika 6-sinf. o’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o’rta ta’lim 
maktablarining 5-sinf o’quvchilari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. o’.Pratov, a. To’xtayev, 
f.azimova. Toshkent – “o’zbekiston” – 2017. 
3. Biologiya 10-sinf. o’rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o’rta maxsus, kasb - hunar 
ta’lim muassasalarining o’quvchilari uchun darslik. a. abdukarimov, J. Tolipova, o. ishankulov, 
m. Umaraliyeva, i. abdurahmonova. “sharq” nashriyoti– Toshkent–2017.


33

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin