Биология ва экология соҳасидаги инновациялар


BIoloGIYA FAnInI o‘QITISHdA YAnGI ZAMonAVIY PedAGoGIK



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix13.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#112730
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
22.Biologiya yonalishi 3 qism

22
BIoloGIYA FAnInI o‘QITISHdA YAnGI ZAMonAVIY PedAGoGIK 
MeTodlARnI dARS JARAYonIdA Qo‘llASH
Raximova Farog‘at Tuychiyevna 
Toshkent shahar Uchtepa tuman 
295-umumiy o‘rta ta’lim maktabning biologiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya fani o‘qituvchilarining 
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, biologiya fanini o‘qitish shakllarini 
kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish to‘g‘risida
ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: interfaol, dars, metod, bosqich, tushuncha, topshiriq, ko‘rgazma.
interfaollik deganda o‘quvchining o‘quvchi bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqoti 
o‘zaro ta’sir ko‘rsatish rejimida ishlashi tushuniladi. interfaol o‘qitish, avvalo, dialog tarzda 
o‘qitish, muloqot jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal 
etilishidir.
darsning har bir bosqichida metodlarning u yoki bu birikmalaridan foydalaniladi. muayyan 
bosqichdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlovchi metod ustunlik qiluvchi metod 
hisoblanadi, qolgan metodlar unga bo‘ysunadi. Biologiyani o‘qitishda, aksariyat hollarda
ko‘rgazmali metod yetakchi o‘rinni egallaydi, boshqa metodlar unga bo‘ysunadi yoki singib ketadi.
“ikki qismli kundalik” metodi bu metod o‘rganilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning 
tushunchalarini shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi. maqsad: o‘quvchilarning 
o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishini uyg‘otish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, 
tushunchalarni o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash.o‘tkazish bosqichlari:
1-bosqich. o‘quvchilarga mavzu yuzasidan matn o‘qish uchun taklif etiladi.2-bosqich. 
o‘quvchilarning barchasi matn bilan tanishganiga ishonch hosil qilingach, ulardan daftarga 
vertikal chiziq chizish so‘raladi. ikkita ustun hosil bo‘ladi.3-bosqich. o‘quvchilarga daftarning 
chap ustuniga mantdagi tushunchalar va ularning ta’rifini yozishlari aytiladi.4-bosqich. o‘quvchi 
o‘ng tomondagi ustunga muayyan tushunchaga o‘zining izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan matndagi 
tushunchani o‘z fikri bilan chog‘ishtirib, umumlashtirib beradi.5-bosqich. Topshiriq bajarilgach, 
o‘quvchilar (o‘z xohishiga ko‘ra) bittadan tushunchani va ularga yozilgan izohni o‘qishlari taklif 
etiladi. Tushunchalar va ularning izohi o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur tushuncha 
yuzasidan o‘z izohini berishga ruxsat etiladi, biroq fikrlar takrorlanmasligi so‘raladi. 
bunda o‘quvchilar individual (faol metod) yoki guruhlarda (interfaol metod) ishlashlari 
mumkin.
“Xatoni tuzat” o‘quvchilarga varaqda darslikdagi matnlardan bir parcha beriladi. matnda bir 
nechta xatoliklar bor. o‘quvchi shu xatolarni tuzatishi lozim. Bunday mashqlar o‘quvchilarni 
darslikda berilgan mavzularni diqqat bilan o‘qishga, tushunishgao‘rgatadi. masalan: “hayotning 
organizm darajasi erda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishining birlamchi asosi sifatida 
o‘rganilishi, shuningdek, tiriklikning keyingi darajalari bo‘lgan molekula, hujayra, organ, to‘qima, 
populyasiya va tur, biogeotsenoz, biosfera bilan o‘zaro aloqadorlik va uzviy likni aniqlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. hayotni organizm darajasida o‘rganishning mohiyati tirik organizm 
hujayralarida uchraydigan noorganik moddalar molekulalari,ya’ni: uglevodlar, oqsillar, nuklein 
kislotalar, lipidlarning tuzilishi va ularning biologik ahamiyatini aniqlash sanaladi.”
Adabiyotlar:
1. Pratov o’, To’xtayev a. va boshqalar. Biologiya (Botanika). Umumiy o’rta ta’lim 
maktablarining 6-sinfi uchun darslik. “o’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2017y.
2. yo’ldoshev J., hasanov s. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “moliya-iqtisod” nashriyoti, 2009.
3. ro’ziyeva d., Usmonboyeva m., holiqova Z. interfaol metodlar: mohiyati va qo’llanilishi / 
met.qo’ll. – T.: nizomiy nomli dTPU, 2013 


29

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin