27
22
texnologiyasidan foydalanib, quydagicha PisA topshiriqlarini tayyorlashimiz mumkin:
1-topshiriq.Tradeskansiya o‘simligini vegetativ ko‘paytirish uchun o‘simlikdan 3-4 ta
bargchali novdasi kesib olinadi. novdani qum va o‘g‘it aralashtirilgan sernam tuproqli qutiga
o‘tqazildi. yangi ekilgan o‘simlik ustiga shisha banka yopib qo‘yiladi. 2-3 haftadan so‘ng
novdaning pastki qismidan ildizlar o‘sib chiqadi. shundan so‘ng o‘simlik
yangi gultuvakka
ko‘chirildi. aytingchi, nima uchun 3-4 ta barg bo‘lishi kerak, nima uchun qum aralashtirilgan
tuproq zarur, nima uchun banka yopib qo‘yiladi va ekilgan novdadan qanday ildizlar o‘sib chiqadi?
2-topshiriq.o‘qitish jarayonida fanlararo integratsiyani quydagicha qo‘llash mumkin:
savol: olmaxonning katta dumi nima uchun kerak? tulkiga-chi?
Javob: olmaxon bir-biridan uzoq masofadagi daraxtdan-daraxtga sakraydi. Bunda unga dum
yordam qiladi: u o‘ziga xos stabilizatordir. Tulkiga dumi yugirib keta turib keskin burilishda
yordam beradi. Tulki uchun dum havo rulidir.
savol: eritrositlar diametri taxminan 1 kub millimetrda 5000000 dona eritrosit bo‘lsa, bir kub
santimetrda qonda qancha eritrosit bo‘ladi?
Javob: 50000000 dona bo‘ladi.
savol: odam nima uchun sovuq qotganda beixtiyor titraydi?
Javob: titrash-organizmni sovuqdan saqlash shakllaridan biri. Titrash vaqtida muskullar
qisqarishi sodir bo‘ladi. muskullarning qisqarish ishi organizmda issiqlikka aylanadi.
savol: qaldirg‘ochlar yomg‘ir yog‘ishidan oldin nima uchun pastlab uchadi?
Javob: mayda chivin, kapalak va hasharotlarning mayda qanotchalari havo nam bo‘lganligi
sababli namlanib yerga tushadi. Qaldirg‘ochlar ular bilan ziqlanish
uchun ularning orqasidan
pastga uchadilar.
savol: momaqaldiroq vaqtida to‘dalashib turish havfli?
Javob: odamlar nafas olganda chiqadigan bug‘lar havoning elektr o‘tkazuvchanligini orttiradi.
3-topshiriq. amaliy yoki laboratoriya mashg‘ulotlarini hayotiy vaziyatlar bilan quyidagicha
bog‘lash mumkin:
masala: rustam bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida 480 g uglevod, 120 g oqsil, 100 g yog‘ va
5-6 g tuz iste’mol qilishi kerak. agar u rejim qoidasining quyi foiziga amal qilib iste’mol qilgan
bo‘lsa, tushki ovqatdan ajralgan energiya miqdorini (kkal) hisoblang.
Yechish: 1-qadam: 1 g uglevod 4,1 kkal, 1 g oqsil ham 4,1 kkal, 1 g yog‘ esa 9,3 kkal energiya
hosil qilishini hisobga olib, masalada berilgan organik moddalar (uglevod, oqsil yog‘)
miqdorini
1 g moddadan hosil bo‘ladigan energiya miqdoriga (kkal. ga) ko‘paytiriladi va bir kunlik jami
organik moddalardan ajralgan energiya miqdori topiladi. Tuzlardan energiya chiqmaganligi
uchun hisobga olinmaydi.
(480×4,1) + (120×4,1) + (100×9,3)=1968+492+930=3390kkal
2-qadam: tushki ovqat sutkalik ovqatning 35 - 40% tashkil qilishini hisobga olsak,
uning quyi foizi 35 % bo‘ladi. demak, 3390 kkal 35 % miqdori topiladi.
xkkal kkal → → 35% 100% 3390
x=1186,5kkal.
Javob: 1186 kj
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarda o‘qish savodxonligi, matematika va
tabiiy fanlardan bilim, ko‘nikmalarni shakllanishi hamda mustahkamlanishi davlatimizning
kelajakdagi muvaffaqiyati uchun dastlabki muhim qadam bo‘la oladi. Bu yo‘lda biz pedagoglarga
vatanimiz ishonib topshirgan mas’uliyatli vazifadan hech qachon charchamasligimiz va to‘xtab
qolmasligimiz shart.
foydalanilgan adabiyotlar:
1. a.B.radjiyev va boshqalar. o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha
xalqaro
tadqiqotlar dasturi, qo‘llanma. – Toshkent: 2019-yil, 62-bet.
2. ro‘zieva d., Usmonboeva m., holiqova Z. interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi
/ met.qo‘ll. – T.: nizomiy nomli dTPU, 2013.