22
SAloMATlIK PoSBonlARI
Yuldasheva Feruza Tirkashevna
Jizzax shahar 8- umumta’lim maktabi o‘qtuvchisi
Tel :998912081982 @feruzayuldasheva83@gmail.com
Anotatsiya: vitaminlar inson organizmining har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
biologik faol modda.Vitaminlarning asosiy manbai bu tabiatda tarqalgan meva va sabzavotlaridir.
Kalit so‘zlar: vitamin, o‘simliklar,
shifobaxsh, singa , bere-bere.
Kishilik jamiyatida paydo bo‘libdiki insonlar tabiat bilan chambarchas bog‘langan. Be’jizga
tabiatga ona tabiat deb ta’rif berilmaydi. ona bolasini ardoqlab, parvarish qilgani kabi, tabiat ham
o‘z qo‘ynidagi tabobat olamini shunday avaylab o‘stiradi. o‘simliklar
dunyosi insonlarni juda
qadimdan qiziqtirib kelgan. o‘simliklar tashqi ko‘rinishi ularning oziqlanishi , tarkibi asrlar osha
insonlarni o‘ziga jalb qilib etib kelgan. insonlarni hayotini o‘simliklarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
insonlarning nafas olishi , kiyinishioziqlanishi, uy qurishi buni barchasi o‘simliklar bilan bevosita
bog‘liqdir. insonlarning aqliy jismoy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi vitaminlar , minerallar
turlarining aksariyati o‘simliklarda mujassamlashgan. Tabiat ne’matlari meva sabzavot , poliz
ekinlari , ziravorlar bo‘lishidan qa’tiy nazar o‘z tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan
turlik organik moddalar vitaminda mineral tuzlar saqlaydi inson
organizmning normal hayot
faoliyati , yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun vitaminlar eng muhim biologik moddalar hiosblanadi.
Agar organizmga birorta vitamin yetishmasa organizm ta’siri turli kasalliklarning kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi. shuning uchun ham “vitamin” atamasi hayot degan ma’noni bildiradi Jannatmakon
yurtimizda o‘sadigan 4000 dan ortiq tabiy holda o‘sadigan o‘simliklarning aksariyati shifobaxshligi
bilan ajralib turadi.meva va sabzavotlarning vitaminlarga boy ekanligini bilmaydigan kishi
bulmasa kerak. Vitaminlar kashf etilganda insonlar hayoti xavf ostida bo‘lgan. inson organizmiga
turli vitaminlar va minerallar tuzlarning yetishmasligi natijasida turli xil kasalliklarga chalinganlar.
Kasalliklarga chalingan kishilarda umumiy darmonsizlik og‘iz bushlig‘ida
terida turli toshmalar
toshishi, tishlarning to‘kilib ketishi kabi belgilar kuzatilgan. Biz necha yillar oldin uzoq dengiz
safariga sayohatchi va savdo kemalarining ekipaj a’zolari orasida “singa” kasalligi avj olib ketadi.
bu kasallikdan ayniqsa Amerika va hindistonga qilinadigan safar kemalarida ko‘p uchragan Xvi
asrning boshlarida boshlab o‘tgan yuz yil mobaynida dengiz okeanlarga qilingan safarlarda ko‘plab
kishilar bu kasallik qurboni bo‘lganlar. XViii asrning o‘rtalarida singa kasalligi haqida ko‘plab
ma’lumotlar to’plandi. insonlarni bu kasallikdan qutqarish o‘sha davrning dolzarb masalalariga
aylandi. 1795 yildan boshlab safarga chiqgan matroslar oziq ovqatlariga 30mln dan limon sharbati
qushib beriladigan bo‘ldi. Bunday kasallikka qarshi kurash yutug‘i boshqa mamlakatlarga tezda
tarqaldi. shundan kiyin safarga chiqadigan har bir kema floti o‘z oziq ovqatiga meva sabzavotlardan
olib yuradigan bo‘ldi.ana shu yillar singadan qolishmaydigan kasallik bere-bere osiyo xalqlari
orasida tarqaldi. Bu kasallik bilan kasallangan bemorlarning oyoq muskullarida, boldirlarida qattiq
og‘riq kuzatilgan. Buni natijasida bemor madorsizlangan, ozib ketgan, bu kasallik davolanmaslik
natijasida qo‘l oyoqlar shol bo‘lib qolgan. yaponiya, Koreya, indoneziyada bu kasallik juda keng
tarqalgan. 1880- yilda n.i.lunin organizmlar o‘sishi, rivojlanishi uchun qandaydir moddalar
zarurligini, busiz hayot kechira olmasligini birinchi marta aniqlaydi.1912-
yilda K funk bu
moddaga “vitamin” nomini beradi.
o‘simliklar tarkibidagi vitaminlar o‘rganilgan davrdan boshlab ular haqida ko‘plab ishlar
amalga oshirildi. hozirgi kunda fanga 40dan ortiq vitamin kiritilgan.yuqorida aytib utilganidek
vitaminlarning aksariyati organizm o‘simlik mevazorlaridan yoki sabzavotlardan sintezlaydi.
shuning uchun o‘simliklarni tabiiy salomatligimiz posbonlari deb aytamiz. Tabiiy posbonlarni
asrab
avaylash , ko‘paytirish har bir insonning fuqrolik burchidir.
foydalanilgan adabiyot
1. m.nabiyev.T.odilov.o.Pratov.g.shermatov.”Qiziqarli Botanika”.
2. m.nabiyev.”sabzavot rezavor mevalar xosiyati”.
3. sh.irgashev.”Tabiatning uzi tabib”.