Biosfera va uning asosiy tashkil etuvchilarining evolyusiyasi (F.Ramadu, 1981)
Vaqt, yillar soni
Geologik davr
Biosfera
Litosfera
Gidrosfera
Atmosfera
5·109 4,5·109
Arxey davrining boshi
Quyosh tizimining shakllanishi.
Eng qadimgi jinslar
Okean kondensatsiyasi
Erkin kislorod mavjud emas
3·109 2·109
Dokembriy
Dastlabki bakteriyalar
Fotosintez qobiliyatiga ega birinchi organizmlar
Ftoplanktonning tez o‘sishi
Vulkanizm
Dokembriydagi muzlash
Temir oksidlaridan kislorod paydo bo‘lishi
Kislorod miqdori xozirgi kundagidan 1% ni tashkil etadi.
Ozon qatlamining shakllanishi
7·108
5·108 –
2,25·108
Paleozoy erasi
Ko‘p xujayralilarning paydo bo‘lishi.
Tomirli o‘simlik va xashoratlarning paydo bo‘lishi
Saxaraning muzlashi. Toshko‘mir qatlamlarining paydo bo‘lishi
Okean xajmining kattalashuvi
Kislorod miqdori xozirgi kundagidan 3-10% ni tashkil etadi.
108- 7·107
Mezozoy erasi
Sut emizuvchilarning paydo bo‘lishi.
Urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi
Vulkanizm
Bo‘r va gips yotqiziqlarining paydo bo‘lishi.
Kislorod miqdori oshib boradi.
5·107
Kaynazoy erasi
Eotsen
Oligotsen
Qizil ko‘mirni paydo bo‘lishi
Vulkanizm
2·107
Miotsen
Sut emizuvchilarning turlarini ko‘payishi.
Birinchi primatni paydo bo‘lishi
Kislorod miqdori xozirgi kundagiga yaqin
107
Pliotsen
Dastlabki odamsimonlar paydo bo‘lishi
106
To‘rtlamchi davr
Muzlash
Dengiz satxi xozirgidan 120 m pastda
Kislorod miqdori m’yorida
Geologik va biologik moddalar aylanishi haqida fikr yuritilganda ularning bir-biriga bog‘liik bo‘lgan jarayonlar ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur. Chunki bu ikki jarayon doimo birgalikda yuz beradi va ularni bir butun umumsayyoraviy moddalar aylanishi deb ham aytish mumkin.
Noosfera (grekcha noos-aql, ong, spaira – sferik qobiq) jamiyat bilan atrof-muhitning o‘zaro ta’sirlashuv makonidir. Noosfera, ya’ni fikrlovchi qobiq insonning ongli faoliyati ta’sirida jamiyat va tabiatning evolyusion rivojini asosiy harakatga keltiruvchi kuch yoki omilidir.
Rus olimi V.I. Vernadskiy o‘zining biogeokimyoviy tadqiqotlariga tayanib qo‘yidagi ilmiy asoslangan xulosaga keladi: «Insonning xujalik va ishlab chiqarish faoliyati tufayli tabiat kuchli o‘zgarishga uchraydi, bu jarayonda inson bosh o‘zgartiruvchi kuchga aylanadi va u biologik evolyusiya yunalishining belgilovchisi bo‘lib qoladi. Inson bilan biosfera o‘rtasidagi o‘zaro munosabat umumsayyoraviy xarakter kasb etadi. Inson faoliyati tufayli tabiatda modda va energiya aylanishining yangi turi, ya’ni antropogen modda aylanishi qaror topadi. Buning natijasida yerdagi biogeotsenoz jarayon noogeotsenozga o‘tadi». Hozirgi ilmiy texnika tarraqqiyoti rivojlangan sharoitda biosferaning noosferaga aylanishi umumsayyoraviy miqyosdan fazoviy miqyosga o‘tib bormokda. Chunki insonning ongli faoliyati ta’siri nafaqat yer, balki yaqin koinotni ham qamrab olmoqda.
Biosfera tarraqqiyoti faqat insonlarning ilmiy-texnik imkoniyatlari, saloxiyatigagina bog‘lik bo‘lib qolmasdan, balki jamiyatdagi ijtimoiy- siyosiy holatiga, ya’ni tinchlik, barkarorlik, hamjihatlik kabi xolatlar ham bog‘likdir.