Biosfera haqida tushuncha Reja


Jamoa – bir muhit va ob-havo sharoitiga ega bo‘lgan maydonda hayot kechiruvchi organizmlar – o‘simlik, hayvonot va mikroorganizmlar majmuidir



Yüklə 341,64 Kb.
səhifə6/8
tarix25.04.2023
ölçüsü341,64 Kb.
#102366
1   2   3   4   5   6   7   8
2- Ma\'ruza Molekulyar ekologiya va uning Biosfera ta\'limotidagi o\'rni

Jamoa – bir muhit va ob-havo sharoitiga ega bo‘lgan maydonda hayot kechiruvchi organizmlar – o‘simlik, hayvonot va mikroorganizmlar majmuidir.

Jamoa beo‘lchov biotizim hisoblanadi. Demak, planetamizda joylashgan barcha organizmlar yig‘indisi kichik guruhli organizmlar ham bo‘lishi mumkin.



3. Ekologik tizim (ekotizim) ta’rifi. Ekotizimlarning biotizimlardan farqini organizmlar va muhitning birgalikda yig‘indisi holatida tasavvur qilish mumkin.

Ekologik tizim - bu birgalikda yashovchi har xil turdagi organizmlar va ular yashashining shart-sharoitlaridir, o‘zlarini o‘rab turgan tabiiy muhit bilan aloqada bo‘ladilar.

Yuqorida qayd etilganidek, ekotizimning alohida yashovchi organizmlarini – muhitni «populyatsiya» - muhiti, «tur-muhit» kabi turlarini autekologiya, ekotizimning turini esa sinekologiya o‘rganadi.


Ekotizim huddi biotizim singari ierarxik, shaklda mavjuddir. Biroq ularning barchasi shartli, ya’ni yonma-yon darajalar bilan funksional o‘zaro bog‘langan. Shunday ekan, tabiatda genlar xo‘jayradan tashqari ko‘p xo‘jayrali organizm tarkibidagi organlar, organdagi xo‘jayralardan tashqari yashay olmaydi (moddalarning aylanish va energiyaning paydo bo‘lishi bundan istisno). Shu sababli kishilik jamiyati jahon tabiati bilan uzviy bog‘langan. Shunday qilib, bio- va ekotizim bir vaqtda ham diskretli, ham uzluksiz hisoblanadi.
Ekotizimning muhim belgilaridan biri uning beo‘lchovligidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ekotizimga misol tariqasida (mikroblari bilan tomchi suv ham) suv tomchisini ko‘l, o‘tloq, cho‘l, o‘rmon, biofiltr, kosmik kema kabinasi va boshqalarni keltirish mumkin. Shunday ekotizimlar tabiiy va sun’iy (inson tomonidan o‘zgartirilgan) bo‘lishi mumkin.
Ekotizimlarda ichki ham tashqi modda va energiya almashinuvi sodir bo‘ladi. Ularga aniq oziq zanjiri hamda oziq (trofik) darajasi xosdir. Oziq zanjirining umumiy qonuniyatlar ozuqa sifatida, ikkinchisi uchinchisiga va b.q. xizmat qiladi.
Tashqi muhit ta’sirida o‘zgarish, ekotizim tomonidan javob ta’sirini paydo qilib, bu o‘zgarishlarni yoki yo‘qotadi yoki ekotizimning o‘zini qayta qurishga olib keladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, ekotizimlar ierarxik shaklda tuzilgan. Biz ekotizimlarni tashqil etish darajasiga qarab uchta asosiy qismga bo‘lamiz: biogeotsenotik, (biogeotsenoz), biom va biosfera tizimi.
Biogeotsenoz. ekotizimga nisbatan biogeotsenoz o‘lchamli tushunchaga ega, uning o‘lchamligi organizmlarning muayyan majmuali va muhit sharoitlari bilan ta’riflanadi. Ekotizim uchun keng doirada muayyan majmua tushunchasi mavjud emas.

Biogeotsenoz - modda va energiya almashinuvi jihatidan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jonli va jonsiz tabiat tarkibiy qismlari majmuidir.

Bu tabiatdagi eng murakkab tizimlardan biri hisoblanib, avtotrof, xemotrof va geterotrof organizmlarga bo‘linadi. Biogeotsenozning tirik tarkibiy qismlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik vositalari, quyosh quvvati, tuproq va uning suv mineral vositalari esa jonsiz tarkibiy qismlariga kiradi. Har bir biogeotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o‘sha joyda o‘sib unadigan o‘simlik hamda hayvonlar bir-biriga monand va o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan boshqa barcha tirik mavjudotlar kiradi. Biogeotsenoz o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar kishilar, muhit, hatto uzoq Koinotning ta’siri ostida ham ro‘y beradi. Biogeotsenozni o‘rganish qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.


Ushbu atama ekologiyaga 1940 yilda V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan. U biogeotsenozga quyidagicha ta’rif bergan: «Biogeotsenoz - bu Yer yuzasining ma’lum masofasidagi bir-biriga o‘xshash tabiiy hodisalar (atmosfera, tog‘ jinslari, o‘simliklar, hayvonot olami va mikroorganizm hodisalari)» majmuidir. Bu majmua uni tashqil etuvchi tarkibiy qismlari o‘zaro ta’sirining o‘ziga xos alohida xususiyatiga hamda tarkibiy qismlari o‘rtasida va ichki dialektik birlikda, doimiy harakatda va rivojlanishda bo‘lgan boshqa tabiat hodisalari bilan modda va energiya almashinuvining muayyan xiliga egadir.
Bu har bir biogeotsenoz turining o‘ziga xos alohida va issiqlik energiya hamda noorganiq va organiq moddalar muvozanatiga olib keladi. Shu bilan birgalikda biogeotsenoz doimiy harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘lgan ichki qarama-qarshi dialektik birlik to‘g‘risida tasavvurga ega. Bunday ta’riflashga biz ham umuman qo‘shilgan holda, biogeotsenoz doimiy ravishda aniqlik kiritishni talab etadi. Birinchidan-biogeotsenoz -bu nafaqat ikki o‘lchamli yuza (yer yuzasi), u muayyan bir «chuqurlikka», uchinchidan fazoviy koordinataga (tirik organizmlar Yerning o‘nlab va yuzlab metr chuqurligiga kirib boradi), mikroorganizmlarning strotosferani ozonli qatlamida hattoki, undan ham yuqorida uchraydi. Ikkinchidan, ta’riflashda o‘ziga xos xususiyat mutlaqo ortiqcha soʻz. Uchinchidan, atmosfera, tog‘ jinslari va boshqalar ob’ektlarini «tabiat hodisalari» emas, balki organizmlarni o‘rab turuvchi muhit deb atash maqsadga muvofiqdir.
Biogeotsenoz komponentlari va ularning bir-biri bilan o‘zaro aloqadorligi 3.1 rasmda ko‘rsatilgan.




Yüklə 341,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin