Biosfera haqida tushuncha Reja



Yüklə 341,64 Kb.
səhifə4/8
tarix25.04.2023
ölçüsü341,64 Kb.
#102366
1   2   3   4   5   6   7   8
2- Ma\'ruza Molekulyar ekologiya va uning Biosfera ta\'limotidagi o\'rni

Nazorat savollari:

  1. Biosfera nimani anglatadi?

  2. Biosferaning tarkibini ayting.

  3. Biosfera haqidagi ta’limot nimadan iborat?

  4. Tabiatdagi moddalarning kichik (biotik) aylanma harakatini tushuntiring.

  5. Tabiatdagi moddalarning katta (geologik) aylanma harakatini tushuntiring.



EKOLOGIK TIZIMLAR



1. Tizimlar tushunchasi
1. Biologik tizim
3. Ekologik tizimlar (ekotizimlar) ta’rifi. Biogeotsenoz.
4. Ekologik makon. Hayotiy shakl. Areal

Adabiyotlar: 4; 18; 29; 36.
Tayanch iboralar: atomarli, genetika, diskretli, koralli riflar, morfofiziologik tur, morfotuzilishlar, panmiksiya, pigment, statik muvozanat, trofik holat, fiziologiya, sitologiya, ekvivalent, ekstremal, emerjentlik.

Ekologik tizimlar yoki qisqacha ekotizimlar ekologiyaning fan sifatida asosiy predmeti hisoblanadi. Ekotizim to‘g‘risidagi tasavvur garchi ancha ilgari paydo bo‘lgan bo‘lsa ham, «yekotizim» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan taklif qilingan. Ekotizim to‘g‘risidagi ta’limot tizimlar nazariyasiga asoslanadi.
1. Tizimlar. Tizimlar nazariyasi tadqiqot doirasida umummilliy hisoblanib, uning mavjudligi uchun va mantiq-metodologik apparat va umumlashgan model ishlab chiqildi. Tizimlar nazariyasining asoschisi A.A.Bogdanov (1873-1926) hisoblanib (yunoncha tekton -quruvchi), XX asr boshlarida asosiy prinsiplarni ifodalagan va uni tektonologiya deb atagan. G‘arb adabiyotlarida umumiy tizimlar nazariyasining muallifi sifatida, biolog L. Fon Bertalanfi (1937) tan olingan.
Tizimlar nazariyasining hozirgi zamondagi «tizim» tushunchasi quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: tizim o‘zaro aloqada bo‘lgan to‘liq elementlarni nazarda tutadi; o‘rab turgan muhit bilan alohida birlikni ifoda etadi; har qanday tizimlar elementi juda yuqori darajada o‘z navbatida tizimlar elementi kuyi tartibda bo‘lishi mumkin; tizim uchun emerjentlik xususiyati xarakterli hisoblanadi.
Shunday qilib, o‘zaro aloqada bo‘lmagan elementlarni (ularning yigindisi) bir butun, yagona tizim sifatida qarab bo‘lmaydi. Tizim ierarxik tuzilishiga ega, ya’ni u yuqori tartibli va quyi tartibli elementlar yig‘indisi sifatida qaralishi mumkin (tizim yonida). Tizim mutlaqo bir xil elementlardan tashqil topmaydi. Xullas, tizimlar emerjentligi – bu o‘zaro aloqada bo‘lgan elementlardan paydo bo‘ladigan va aloxida elementda kuzatilmaydigan xossalardir. Buni quyidagicha izohlash mumkin: vodorod va kislorod – gazni tashqil etadigan moddalar, suv esa ushbu elementlardan tashqil topgan – suyuqlik, lekin bu suvni agregat holati bo‘lib, vodorod va kislorodning agregat holatidan kelib chiqqan emas.
Tizim – bu o‘zaro aloqada va munosabatda bo‘lgan bir qancha elementlardan iborat bo‘lib, kamida bitta yangi xususiyati bilan tavsiflanadigan o‘ziga xos bir butunlikni ifodalaydi.
Tizimli tadqiqot ilmiy va texnik muammolar yig‘indisi bo‘lib, tadqiqot ob’ekti o‘ziga xos xususiyati va xilma-xilligi bilan tizim sifatida karaladi. Tizimning muhitni tahlil qilish vositasi matematika, kibernetika va axborotlar nazariyasi hisoblanadi.
Tizimli yondashish - bu amaliy masalalarni yechish uslubi bo‘lib, mavjud sharoitlarda zarur bo‘lgan masalalarni yechish operatsiyasini va bu operatsiyalarni o‘tkazish vositasini umumiy tizim sifatida qarashni ifoda etadi. Tizimli yondashish tufayli ko‘pgina ekologik va tabiatni muhofaza qilish muammolarini har tomonlama yechish ta’minlanadi.
2. Biologik tizimlar. Tabiatda biotik (jonli) komponentlar (tizimlar nazariyasidagi elementlar) abiotik (jonsiz) komponentlar energiya va moddalar almashinishi yo‘li bilan bitta umumiy -biologik tizimni tashqil etib, o‘zaro tartibli munosabatda bo‘ladi. Bu tizim birmuncha past darajada tizimga yaqin tuzilgan. Biotizimlar o‘z-o‘zini tashqil etish va o‘zining faoliyatini uzluksiz ravishda teskari aloqa signallariga muvofiqlashtiradi.

Biologik tizim - bu o‘z-o‘zini hosil qiladigan (hujayra, organizm, jamoa va b.q.) muhit va boshqa tizimlar bilan bir butun birlik sifatida o‘zaro munosabatda bo‘lgan biokimyoviy, fiziologik, biotsenotik va boshqa funktsiyalarni bajaradi.

Bunda o‘z-o‘zini hosil qiluvchilar deganda biologik tizimda fizik-kimyoviy va biologik hodisalarning ichki va tashqi ta’siri tufayli vujudga keladigan yangi organizmlarning paydo bo‘lishi tushuniladi.


Teskari aloqa - biologik tizimlarning o‘z-o‘zini boshqarishni tushuntiruvchi kibernetik atama bo‘lib, ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zini boshqarish - tashqi ta’sir oqibatida tuzilishi va xossalari o‘zgargan biotizimning ichki tizimni tiklash qobiliyatidir. Hozirgi zamon tasavvurlarga ko‘ra, muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan bir-biridan tafovut etadigan 6 ta darajadagi komponentlarga ajratiladi (1.1 -rasm).





Yüklə 341,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin