Biosfera xakida tushuncha


Biotsenoz Biogeotsenozlar va ekotizmlarning tuzulmalari va xususiyatlari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə3/7
tarix14.01.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#79183
1   2   3   4   5   6   7
Biosfera xakida tushuncha (1)

Biotsenoz Biogeotsenozlar va ekotizmlarning tuzulmalari va xususiyatlari

Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning popu- lyats iyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshqa organizmlar va o‘lik tabiatning ta’sirida bo‘lishi bilan birga, o‘z navbatida, o‘zlari ham ularga ta’sir ko‘rsatadi.


Bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan organizmlarning populyatsiyalari biogeotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda biogeotsenoz — bir-biriga bog‘liq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir.
Biogeotsenozning biotik qismi mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlardan tashkil topadi va biotsenoz deb ataladi. Biotsenoz o‘simliklar (fitotsenoz), hayvonlar (zootsenoz) zamburug‘lar va mikroorganizmlardan (mikrobiotsenoz) tashkil topadi. Bio geotsenozning abiotik qism (86-rasm) ma’lum iqlim sharoitiga ega bo‘lgan quruqlik yoki suv havzasining bir qismidir va ekotop deb ataladi. Ekotop atmosfera (klimatotop) va tuproq (edafotop) omillardan tashkil topadi (rasm).Biogeotsenoz tushunchasi 1940-yilda akademik V.N.Su- kachyov tomonidan taklif qilingan. Biogeotsenozlar: 1) turlar xilma-xilligi; 2) har bir turdagi individlar zichligi; 3) biomassa
rasm. Biogeotsenoz sxemasi.
(biogeotsenozdagi organik moddaning umumiy miqdori) kabi ko‘rsatkichlar bilan ta’riflanadi.
Biogeotsenozdagi hayot jarayonlarini tashqaridan keladigan energiya ta’minlagani uchun uni ochiq, muvozanat holatidagi, o‘z-o‘zini idora qila oladigan sistema deyiladi.
Biogeotsenozning turg‘unligini moddalarning davriy ayla- nishi (o‘lik tabiatdan tirik tabiatga, tirik tabiatdan esa o‘lik tabiatga tinmasdan aylanishi) orqali ta’minlanadi. Bunda energiya manbayi Quyosh hisoblanadi, uning energiyasi davriy aylanish jarayonida kimyoviy bog‘lar energiyasiga, keyin esa mexanik va issiqlik energiyasiga aylanadi.
Biogeotsenozda hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: autotroflar va geterotroflar. Autotroflar asosan o‘simliklardan tashkil topgan bo‘lib, ular fotosintez tufayli Quyosh energiyasini o‘zlashtirib, oddiy anorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Geterotroflarga hayvonlar, odamlar, zamburug‘lar, bakteriyalar kiradi Ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi va o‘z hayot faoliyati jarayonida oddiy birikmalarga parchalaydi. Bu moddalar o‘z navbatida tabiatga qaytariladi va autotroflar tomonidan yana moddalar davriy aylanishiga jalb qilinadi.
Biotsenoz quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) produtsentlar (hosil qiluvchilar); 2) konsumentlar (iste’mol qi luvc hilar); 3) redutsentlar yoki destruktorlar (parchalovchilar).

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin