Biosfera xakida tushuncha



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə4/7
tarix14.01.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#79183
1   2   3   4   5   6   7
Biosfera xakida tushuncha (1)

Produtsentlar autotrof organizmlar bo‘lib, quruqlikdagi va suvdagi yashil o‘simliklar hisoblanadi. Sintezlangan organik moddaning bir qismi konsumentlar geterotroflar, o‘txo‘r hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadi. Ular esa o‘z navbatida go‘shtxo‘r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.
Redutsentlar ham geterotroflar hisoblanadi. Ular asosan mikroorganizmlardan tashkil topib, hayvon va o‘simliklarning o‘lik tanasini parchalab, organik moddalarni oddiy anorganik moddalarga parchalaydi. Organik moddalarning ko‘p qismi darhol parchalanmay, yog‘och, tuproqning organik qismi, suvdagi cho‘kmalar sifatida saqlanadi. Bu organik moddalar ko‘p ming yillar davomida saqlanib, qazilma yoqilg‘iga (torf, ko‘mir va neft) aylanadi. Har yili Yerda fotosintezlovchi organizmlar 100 mlrd t ga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko‘ra ko‘proq sintezlanishi natijasida atmosferada CO2 ning miqdori kamayib, O2 miqdorining ortishiga olib keldi. XX asrning ikkinchi yarmidan sanoat va qishloq xo‘jaligining tobora rivojlanishi atmosferada CO2 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Oziq orqali bog‘lanish (oziq zanjiri). Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, o‘zaro bog‘langan bir nechta turlar yoki organizmlar oziq zanjiri deb ataladi (87-rasm). Oziq zanjiri — o‘simliklar energiyasini bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan o‘tkazishdir. Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bog‘lanishlardir (yunoncha trofe — oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi autotrof o‘simliklar (produtsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantiradi. Produtsentlarga xemosintezlovchi

87-rasm. Oziq zanjirlari.
organizmlarni ham kiritish mumkin. Ikkinchi zvenoni o‘txo‘r (birlamchi iste’mol qiluvchilar) va go‘shtxo‘r (ikkilamchi iste’mol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirlarining uchinchi zvenosini organik moddalarni mi- ne ral moddalargacha parchalovchi mikroorganizmlar (redu- tsentlar) hosil etadi. Ikkinchi va uchinchi zveno geterotrof organizmlar hisoblanadi. Tabiatda oziq zanjiri odatda uch-to‘rt darajadan tashkil topadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tishda energiyaning va moddaning miqdori taxminan o‘n martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90 foizga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini ta’minlashga sarflanadi. Qolgan 10 foizigina organizmlar tanas ining tuzilishi uchun sarf bo‘ladi.


Xulosa
Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi. Masalan, o‘rtacha olganda 1000 kg o‘simlikni yeganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali o‘txo‘r hayvonni yegan yirtqichlarning biomassasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikki- lamchi yirtqichlarniki esa faqat 1 kg gacha ortadi.
Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi (88-rasm). Ekologik piramidada produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardagi organizmlar soni biomassa va energiya nisbatining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Piramidaning asosini autotrof organizmlar — hosil qiluvchilar tashkil qiladi, ulardan yuqorida o‘txo‘r hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng cho‘qqisida yirik yirtqichlar joylashadi.
Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton— zooplankton — mayda baliqlar — yirik baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tobora kamaya boradi.
Sun’iy qishloq xo‘jalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi.
Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri o‘zo‘zini idora qilishdir. O‘z-o‘zini idora qilish — tabiiy sistema- ning qandaydir tabiiy ta’siri yoki antropogen ta’siridan keyin o‘z ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. O‘z-o‘zini idora qilishning yorqin misoli — keng bargli o‘rmondagi biogeo tsenozdir. Bu yerda o‘simliklar joy, yorug‘lik va suv uchun raqobatlashadi.
Bu xildagi biogeotsenozlarda yaruslik, ya’ni o‘simliklar jamoasining vertikal bo‘ylab bir necha qatorda joylashishi kuzatiladi.
Keng bargli o‘rmonning birinchi yarusini yorug‘sevar

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin