Biosfera xakida tushuncha


Populyatsiyaning zichligi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə6/7
tarix14.01.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#79183
1   2   3   4   5   6   7
Biosfera xakida tushuncha (1)

Populyatsiyaning zichligi — ma’lum maydon yoki hajm birligida individlar soni yoki biomassa bilan o‘lchanadi.
Masalan, 1 ga yerda 100 ta daraxt, 1 ga hovuzda 10000 ta baliq yoki 1000 kg baliq, 1 litr suvda 1 mln bakteriya va hokazo. Populyatsiya individlarining soni har xil bo‘lishi mumkin. Lekin individlar soni ma’lum chegaradan kamayib ketsa, populyatsiya ham asta-sekin yo‘qolib ketishi mumkin.
Populyatsiyaning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sonining o‘zgarishidir. Bu ko‘rsatkich ma’lum vaqt davomida tug‘ilish va o‘lishning miqdori bilan o‘lchanadi. Bu tushuncha odamlar po- pulyatsiyasining demografik analizida keng ishlatiladi. Popu- lyatsiyalarning soni mavsumiy va yillar davomida davriy o‘zga- rishi mumkin. Masalan, bizning sharoitda yozning issiq kunla- rida yuqumli ichak kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar va gijjalar sonining keskin ortib ketishi kasalliklarning keng tarqa- lishiga sabab bo‘ladi. Baqalar, qurbaqalar, dala sichqonlari, chigirtkalar sonining ma’lum yillarda davriy o‘zgarishi aniqlangan.
Davriy o‘zgarishlarni o‘rganish ancha qiyin, chunki buning uchun bir necha yillar davomida kuzatishlar olib borish talab qilinadi. Ko‘p holatlarda davriy o‘zgarishlarni laboratoriya sharoitida modellashtirish mumkin. Yetarli ma’lumotlarni qisqa hayot sikliga ega hayvonlarni (drozofilalar, sichqonlar, kalamushlar) laboratoriya sharoitida har xil omillarni ta’sir ettirib olish mumkin.
Populyatsiyaning holatiga ovqatning miqdori katta ta’sir ko‘rsatishi Viskonsin universiteti olimlarining sichqonlar ustida o‘tkazilgan oddiy tajribalarida aniqlandi.
Sichqonlar yashagan uyda ularga har kuni bir xil miqdorda don berib turilganida avval populyatsiya soni ortib boradi. Populyatsiya individlari sonining ortishi ularga ovqat yetishmasligiga olib keladi, natijada ayrim sichqonlar boshqa joyga ketishga (emigratsiya) majbur bo‘ladi. Bu tajribadan ovqatning sichqonlar ko‘payishini cheklovchi omil bo‘lishi, emigratsiya- ning ortib borishi ham populyatsiyaning muvozanatini saqlovchi omil bo‘lishi yaqqol ko‘rinib turibdi (85-a rasm).
Ikkinchi tajriba boshqacha sharoitda o‘tkazildi. Bunda sichqonlarning ovqati yetarli miqdorda, lekin ularning boshqa joylarga ketib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Natijada populyatsiya kattalashib borib, yashash joyi torlik qilib qoladi, sichqonlar orasida bir-birini yeb qo‘yish (kannibalizm), bolalariga g‘am- xo‘r lik qilmaslik holati kuzatiladi, yosh sichqonlar o‘limi 100 foizgacha ortadi (85-b rasm). Bunday jarayonlarni tabiiy po- pulyatsiyalarda ham kuzatish mumkin.
Shunday qilib, ovqatning miqdori sichqonlar populya- tsiyasida tug‘iluvchanlik, emigratsiya, individlarning o‘zaro munosabatlariga, umuman olganda, populyatsiyaning soniga ta’sir ko‘rsatuvc hi omildir.
Populyatsiya holatiga hududiylik (territoriyaviylik) xususi- yati ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Har bir populyatsiya o‘zining yashashi va ko‘payishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlovchi hududni (territoriyani) egallashga harakat qiladi. Ko‘p hayvonlar o‘zlari uchun ovqat manbayi bo‘lgan, uyalar quradigan territoriyalarni belgilab qo‘yadilar va uni boshqa populyatsiyalardan yoki individlardan himoya qiladilar.
Hududiylik ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib, populyatsiyaning ayrim joylarda haddan tashqari ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan cheklovchi omillardan biri hisoblanadi.
XULOSA
Populyatsiyalarning dinamikasiga bir turga kiruvchi har xil populyatsiyalar orasidagi va har xil turlarga kiruvchi populyatsiyalar orasidagi raqobat shakllari ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tabiiy sharoitlarda raqobatbardosh populyatsiyalar ko‘proq saqlanib qoladi, raqobatga chiday olmaganlar esa butunlay yo‘qolib ketadi.
Tasodifiy o‘zgarishlar yong‘in, suv toshqini, ob-havoning keskin o‘zgarishi, dovullar, zilzilalar kam sonli populyatsiyalarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday populyatsiyalarda ko‘pin-
cha tug‘ilish o‘limning o‘rnini to‘ldira olmaydi va bir necha yil davomida ular qirilib ketadi.
Tabiiyki, populyatsiya har xil jinsli va yoshdagi individlardan tashkil topadi. Populyatsiyaning yoshi, tarkibi undagi individlar umrining o‘rtacha uzunligiga, jinsiy yetilish vaqtiga, ko‘payish jadalligiga bog‘liq. Populyatsiyalarda yosh va qari individlar nisbatiga qarab o‘sayotgan, barqaror yoki kamayib borayotgan pop ulyatsiyalar farq qilinadi.
Qushlar, mo‘ynali hayvonlar, baliqlarni ovlash mumkinligi yoki mumkin emasligi yosh individlarning katta yoshdagi individlarga nisbati ko‘rsatkichiga qarab belgilanadi.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin