O‘rta Osiyo halqlari avvaldanoq chechak, moxov va boshqa kasalliklar to‘g‘risida ma‘lumotlarga ega edi. Abu Ali ibn Sino (900-1037) bu kasalliklarning sababchisi tirik mavjudotlar ekanligini va ular suv, havo orqali tarqalishini aytgan.

Mikroorganizmlarning ochilishi mikroskopning kashf etilishi bilan bevosita o‘zviy bog‘liq bo‘ldi. Birinchilar qatori Gans va Zahariy yansen, sungra G.Galiley va K.Drebbel tomonidan mikroskoplar yaratildi va takomillashtirildi.
Gollandiyalik olim Anton van Levenguk (1632-1723) o‘zi yasagan mikroskop yordamida iflos suv, turli xil organik moddalarni suyuqliklari — har xil moddalar qaynatmalari, tish kiri kabi namunalarni tekshirib, ulardagi mikroorganizmlarni ko‘zatib «Anton Levenguk kashf etgan tibbiyot sirlari» degan kitobida (1695) mikroorganizmlarning shakllarini tasvirlab bergan.