¾
Biolyuminessiya mexanizmlari va qonuniyatlaridan foydalanib, quyosh energiyasi
zahirasi, fotosintez mahsulotini hisoblash uchun o’lchash
qurilmalarini yaratish va
x.k.
SUVDA BIOFOTOLIZ
Biologik yoqilg’i elementlari
Ayni vaqtda suvni vodorod va kislorodga fotoajratish reaksiyasi qobiliyatiga asoslangan
biokimyoviy tizimlar yaratilgan. Ma’lumki, suvda biofotoliz tizimlar ikki umumiy elementdan
iborat:
1. suvni ajratish tizimi kiradigan fotosintez
elektron-transportli zanjiri;
2. vodorod hosil qiluvchi katalizatorlar.
Vodorod hosil qilish jarayonida foallashtiruvchi katalizator sifatida, anorganik
katalizatorlar platina hamda biologik katalizatorlar- gidrogenazalardan foydalaniladi.
Gidrogenazalar eritma va immobillangan shaklda yoki hujayrada vodorod hosil qiluvchi
terminal fermentlar ko’rinishida qo’llanilishi mumkin. O’rganilayotgan tizimlarning barchasini
uchta guruhga ajratish mumkin:
Uksak o’simliklar xloroplastlari, ferredoksin va gidrogenazalar (2.9.A-rasm);
loroplastlar elektronlarni kichik molekulyar tashuvchilar (mediator)
va bakterial gidrogenazalar
(2.9. B.-rasm);
Mikroorganizmlar hujayrasiga asoslangan tizimlar.
Bunda hujayraning - vodorod fotoprodusentlari bo’lishi mumkin:
mikrosuvo’tlari
H
2
O Energiya (yuqori energiyali)
yorug’likda metabolitlar
O
2
H
2
(qorong’ulikda)
Immobillangan hujayra ham qo’llanilishi mumkin:
H
2
O q HAD Anabaena nidulans HADH q O
2
;
HADH H2 q HAD
q
.
Phodosporillum rubrum
Tasavvur qiling, hoxlagan o’simlik tizimiidan gidrogenaza yordamida vodorod ajratish
mumkin. Buni esa laboratoriya sharoitida bakteriyalardan va o’simlik bargi ekstraktlaridan
foydalanib tashkil etish mumkin. Bu esa eng yuqori (oliy) maqsad yo’lida suvo’tlar yoki
o’simlik-bakterial tizim chizmasi bo’yicha to’liq sun’iy tizim ishlab chiqishni
mukammal
o’rganishni talab qiladi.
Bunday hollarda gidrogenaza bilan birgalikda Fe-S katalizatorlaridan foydalanish mumkin,
bular bilan birgalikda xlorofil saqlovchi membrana yuzasining xloraplastlar yoki ko’piklaridan,
suvda kislorodni kamaytirishi uchun va elektronlar va protonlarni erkinlashtirish va vodorod
hosil qilish uchun - marganesli katalizatorlar qo’llanilishi mumkin.
YOrug’likda O
2
va qorong’ulikda H
2
ajratadigan ikkifazali tizim yaratilgan, keyin esa bir
vaqtning o’zida H
2
va O
2
ajratuvchi bir qatlamli fazani yarimo’tkazuvchi
membrana yordamida
ajratish mumkin bo’ladi.
Bundan tashqari, fotosintezlovchi bakteriyalarning (Rhodospirillum rubrum, Chromatium
thiocapsa) stabil gidrogenazadan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.
Vodorod ishlab chiqarishdagi biokatalitik tizim, hozircha yorug’lik nurida ishlovchi yagona
bo’lgan bir bosqichli tizim hisoblanadi. Bu tizim qanchalik ko’p ishlagani
bilan energiya manbai
(quyosh nuri) va xom-ashyosi (suv) buzilmaydi, shuning uchun ham yuqori energetik qiymatga
ega gazsimon vodorodni ajratish va saqlab turish, atrof-muhitga hech qanday zarar etkazmaydi.
Boshqa birorta energetik tizim bunday ajoyib xususiyatga ega emas. Hozirgi kunda bunday
biologik va fotokimyoviy tizimlar yaratish bilan jahonning
zamonaviy uskunalar bilan
jihozlangan bir necha o’nlab laboratoriyalari ishlamoqdalar.
Olimlarning diqqat e’tibori-da turgan muammo, bu yarimo’tkazgich xususiyatiga ega
bo’lgan kukunlar va membranaga o’xshamagan xlorofillar yordamida amalga oshadigan sun’iy
fotosintez jarayonini yaratishdir.
Oxirgi yillarda kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirishni samarali yo’llarini
muammosiga qiziqish ortib bormoqda.
Ayni vaqtda, turli xil yoqilg’i turlarini yonishidan hosil bo’lgan energiyani qayta
ishlashning ko’p bosqichli jarayonidan foydalanib kelinmoqda:
Dostları ilə paylaş: