Biologik mikroqurilma Ushbu texnologiyaga XX asrda - turli xil qurilmalarni arzonlashtirish va ularning
sezgirligini oshirish extiyoji sezilgandanoq asos solingan edi.
Dastlab ilmiy manbalarda biologik mikroqurilmalar ishlab chiqarish, ulardan
bioaniqlagichlar, prosessorlar va foydalaniladigan elementlar sifatida qo’llanilganligi haqida
ma’lumotlar berila boshlandi.
Avvallari texnikada tirik tizim ta’sir mexanizmidan foydalanish vazifasi qo’yilgan bo’lsa,
hozirgi kunda metallga elementlardek kiritiladigan - bioelementlardek gibridli sistemalar
yaratilmoqda.
Biologik mikroqurilmalar texnik qurilishiga ko’ra quyidagicha xulosalanadi:
•
Mikroqurilmalar uchun ishlatiladigan biologik mahsulotlar nisbatan arzon (oqsil,
fermentlar va x.k.), ularning zahiralari amalda cheksiz, ularni ajratish, tozalash va immobillash
tannarxi arzondir.
¾
Bioqurilma juda ko’p turdagi energiyani qayta hosil qilish qobiliyatiga ega, ba’zi hollarda
teskari qayta hosil qilish imkoniyatlari mavjud, bu esa masalan: xemomexanik va mexanik-
kimyoviydek biridan foydalanib yana undan bioqayta hosil qilishi mumkin.
¾
Bioqayta hosil qiluvchining foydali ta’sir koeffisienti juda yuqori (ba’zan 100% ga
yaqin), energiyani qayta hosil qilish jarayonida ulardagi kechayotgan avtokatalitik
xarakterni aniqlash imkoniyatiga ega.
¾
Bioaniqlagich - mahsulotning keng spektri regitasiyasi bilan ta’minlanishi va chuqur
sezgirligi bilan xarakterlanadi (uchraydigan mahsulotning miqdorini 10
-8
- 10
-19
M
darajagacha aniqlaydi).
¾
Namunaviy qayta hosil qiluvchi - modul yig’indisini yaratish mumkin.
Bunday modullar yig’indisi kimyoviy jarayonlarni tezligini oshirishni maksimal darajaga
etkazish mumkin, tirik hujayra metabolitik reaksiyalari ishtirokida, fermentsiz tizimga nisbatan
ularni tezligi taqqoslanganda 10
8
- 10
10
marataba oshganligi kuzatilgan.
Biosensorli tizimning umumiy chizmasi 2.20-rasmda, bioaniqlagichlarning - blok chizmasi
esa 2.11-rasmda aks ettirilgan.