bo’ladi va uch kun o’tgach qalinlashib burmali, qatlam-qatlam tuzilishni namoyon qiladi.
zamburug’ miseliysining faol o’sish bosqichi
juda kam aerasiyada, 34-36
0
S haroratda ta’minlanadi.
Faol kislota hosil bo’lish bosqichida harorat 32-34
0
S ga pasayadi, havo uzatilishi esa 3-4
marta oshadi. Kislota hosil bo’lishining jadalligining pasayishi va ajraladigan issiqlik miqdori
kamayishining oldini olish uchun kameraga berilayotgan havoni sekin-asta kamaytirib boriladi.
Fermentsiya jarayoni eritmada 1-2% shakar qolganda va kultural
suyuqlikda kislota saqlashi
12-20% ni tashkil etganda to’xtatiladi. Kyuvetalardan kultural suyuqlik maxsulot yig’gichga
quyiladi, so’ngra kimyoviy sexga o’tkaziladi. U erda limon kislota ajratiladi. Kultural suyuqlikning
limon kislota saqlashi 12-20% ni tashkil etadi. Miseliy kislotalardan issiq suv bilan yuvib tozalandi
va qoramollar uchun oziqa sifatida qo’llanilishi mumkin.
26.3-rasm. Melassa yuza qismiga ekish orqali limon kislota olishning texnologik
chizmasi
1-melassa uchun idish; 2-markazlashtiruvchi nasoslar; 3-melassani suyultirish uchun reaktor; 4-sterilizator;
5-brodil
kamerasi; 6- bijg’iydigan eritmalarni yig’gich; 7-neytralizator; 8-nutch-filtr; 9-aralashtirgich; 10-
nutch-filtr; 11- montej-yig’gich; 12-vakuum-uskunasi; 13-disolver; 15-kristallizator; 16-qabul bo’limi; 17-
quritish; 18-tayyor maxsulot; 19 filtratlarni yig’ish.
Suyuq oziqa muhitida o’stirish usulidagi fermentasiya
Aspergillus niger
zamburug’larini suyuq oziqada o’stirish orqali lizin olish jarayoni 100m
3
hajmdagi fermentyorlarda amalga oshiriladi. Ekish materiali sifatida 10m
3
hajmdagi
ekish
fermentyorlarida olingan o’suvchan miseliylar qo’llaniladi.
Melassa eritmasi ekish va ishlab chiqarish fermentyorlari uchun xuddi yuza qismda o’stirish
usulidagidek olinadi, faqatgina suyuqlikda fermentasiya uchun dastlabki melassa eritmasi 4% dan
kam bo’lmagan shakar saqlashi lozim. Agarda fementasiya jarayonida shakar miqdori keskin
kamaysa, 25-28% shakar saqlovchi steril melassa eritmasi (quyuluvchi eritma) quyish amalga
oshiriladi. Ushbu eritma
shunday miqdorda quyiladiki, bunda fermentyordagi shakar miqdori 12-
15% ni tashkil etsin.
Oziqa muhiti bilan to’ldirilgan ekish uskunasiga, dastlab termostatda 32
0
S haroratda 5-6 soat
saqlangan konidiy suspenziyasi quyiladi. Kultura doimiy aralashtirish va aerasiyada 34-35
0
S
haroratda o’stiriladi. O’stirish jarayonida fermentatorga havo uzatilishi qat’iy nazorat qilinadi, ya’ni
havoning sarfi fermentasiya oxirlariga borib deyarli 10 barovar oshadi.
Jadal ko’piklanish davomida ko’p bo’lmagan miqdordagi
kimyoviy penogasitel
(ko’piksizlantiruvchi) solinadi (olein kislota).
Miseliy etilish jarayoni 30-36 soatdan keyin kultural suyuqlik kislota miqdorini 1-2%
saqlaganda tugallanadi. Etilgan miseliylar ishlab chiqarish fermentyoridagi oziqa muhitiga ekish
uchun yuboriladi.
1.7-rasm.
Dostları ilə paylaş: