8-MAVZU. ORGANIK CHIqINDILAR
BIOKONVERSIYASI
Reja:
1. Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi;
2. Biogaz ishlab-chiqarish usqurmalari va ularni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari
3. Biogaz qurilmalarni parametrlarini biomuxandislik hisoblari
4. Go’ngdan biokonversiya qilish orqali biogaz ishlab chiqarishda
dune tajribalari
Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi
Ekologik muammolarni keskinlashuvi, qayta tiklanmaydigan energoresurslar zahirasini tobora
kamayib borishi,
ularni tan narxi oshishi, organik chiqindilarni qayta ishlash, ularni issiqlik va
boshqa turdagi energiyaga aylantirish muammosini tezroq hal qilishni biotexnologiyaning eng
dolzarb masalalari qatoriga ko’tarib qo’ydi.
Ma’lumki, hayvonlar o’simliklar asosida yaratilgan ozuqa energiyasini yomon hazm qiladi va
ularning yarmidan ko’prog’i organizmga so’rilmasdan axlat, go’ng holatida chiqib ketadi. Eng
avvalo hayvonlardan chiqqan bu chiqindidan organik o’g’it sifatida foydalaniladi. Buni o’rniga
ushbu chiqindidan tiklanadigan energiya manbai sifatida foydalansa bo’ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yirik shoxli xayvonlar (nafaqat ular)
yirik fermalarda va
komplekslarda to’planib, boqiladi. Bu esa boshqa mahsulotlar qatori ularni chiqindilaridan
(axlatlaridan) atrof-muhitni ifloslantirmasdan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Hayvon axlatlaridan va oqova suvlaridan oqilona foydalanishni yo’llaridan biri ularni anaerob
sharoitda bijg’itishdir. Bu jarayonda axlatni zararsizlantirilib, bir vaqtni o’zida
uni eng muhim
organik o’g’itlik sifatini saqlab qolgan holda, undan biogaz olish mumkin.Metanli bijg’itish yoki
biometanogenez – biomassani energiyaga aylantirish jarayoni qadim-qadimlardan ma’lum bo’lgan
jarayondir. U 1776 yilda Volta tomonidan ochilgan bo’lib, dastlab u botqoqlardagi gazda metan
borligini aniqlagan. Mana shu jarayonda hosil bo’ladigan biogaz 65% metan, 30% karbonat
angidrid, 1% oltingugurt kislotasi (H2S) va unchalik ko’p bo’lmagan
miqdorda azot, kislorod,
vodorod va uglerod ikki oksidi saqlaydi.
Botqoq gazi, ba’zida klar-gaz ham deb yuritiladi,ko’k- havo rang berib alangalanadi, hid
chiqarmaydi.Uni tutun chiqarmasdan alangalanishi insonlarga o’tin, xayvonlar
tezaklari va boshqa
yoqilg’ilarga nisbatan kamroq tashvish tug’diradi. 28 m3 biogaz energiyasi, 16,8 m3 tabiiy gaz,
20,8 l neft yoki 18,4 l dizel yonilg’isiga tengdir.
Organik chiqindilarni anaerob bijg’itishga asoslangan tozalash inshootlarini birinchisi 1895
yilda Angliyani Ekzeger shahrida qurib ishga tushirilgan edi. Bu inshootni sanitariya vazifasidan
tashqari ko’chalarni yoritish uchun elektr energiyasi tayyorlash sarf bo’ladigan biogaz ishlab
chiqarish bo’lgan.
CHiqqindilarga anaerob ishlov berish uzoq vaqt suv tozalash stansiyalarini cho’kmalarini va
chorvachilikni chiqindilarini mo’tadillash maqsadida ishlatib kelingan. Ammo, 1970
yillardagi
energiya tangligi tufayli qishloq xo’jalik hayvonlari chiqindilaridan biogaz ishlab chiqarish
g’oyasiga astoydillik bilan qaraladigan bo’ldi.
Go’ngni anaerob bijg’itish orqali biogazga aylantirish jarayoni mustahkam yopiladigan
maxsus idishlar – biogaz usqurmalarida olib boriladi (8.1-rasm.).
Dostları ilə paylaş: