Biotexnologiya asoslari


bo’linish;  ¾ cho’zilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   139
Biotexnologiya asoslari

bo’linish; 
¾
cho’zilish;
¾
tabaqalanishi (differensirovka). 
Oxirgi bosqichni (fazani) xarakterli tomoni hujayrani ikkilamchi qobig’ini qalinlashuvi va 
hujayrani bo’linishga bo’lgan qobiliyatini yo’qotishidir. Differensiasiyaga uchragan hujayralar yana 
qaytadan bo’linish qobiliyatiga ega bo’lishi uchun, ularni dedifferensirovka bo’lishi shart, ya’ni 
hujayra xuddi meristema holatiga qaytishi kerak. Tabaqalangan hujayralarni ko’paytirish tartibsiz, 
anarxiya shaklida o’sishga olib keladi va oqibatda kallus to’qima hosil bo’ladi. SHunday qilib, 
ixtisoslashgan hujayralarni kallus to’qimalarga aylanishi hujayra bo’linishini kuchaytirish bilan 
bog’liq bo’lib, tabaqalash jarayonida, hujayra bo’linish qobiliyatini yo’qotadi. 
Ozuqa muhiti tarkibida sitokininlarni bo’lmasligi tamaki o’simligini o’zak qatlami 
parenximasida hujayra siklini to’sib qo’yadi. SHuning uchun ham agar ozuqa muhiti tarkibida 
faqatgina auksin bo’lsa, hujayra bo’linmaydi va to’rt kunlik davrdan keyin cho’zilib, o’sishga 
o’tadi. 
Auksinlarsiz, faqat sitokininlarni o’zlari ham gormon saqlamagan ozuqa muhitiga o’xshab, 
o’simlikni qarishiga olib keladi. Tamaki o’simligi misolida keltirilgan dalillar birta gormon 
saqlagan ozuqa muhitida kallusli to’qima hosil bo’lishini barchasini tushuntira olmaydi. Bunga zid 
bo’lgan misollar ham bor. 
Masalan, bug’doyni etilmagan kurtaklarida sitokininsiz 2,4-D saqlagan ozuqada kallus hosil 
bo’lishi yoki kungaboqarni urug’ pallasida sitokinin saqlagan auksin saqlamagan ozuqada kallus 
hosil bo’lishi va x.k. Kuzatiladign natijalar ko’proq endogen gormonlarga, aniqrog’i u yoki bu 
eksplantni hujayrasida saqlanadigan gormonlar bilan ya’ni hujayrani gormonal statusi bilan bog’liq 
ekanligi isbotlangan. 
Ba’zi bir olimlarni fikrlaricha, hujayrani bo’linishini auksin yoki sitokinin emas, balki 
polisaxaridlar va boshqa qandaydir induktorlar chaqirishi va kallus hosil bo’lishiga olib kelishi 
mumkin.
Apeksni asosiy qismida kallusli o’sishga o’tish jarayoni hujayra bo’linishini to’xtashi bilan 
boshlanadi. Lag – faza 24-28 soat davom etadi. Bu davr mobaynida hujayra kattalashib, to’qimalar 
shishadi. Lag faza tugagandan keyin hujayra tez bo’linib, kallus to’qima hosil qiladi. SHunday 
qilib, agar ixtisoslashgan hujayralarni dedifferensiasiyasi fitogarmonlr ta’sirida bo’linishni 
kuchayishi (induksiyasi) bilan bog’liq bo’lsa, bo’linadigan meristemali hujayralarni 
dedifferensiasiyasi bo’linishini to’xtash bilan xujyrani ixtisoslanishi va faqatgina undan keyin 
kallus hosil bo’lishiga olib keluvchi bo’linishni kuchayishi bilan bog’liq. 
Bir fitogormonnni ta’sir samarasi, nishon to’qimani fiziologik tavsifiga qarab har xil bo’lishi 
mumkin. 
Hujayrani 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin