Tashuvchining gidroksil va aminogruxlarini faollashtirish. Matritsaning faollashtirish deganda, faolyator bilan kimyoviy reaktsiya o`tkazish tushuniladi, buning natijasida uning yuzasida oqsildagi nukleofil grupplariga nisbatan (masalan, amino – va OH- gruxlari) reaktsiyaga tez kirishish qobiliyatiga ega bo`lgan elektrofil gruxlar hosil bo`ladi.
Imidokarbonatlar. Bu hosilalarni olish polimerlarning tsiangalogenlar bilan reaktsiyasiga asoslangan. Suvda yoki aralash suv-organik erituvchi muhitida tashuvchining ikkita qo`shni gidroksil gruxlari bilan BrCN o`zaro ta'siri, chidamsiz tsianat orqali faol imidokarbonat va faolmas karbonat hosil bo`lishiga olib keladi.
Odatda, bu uslub polisaxaridlarini faollashtirish qilishda ishlatiladi. Sun'iy polimerlar ana shu usul bilan kam miqdorda faollanadi.
Xarorat 20 0S da va pH ning optimal ko`rsatgichi 11 – 12,5 bo`lganida reaktsiya o`ta nomaqbul sodir bo`ladi. Chunki, yuqori ishqoriy muhitning yaratilishi tashuvchining nukleofil bo`lishiga yordam beradi. Masalan, bu polisaxaridning ON-gruxinin qisman ionizatsiyasi hisobiga sodir bo`ladi. Ammo bu yerda BrCN dan tashqari faolmas karbonatni gidroloizidan
hosil bo`ladigan efir ham chidamsizdir. Shu bois 80% dan ko`proq tsianat efiri ikki yo`l bilan transformatsiyalanadi (tashiladi). Tsian gruxi elektrofilligini oshirib bu reaktsiya samarasi ko`tariladi. Bunday yondoshish orqali tsian gruxini trietilaminga o`tkazish mumkin.
Epoksidlar(oksiranlar). Masalan, 1,4 – bis – 2,3 - epoksipropoksibutanni ko`pincha gidroksilga ega polimerlarni faollash va modifikatsiyalash uchun qo`llaniladi. Reaktsiya ishqoriy muhitda (pH 8,5 – 11,0) da ketadi. Matritsani tiqilish reaktsiyasi ham sodir bo`lishi mumkin. Natijada matritsalar qaynoq suvda erimaydigan va kislotalarga chidamli bo`lib qoladi.
Epoksifaollangan matritsalarni olish uchun bisoksiran o`rniga epixlorgidrinni ishlatish mumkin. 1,4 – n – butandiolning diglitsil efiri tipidagi uzun zanjirli birikmalar bilan epoksidlangan tashuvchi afzalligi shundan iboratki, ular epixlorgidrin bilan ishlangan tashuvchilarga nisbatan fermentni tashuvchidan ajratuvchi uzun ―band‖ hosil qilishga imkon beradi.