P enitsillin. Penitsillin antibiotigi maʼlum turdagi mogʻor zamburugʻidan ishlab chiqariladi. Dastlab tadqiqotchilar oz miqdorda penitsillin olish uchun haftasiga 500500500 litr “mogʻor sharbati” oʻstirishlariga toʻgʻri kelar edi^11start superscript, 1, end superscript. Yuqori hosildor mogʻor shtammlaridan foydalanish va uning oʻsish sharoitini yaxshilash antibiotikni sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkoniyatini berdi^22squared. Bu yerda biz mogʻor zamburugʻining organizm sifatida insekundt uchun dori-darmon ishlab chiqarishda foydalanilishini koʻrib chiqdik. Zamburugʻdan olingan antibiotikdan bakterial infeksiyalarni davolashda foydalanamiz.
Gen terapiyasi. Oʻz vazifasini toʻgʻri bajarmayotgan gen keltirib chiqargan genetik kasalliklarni davolashda foydalaniladigan usul gen terapiyasi hisoblanadi. Bu jarayonda tanadagi hujayralarning DNKsiga “yetishmayotgan” gen kiritiladi. Misol uchun, genetik kasallik boʻlgan mukovitsidozni olaylik. Bunday kasallik bilan ogʻrigan kishilarning oʻpkasida xlorid ion kanallarining sintezlanishiga masʼul gen funksiyasi yoʻqolgan boʻladi. Oʻsha genning nuqsonsiz muqobili plazmid deb nomlanuvchi halqasimon DNK molekulasi ichiga kirgizilib, bemor odam oʻpkasidagi hujayralarga (sprey usulida) joylashtiriladi^33cubed.
Biz ushbu misolda turli manbalardan olingan (insondan olingan gen, bakteriyadan kelib chiqqan plazmid) biologik tarkibiy qismlarni mukovitsidoz bilan ogʻrigan bemorlarning oʻpka funksiyasini tiklashga yordam beradigan yangi mahsulot ishlab chiqarish maqsadida birlashtirdik.
Yuqoridagi misollarda koʻrsatilganidek, biotexnologiyadan hayotimizda doim duch keladigan va ishlatiladigan mahsulotlar (alkogol va penitsillin) olishda foydalaniladi. U, shuningdek, gen terapiyasi (mukovitsidozni davolash) kabi yangi davolash usullaridan ham foydalanish imkonini beradi. Biotexnologiya oziq-ovqat ishlab chiqarish, ifloslangan atrof-muhitni tozalash kabi qoʻshimcha dasturlarni ham oʻz ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |