Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR). Polimeraza zanjir reaksiyasi DNKni boshqarishning yana bir keng foydalaniladigan usuli hisoblanadi. Hozir undan zamonaviy biologiyaning deyarli barcha sohalarida foydalaniladi. PZR nishon DNKni shablon DNK boʻlagi orqali koʻpaytiradi. Bu usul kam miqdorda saqlanib qolgan izlardan (masalan, qotillik yuz bergan joydagi qon tomchisi) DNKning juda koʻp nusxalarini olishga imkon beradi.
Gel elektroforezi. Gel elektroforezi usuli DNK fragmentini toʻgʻridan toʻgʻri koʻrish imkonini beradi. Tadqiqotchilar geldagi DNK fragmentlarini aniqlab, PZR reaksiyasining natijalarini tahlil qila oladilar. Gel elektroforezi DNK fragmentlarini ularning oʻlchami asosida ajratadi. Fragmentlar boʻyoqlar bilan boʻyaladi va tadqiqotchilar ularni koʻra olishadi.
DNK fragmentlari gel ichida manfiy elektroddan musbat elektrod tomon harakatlanadi.
Gelda harakatlangandan soʻng, fragmentlar oʻlchami boʻyicha ajralib qoladi. Kichikroqlari ostki tomonda (musbat elektrod), kattalari esa yuqori tomonda (manfiy elektrod) joylashadi.
Reeceʼdagi oʻxshash diagrammaga asoslangan^55start superscript, 5, end superscript.
DNKni oʻqish. DNKni oʻqish bu DNK molekulasidagi nukleotid asoslari (A, T, S va G)ning ketma-ketligini aniqlash hisoblanadi. Baʼzi hollarda kichik bir DNK boʻlagi oʻqilsa, boshqa hollarda katta DNK fragmentlarining kolleksiyasi (masalan, butun boshli genom) guruh holida oʻqilishi mumkin.
[Genom nima?]
Havola qilingan boʻlimlarda bu usullar qanday ishlashi haqida koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin. Shuningdek, bu usullardan tadqiqot maqsadida, tibbiyotda va boshqa amaliy dasturlarda qanday foydalanilishiga misollar koʻrishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |