DNK texnologiyasi nima?
Zamonaviy biotexnologiyaning koʻplab misollari DNK qismlarini tahlil qilish, boshqarish, kesish va joylashtirish imkoniyatiga tayanadi. DNKdagi nukleotidlarni oʻqish va ularni boshqarish baʼzida DNK texnologiyasi deb yuritiladi^44start superscript, 4, end superscript. Masalan, sistik fibroz uchun gen terapiyasida tadqiqotchilar DNKni manipulyatsiya (boshqarish) qilish usullari orqali xlorid kanali genini DNK tashuvchi plazmidga (vektor) oʻtkazishdi va u oʻpka hujayralarida oʻsha gen boʻlishini taʼminladi.
DNK texnologiyasi umumiy biologiya uchun ham, amaliy biologiya uchun ham muhim. DNKdan juda koʻp nusxalar olish texnologiyasi polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) deb ataladi. Undan tibbiy diagnostik tekshiruvlarda, sud-tibbiyot ekspertizasida va laboratoriya tadqiqotlarida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |