Biotexnoloiyaning hozirgi biologiya fanidagi о'rni va ahamiyati



Yüklə 60,27 Kb.
səhifə2/7
tarix21.10.2023
ölçüsü60,27 Kb.
#158388
1   2   3   4   5   6   7
Biotexnologiya asoslari

Birinchidan, hujayrada modda almashinuv jarayonini bosh-qarish orqali kerakli mahsulotning to'planishiga erishish.
Ikkinchidan, hujayra ichida murakkab, samarali, turli tashqi omillarga chidamli makromolekulalarning sintez bo'lishini bosh-qarish.
Uchinchidan, yangi natijalarga erishish uchun DNK-biotexno-logiyasi va hujayra injeneriyasi uslublarini yanada chuqurlashtirish va mukammallashtirish.
To 'rtinchidan, chiqindisiz toza biotexnologik jarayonlar yaratish.
Beshinchidan, biotexnologiya jarayonlarida ishlatiladigan jihoz-larni zamonaviylashtirish va bu jarayonlarni texnik-iqtisodiy ko'r-satkichlarini yaxshilash.
Biotexnologiyaning yo'nalishlari:

  • sog'liqni saqlash sohasida — turli kasalliklarni davolash, lear­ning diagnostikasi va profilaktikasi uchun yangi biologik faol moddalar va dorivor preparatiar yaratish;

  • qishloq ho'jaligi sohasida — o'simliklarni turli kasal qo'z-g'atuvchilar va zararkundalardan himoyalash uchun biologik vosi-talar, bakterial o'g'itlar, o'simlik va hayvoniaming o'sishini bosh-qaruvchi biopreparatlar, noqulay atrof-muhit omillariga chidamli bo'lgan o'simlMarning serhosil navlarini hamda foydali xususiyatga ega bo'lgan hayvonlarning mahsuldor zotlarini (transgen hayvon-lar), ular uchun qimmatli bo'lgan veterinariya preparatlari, diagnoslikumlar va oziqa qo'shilmalarini (oziqaviy oqsil, amino-kislotalar, vitaminlar, oziqalarni hazm qilishga yordam beruvchi fermentlar va boshq.) va boshqa biopreparatlar tayyorlash texnolo-giyalarini yaratish;

  • oziq-ovqat, kimyo va mikrobiologiya sanoatlari uchun qim­matli bo'lgan mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish uchun yangi, raqobatbardosh texnologiyalar yaratish;

  • ekologiya sohasida — turli xil chiqindilardan samarali foyda-lanishorqali ekologik toza, chiqindilarsiz, raqobatbardosh, energiya tejamkor texnologiyalar yaratish va ularni hayotga tatbiq etish; noan'anaviy energiya manbalari: biogaz, bioetanol, biodizel va boshqalarni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va h.k.

Demak, biotexnologiya — ilmiy-texnikaviy progressning pred-metlararo sohasi bo'lib, u bioiogiya, kimyoviy va texnik bilimlar to'qnashuvida vujudga kelgan va u yangi biotexnologik jarayonlarni yaratishga qaratilgandir. Bu jarayonlaor aksariyat holiarda past temperaturada amalga oshadi, kam miqdorda energiya sarflaydi va boshlang'ich xomashyo sifatida arzon substratlardan, hatto turli xil chiqindilardan ham foydalanadi.
2-sxema

Yüklə 60,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin