Biotexnoloiyaning hozirgi biologiya fanidagi о'rni va ahamiyati


Birlamchi metabolitlarning olinishi



Yüklə 60,27 Kb.
səhifə5/7
tarix21.10.2023
ölçüsü60,27 Kb.
#158388
1   2   3   4   5   6   7
Biotexnologiya asoslari

Birlamchi metabolitlarning olinishi. Birlamchi metabolitlar -mikroblarning o'sishi uchun zarur bo'lgan, molekulyar massasi 1500 daltondan kam bo'lmagan, past molekulali birikmalardir. Ularning ba'zilari makromolekulalaming qurilish bloki sifatida, boshqalari esa kofermentlar sintezida qatnashadilar. Sanoatdagi eng muhim metabolitlar — aminokislotalar, organik kislotalar, purin va pirirnidin nukleotidlari, erituvchilar va vitaminlar hisob­lanadilar. Mikrob hujayralari boshqa tirik organizmlar singari ko'p miqdorda birlamchi metabolitlarni ishlab chiqarmaydi. Birlamchi metobolitlar ishlab chiqarishda ko'proq autotrof mikroorganizm­lardan foydalaniladi.
Autotrof mikroorganizmlar sintez qiladigan ko'plab amino­kislotalar va nukleotidlar fermentatsiya jarayonida ishlab chiqariladi. Brevibacterium flavum va Corynebacterium glutamicum shtammlari oziqa muhiti tarkibidagi qandlarning 1/3 qismini lizinga aylantira oladilar. Shu yo'l bilan 1 I muhitda 74 grammgacha lizin olinadi. Lizin — metabolitik yo'ining oxirgi mahsuloti bo'lib, bu yo'l metionin va treoninning hosil bo'lishiga ham olib keladi. Lizin va treonin ushbu yo'ining birinchi fermenti aspartatkinaza bilan o'zaro bog'lanib, lining faolligini boshqaradi. Ikkala aminokis lotaning yig'ilishi aspartatkinaza fermentining faolligini ingibirlaydi. Gendagi birinchi tip mutatsiya ushbu fermentning faolligini buzadi hamda treonin va metionin sintezini bog'lab qo'yadi. Natijada ushbu fermentlar ingibitorlaridan bin (treonin) yo'qoiadi. So'ngra bunday auksotrof mutant tarkibida treonin va metionin bo'lgan muhitga ekiladi. Lekin mavjud bo'lgan treonin, lizin biosintezini to'xtatish uchun yetarli bo'lmaydi va u to'plana boshlaydi. 2-tip mutatsiyalar aspartatkinaza rementining faolligini o'zgartiradi. Natijada u lizin bilan o'zaro ta'sirga kirisha olmaydi va ushbu aminokislotaning sintezi ingibirlanmaydi.
Oqsil molekulasini tashkil qiladigan 21 ta aminokislotadan tashkil topgan oqsillarning 8 tasi (yosh bolalar uchun esa 10 tasi) almash-maydigan aminokislotalar bo'lib, ular organizmga oziqa bilan birga tushishi kerak. Bulardan eng muhimlari metionin va lizindir. Metio­nin sintetik yo'l bilan, 80% lizin esa fermentatsiya yo'li bilan biosintetik usulda olinadi. Aminokislotalarni mikrobiologiksintez-lashning ahamiyatli tomoni shundaki, bu jarayon natijasida biologik faol izomerlar ham olinadi.
Natriy tuzi ko'rinishida ziravor sifatida ishlatiladigan glutamin kislotasi Brevibacterium flavum va Coiynebacterium glutaminicum kulturalaridan ohnadi.
Sanoatda keng ishlatiladigan organik kislotalardan bin sirka kislotasi hisoblanadi. U rezina, plastmassa, asetat tolalari, far-matsevtik preparatlar, insektitsidlar ishlab chiqarislida ishlatiladi. Yaponiyada sirka kislota aminokislota ishlab chiqarish jarayonida olib boriladigan fermentatsiyada substrat sifatida ham ishlatiladi.
Sut kislotasi bijg'ish yo'li bilan olingan birinchi organik kislo-tadir. U oziq-ovqat sanoatida oksidlovchi sifatida, shuningdek, galvanostegiyada va tez parchalanuvchi plastmassa ishlab chiqa-rishda keng ishlatiladi.

Yüklə 60,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin