Biotexnoloiyaning hozirgi biologiya fanidagi о'rni va ahamiyati


Biotexnologiyaning obyektlari. Mikroorganizmlar va



Yüklə 60,27 Kb.
səhifə4/7
tarix21.10.2023
ölçüsü60,27 Kb.
#158388
1   2   3   4   5   6   7
Biotexnologiya asoslari

Biotexnologiyaning obyektlari. Mikroorganizmlar va ular yordamida foydali moddalarning olinishi



  • Biotexnologiyaning obyektlariga mikroorganizmlar, hayvon va o'simlik hujayralari, transgen hayvon va o'simliklar hamda hujay-ralardagi ko'p komponentli ferment tizimlari va alohida fermentlar kiradi.

  • Ko'pgina zamonaviy biotexnologik ishlab chiqarishning asosi mikrobli sintez, ya'ni turli biologik faol moddalarni mikroorganizm­lar yordamida sintezlash hisoblanadi.

  • Obyektning tabiatidan qat'i nazar, istalgan biotexnologik jara-yonning..

1-bosqichi organizmlar (mikroblar bo'lsa), hujayra yoki to'qimalarning (o'simlik yoki hayvonlar bo'lsa) toza kulturasini olish hisoblanadi. O'simlik va hayvon to'qimalari kulturalaridan biotexnologiyaning obyektlari sifatida foydalanish metodik nuqtayi nazardan mikroorganizm kulturalaridan farq qilmaydi.

  • Hozirda mikroorganizmlarning 100000 ortiq turiga tavsif berilgan. Bular prokariotlar (bakteriyalar, aktinomitsetlar, rik-ketsiyalar, sianobakteriyalar) va eukariodarning bir qismi (achit­qilar, ipsimon zamburug'lar, ayrim suvo'tlari)dir. Mikroorganizmlar turli-tuman bo'lishiga qaramay, qaysi mahsulot olinishi kerakligiga qarab ularni to'g'ri tanlay bilish kerak. Eng ko'p va chuqur o'rga-nilgan mikroorganizmlar — ichak tayoqchasi (E. coli), pichan tayoqchasi (Вас. subtilis) va achitqi zamburug'lari (S.cerevisiae)dii.

Biotexnologik obyektni tanlashda (masalan, mikroorganizm-produtsent) yaxlit mahsulotni sintezlash xususiyati asosiy mezon sanaladi. Bunda mikroorganizmlar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak:

  • tashqi mikrofloraga va faglarga nisbatan chidamJi, ya'ni raqo-batbardosh bo'lishi.

Bularning barchasi yaxlit mahsulot olishga ketadigan sarf-xarajatlami kamaytiradi. Tabiatda barcha talablarga javob beradigan oiganizmlar uchramaydi. Masalan, bir hujayrali organizmlar yuqori organizmlarga nisbatan tez o'sadi va ularda sintetik jarayonlar tez ketadi. Lekin bu barcha mikroorganizmlarga tegishli emas. Masa­lan, oligotrof mikroorganizmlar juda sekin o'ssada, ulardan ko'plab qimmatli mahsulotlar olish mumkin va qulaydir.
Hayoti faoliyati davomida quyosh nuri energiyasidan foydala-nuvchi mikroorganizmlar fotosintezlovchi mikroorganizmlar deb ataladi. Ularning bir qismi (sianobakteriyalar va fotosintezlovchi eukariotlar) uglerod manbayi sifatida C02dan foydalanadi, siano-bakteriyalarning ayrimlari esa atmosfera azotini yutish xususiyatiga ham egalar. Fotosintezlovchi mikroorganizmlar ammiak, vodorod, oqsil va bir qancha organik birikmalar olish uchun produtsent hisoblanadilar. Lekin ularning genetik tuzilishi va hayot faoliyati-ning molekulyar-biologik mexanizmlari yaxshi o'rganilmagan.
Yuqori haroratda o'sadigan termofill mikroorganizmlarning xususiyati tashqi (begona) mikrofiorani o'sishiga to'sqinlik qiladi. Bular spirtlar, aminokislotalar, fermentlar, molekulyar vodorod olish uchun produtsent hisoblanadilar.
Termoffllar sintezlaydigan fermentlar issiqlik, ayrim oksidlov-chilar, detergentlar, organik erituvchilar va boshqa noqulay omil-larga nisbatan ham ancha chidamli hisoblanadilar. Ular oddiy tem-peraturada ham faoilik ko'rsata oladilar. Masalan, ayrim termofill mikroorganizmlardan olinadigan proteazalar 75°C da 20°C ga nisbatan 100 marta kamroq faoilik ko'rsatadilar. Ularning bu xusu­siyati ayrim ishlab chiqarish sanoatlarida muhim ahamiyatga ega. Masalan, Thermus aquaticus - termofil bakteriyasining Taq-polimeraza fermenti gen injeneriyasida keng ishlatiladi.

Yüklə 60,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin