Bir yillik va ikki yillik begona o’tlarning ta’rifi
Bahorgi begona o‘tlar. Ularning maysasi bahor yoki kuzda paydo bo‘ladi. Tik o‘sadi va to‘pbarg hosil qilmaydi. Ular, asosan, bahori ekinlar orasida o‘sadi. Bahori begona o‘tlar erta bahorgi va kechki bahorgi guruhlarga bo‘linadi. Erta bahorgi bir yillik begona o‘tlarning urug‘i erta bahorda, hali tuproq yaxshi qizimasdan unib chiqadi. Ular ekinlar yig‘ishtiribolinguncha yoki ular bilan bir vaqtda etiladi. Bularga olabo‘ta, qiziltasma, yovvoyi suli kabi begona o‘tlar kiradi. Oq sho‘ra, olabo‘ta Chenopodium album L. sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) oilasiga kiruvchi eng ko‘p tarqalganbegona o‘t. Uning har xil yashash sharoitiga moslashgan 60 ga yaqin turi uchraydi. U qutb tumanlaridan tashqari, hamma joyda tarqalgan (17-rasm). Barcha ekinlar orasida, yo‘llar va turar joylar atrofida ko‘p o‘sadi. O‘zbekiston sharoitida o‘rta sho‘rlangan yerlar (1 m chuqurlikda quruq tuproq og‘irligiga nisbatan 0,04 – 0,1 % xlorli tuzlar bo‘lgan) da uchrashi mumkin. Barglarining ko‘p qismi oq unsimon g‘ubor bilan qoplangan. Poyasi, odatda, shoxlangan, 40-100 sm va undan uzun bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida iyul-avgustda gullaydi va avgust – sentyabrda hosil tugadi. Sho‘ra juda syerurug‘ bo‘lib, bir tup o‘simligi 150 ming tagacha urug‘ tugadi. Urug‘i uch kategoriyada bo‘linadi va turli muddatlarda unib Tuproq yuzasida qishlagan urug‘lardan bahorda 0,5 sm chuqurlikdagi urug‘larga qaraganda maysalar ikki marta ko‘p chiqadi, 3 sm dan ortiq chuqurlikdagi urug‘lar esa unib chiqmaydi. Bunday urug‘lar unuvchanligini tuproqda o‘n yillab saqlaydi. Yetilmagan urug‘lar ham unib chiqadi. Olabo‘ta tuproqdan kaliyni ko‘p oladi. Bu begona o‘t bosgan dalalarda ildizmevalar hosili kamayib ketadi. Olabo‘ta har xil zararli hashoratlar (lavlagi pashshasi, o‘simlik qandalasi, dukkak bitlari va boshqalar) ni tarqatadi. Qiziltasma
Polygonum aviculare L. toronguldoshlar (Polygonaceae) oilasiga kiradi. Mayda o‘t, hamma joyda: yo‘llarda, o‘tloqlarda, ba’zan paxta dalalarida uchraydi. May - avgustda gullaydi. Iyundan oktyabrgacha hosil tugadi. Yovvoyi suli – Avena fatuaL. g‘alladoshlar (Gramineae) oilasiga kiradi. MDH da shimoliy, oddiy uzun mevali, syeret mevali qorako‘za uchraydi. Uning ko‘p turi bo‘lib, sulining madaniy navlari shulardan kelib chiqqan. Morfologik jihatdan yovvoyi va madaniy formalari bir-biriga o‘xshaydi. O‘rta Osiyoda oddiy, uzun mevali, tog‘ mintaqasida shimol sulisi uchraydi. Yovvoyi suli turlari boshog‘ida urug‘larning to‘kilishiga yordam beradigan urug‘ bo‘g‘imining bo‘lmasligi va doni buralgan, qiltiqli bo‘lishi bilan sulidan farq qiladi. Bu o‘t bahori bug‘doy, arpa va suli orasida ko‘p o‘sadi, shuningdek, boshqa bahori ekinlar orasida va shudgorda ham uchraydi. Poyasi to‘g‘ri, bo‘yi 80-120 sm gacha bo‘ladi. Maysalarining ko‘p qismi ko‘k-yashil, doni-meva. Yoz boshida gullaydi. Yovvoyi sulining urug‘i ekinlar bilan bir vaqtda yoki biroz oldinroq pishadi. Pishib ulgurmagan urug‘i ham yoppasiga va tez unib chiqishi mumkin. Pishgan urug‘i uchun esa 5 oyga yaqin tinim davri talab etiladi. Seret mevali sulining tinim davri bo‘lmaydi. Shuning uchun uning doni madaniy suli doniga o‘xshab tez va yoppasiga unib chiqadi. Suli urug‘i yuqori harorat (200) da unib chiqadi. Yovvoyi suli urug‘i hatto 25-30 sm chuqurlikdan, lekin 10 sm chuqurlikdan yaxshiroq unib chiqa boshlaydi. Urug‘i unuvchanligini tuproqda 5-8 yilgacha saqlaydi. Uning tukli doni bug‘doy doni bilan tortilganda unga qora rang, nordon ta’m beradi. Tortilgan don molga berilsa, ularning nafas yo‘li shimilshiq pardasini yallig‘lantiradi. Yovvoyi suli zang, qorakuya va bir qator zaharli hashoratlarni tarqatuvchi manbaa
hisoblanadi.Kech bahorgi begona o‘tlarning urug‘I unib chiqishi uchun tuproqning harorati 20 0C dan yuqori bo‘lishi kerak. Bu begona o‘tlarga shamak, kurmak, yovvoyi gultojixo‘roz, qo‘ytikan, qora ituzum, ko‘k itqo‘noq, semizo’t, bangidevona va boshqa begona o‘tlar kiradi.Bulardan O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida eng ko‘p uchraydigan ba’zilari bilan batafsil tanishib chiqamiz. Shamak – Panicum crus galli L. g‘alladoshlar (Gramineae) oilasiga kirib, uning maysalari qoraroq bo‘lishi va suv ichidan yuqoriga chiqib turishi bilan sholi maysalaridan farq qiladi. Shamak barglari suvda yoyilib o‘sadi. Sholi barglarining tilchasi va ikkita quloqchasi bo‘ladi, shamakda esa bo‘lmaydi. Nam yerlarda – sholipoyalarda, ariqlar bo‘yida, ba’zan g‘o‘za orasida o‘sadi. Poyasi ko‘pincha syershoh bo‘lib, bo‘yi 100 sm
gacha etadi, barglari lentasimon, mevasi don meva. O‘zbekistonda iyunavgustda gullaydi. Bir tup o‘simligi 5-13 mingtagacha urug‘ tugadi. Bu urug‘lar faqat kelgusi yili 30-35 0C da juda sekin unib chiqadi. Urug‘i 1 sm dan chuqurroqda bo‘lsa, unib chiqishi juda sekinlashadi. Urug‘lari tuproqda 4-5 yilgacha unuvchanligini saqlaydi. Shamak qurg‘oqchilikka chidamli ekinlar orasida o‘sa oladi. U issiqsevar va namsevar o‘simlik bo‘lganligi uchun sholidan tashqari bedapoyalarda, ekinlar orasida va ariq bo‘ylarida ham ko‘p uchraydi. Kurmak – Echinochloa macrocarpa Vasing g‘alladoshlar (Gramineae) oilasiga kiradi. Sholining karantin begona o‘ti bo‘lib, boshqa ekinlar orasida uchramaydi. Biologik xususiyatlari sholi bilan deyarli bir xil. Ularning urug‘i bir vaqtda unib chiqadi va yosh vaqtida bir-biriga juda o‘xshaydi. Shu sababli unga qarshi kurashish qiyinlashadi. Kurmak sholi donini juda ifloslantirganligidan donni kurmakdan tozalash juda qiyin jarayon hisoblanadi.Kurmak faqat urug‘idan ko‘payadi. Bitta o‘simligi 1000 tagacha urug‘ hosil qiladi. Avgust-sentyabrda gullaydi. Urug‘i unuvchanligini tuproqda 6-7 yilgacha, suvda esa 3-4 yilgacha saqlaydi. Sholi orasida kurmakdan tashqari, karantin begona o‘tlarning boshqa turi – govkurmak (E. Cryzicola Vasing) ham tarqalgan. U biologiyasi jihatidan kurmakdan deyarli farq qilmaydi. Juda qisqa 8-15 sm (kurmakda 20 sm gacha) ro‘vagi bilan ajralib turadi. Barg novi uzun tukchalar bilan qalin qoplangan. Govkurmakning urug‘i kurmakning urug‘idan mayda bo‘ladi. Kurmak va govkurmak shamakka qaraganda dalaning o‘ta nam bo‘lishiga chidaydi, lekin suv butunlay bo‘lmasligiga bardosh byera olmaydi. Kurmakka va sholining boshqa begona o‘tlariga qarshi, asosan suv rejimini
boshqarish yo‘li bilan kurashiladi. Sholipoyaga qisqavaqt suv bostirilsa, ular suv ostida nobud bo‘ladi. Qo‘ytikan (g‘o‘zatikan) Xanthium strumarium L. murakkabguldoshlar (Compositae) oilasiga kiradi. Poyasi yakka o‘sadi, to‘g‘ri, g‘adir-budur, bo‘yi 40-120 sm gacha bo‘ladi. O‘zbekistonda
iyundan sentyabrgacha gullaydi. Paxta dalalarida ko‘p uchraydi. Tashlandiq va bo‘sh yerlarda keng tarqalgan bo‘lib, u yerdan ekin ekilgan dalalariga o‘tadi. Qo‘ytikan tez o‘sadi va g‘o‘zani siqib qo‘yadi. Ba’zi turlari achchiq va zaharli bo‘ladi. Ular asosan chorva mollari juniga, odamlar kiyimiga ilashib yoki shamol yordamida tarqaladi. Yovvoyi gultojixo‘roz, qizilcha – Amaranthus blitum L. gultojixo‘rozdoshlar (Amarantaceae) oilasiga mansub o‘simlikdir. Yovvoyi gultojixo‘roz yumshatilgan va o‘g‘itlangan yerlarni yoqtiradi. U asosan chopiq qilinadigan ekinlar: g‘o‘za, kartoshka, lavlagi, poliz va sabzavot ekinlari orasida o‘sadi. Poyasi tik o‘suvchi, ko‘p qismi shoxlangan, bo‘yi 100 sm gacha etadi. Yovvoyi gultojixo‘roz O‘zbekiston sharoitida iyun-avgustda gullaydi va iyuldan sentyabrgacha hosil tugadi. Faqat urug‘dan ko‘payadi. Ko‘p hosil berishi bilan boshqalardan farq qiladi. Yaxshi rivojlangan bitta o‘simligi 500 ming va undan ortiq urug‘ tugadi. Urug‘i 22-26 0C da unib chiqadi. Etilmagan urug‘i ham deyarli etilgan urug‘lari singari unib chiqadi. Zararlangan urug‘lari tezroq unib Ko‘k itqo‘noq - Setaria viridus L. g‘alladoshlar (Gramineae) oilasiga kiradi. Itqo‘noqning ikki turi uchraydi: ko‘k itqo‘nok va oq itqo‘noq. Ko‘k itqo‘noq g‘o‘za, beda, g‘alla ekinlari orasida juda ko‘p uchraydi va katta zarar keltiradi. U yer tanlamaydi, shuning uchun kuchsiz va zichlangan tuproqli maydonlarda ham uchraydi. Bu xususiyati ekin dalalarida uning boshqa begona o‘tlar bilan raqobatlanishini osonlashtiradi. Yaxshi parvarish qilinmagan va o‘g‘itlanmagan bedazorlarda itqo‘noq nihoyatda ko‘payib ketadi. U ko‘kimtir rangi bilan ajralib turadi. Poyasi to‘g‘ri va ingichka, yuqorisi g‘adir-budur, bo‘yi 70 sm gacha etadi. Barglari ingichka, uzun, dag‘al, siyrak tukli bo‘ladi. Poyasining ustida ingichka va tig‘iz ro‘vagi bor. Ro‘vagi yirik, boshog‘ining qiltig‘i yashil bo‘lishi bilan ajralib turadi. Urug‘i mayda, oq rangda. Itqo‘noq maydan iyulgacha gullaydi, iyunsentyabr oylarida hosil tugadi. Semizo’t – Portulaca olyeraceae L. semizo’tdoshlar (Portulacaceae) oilasiga kiradi. Begona o‘t sifatida hamma joyda, ayniqsa engil va qumloq tuproqli yerlarda, chopiq qilinadigan zkinlar orasida, paxta dalalarida ko‘p uchraydi. Poyasi etli, silliq qizg‘ish rangda, yarim yotib o‘sadi. Ildiz tizimi baquvvat rivojlangan. Poyasining uzunligi 35 sm gacha yetadi. Barglari qisqa bandli, ovalsimon-cho‘zinchoq bo‘ladi. Guli sariq va mayda, shox ayrilarida yakka-yakka joylashadi. Mayda tishchali urug‘i qora rangda va yaltiroq bo‘lib, tuproqda unuvchanligini 30 yilgacha saqlaydi. Maydan iyulgacha gullaydi, iyuldan sentyabrgacha hosil tugadi. Bir tup semizo’t 50-70 mingtagacha urug‘ tugadi. Bir yil davomida 2-3 marta avlod beradi. Semizo’tning urug‘i butun yoz davomida sekin unadi, lekin yer sug‘orilgandan keyin juda tez unib chiqadi. Shuning uchun dalalarni bu begona o‘tdan yaxshilab tozalash uchun har bir sug‘orishdan so‘ng qator oralari o‘z vaqtida ishlash kerak.