Bir yillik va ikki yillik begona o’tlarning ta’rifi
Qishlovchi bir yillik begona o‘tlar haqiqiy bahorgi begona o‘tlardan kuzgilarga o‘tuvchi oraliq bo‘g‘in hisoblanadi. Bu biologik guruhga maysalari qishlay oladigan begona o‘tlar kiradi. Bahorda maysalari tik
o‘sadi va ildiz bo‘g‘zi to‘pbarglarini hosil qilmay, haqiqiy bahori begona o‘tlar kabishu yilning o‘zida hosil beradi. Kuzda paydo bo‘lgan maysalari to‘pbarglar hosil qiladi va bular ham qishlay oladi. Bularga: qurtena, yarutka, achambiti, bo‘tako‘z, boychechak, randak va boshqalar kiradi.Qurtana – Sisymbrium sophia L. krestguldoshlar (Crucifyerae) oilasiga kiradi. Tashlandiq va bo‘sh yotgan yerlarda, yo‘l bo‘ylarida deyarli hamma joyda uchraydi, g‘o‘za ekinlari orasida kam bo‘ladi. Poyasining bo‘yi 80 sm
gacha etadi, tik o‘sadi, o‘rtasidan shoxlaydigan bo‘lib, siyrak tuk bilan qoplangan. Barglari mayda, cho‘ziq. Guli och sariq, mayda. Mevasi qo‘zoq meva, ingichka, to‘lqinsimon, g‘adirbudur va bir oz egik. Urug‘i oval
shaklida, mayda, jigar rang, tuproqda yaxshi saqlanadi. Bitta o‘simligi 100 mingdan ortiq urug‘ tugadi. Apreldan iyulgacha gullaydi, maydan
avgustgacha hosil tugadi. Urug‘i unuvchanligini 10-12 yilgacha saqlaydi.
Yarutka – Thlaspi arvense L. krestguldoshlar (Crucifyerae) oilasiga kiruvchi o‘simlik bo‘lib, u hamma joyda uchraydi. Kuzgi va bahori g‘alla ekinlari hamda boshqalar orasida ham o‘sadi. Poyasi oddiy yoki shoxlangan. Aprel-may oylarida, ba’zan undan kechroq gullaydi. Asosan urug‘idan ko‘payadi. Bitta o‘simligi 2000 tagacha urug‘ tugadi, ular tuproqda unuvchanligini kamida 10 yil saqlaydi. Ulardan ko‘pchiligi ekinlar yig‘ishtirib olunguncha pishadi va tuproq yuzasiga to‘kiladi, bir qismi esa hosilga qo‘shilib ketadi. Yarutkaning pishib etilmagan urug‘lari ham yaxshi ko‘karadi. Tuproq yuziga to‘kilgan urug‘lari yoppasiga qiyg‘os unib chiqadi. Go‘ngda ham urug‘i ko‘p bo‘ladi.
Jag‘-jag‘, achambiti – Capsella bursea pastoris Medue krestguldoshlar (Crucifyerae) oilasiga kiradi. Hamma
yerda tarqalgan bo‘lib, har xil yashash sharoitga moslashgan shakllari ko‘p uchraydi. Barcha ekinlar orasida o‘sadi. Erta bahordan gullaydi. Faqat urug‘dan ko‘payadi. Bir tup o‘simligida 2 mingdan 70 minggacha urug‘ hosil bo‘ladi, ular tuproqda unuvchanligini 4-6 yilgacha saqlaydi.