Kuzgi bir yillik begona o‘tlar bir yillik va ikki yillik o‘simliklar o‘rtasidagi oraliq zveno hisoblanadi. Maysalari kuzda paydo bo‘lganda bu begona o‘tlar o‘z rivojlanishini oxirigacha, ya’ni gullaguncha va hosil byerguncha etkazishi mumkin. Ular kuzgi past haroratda to‘planish fazasida qishlaydi, kelgusi yil
yozda esa gullaydi va hosil tugadi. Tuplanish fazasini o‘tmagan o‘simliklar, bahorda o‘qildiz hosil qilmaydi va gullamaydi. Bular tipik
kuzgi o‘simliklardir. Bularga yaltirbosh, yovvoyi supurgi va qoramiq kiradi.
Yaltirbosh – Bromus secalinus L. g‘alladoshlar (Cramineae) oilasiga kiradi. MDH ning Evropa qismida g‘alla (javdar va bug‘doy) ekinlari orasida uchraydi. O‘zbekiston sharoitida ko‘proq g‘alla ekinlari orasida uchraydi. Yovvoyi holda o‘sadigan turli noma’lum bo‘lgan tipik begona o‘t, faqat urug‘dan ko‘payadi. Bitta o‘simligi 800-1500 ta urug‘ tugadi, bu urug‘lar unuvchanligini 2-3 yil saqlaydi. Urug‘lar pishgandan keyin 6- 9 kun o‘tgach unib chiqa oladi. Chala pishgan urug‘i ham unib chiqadi. Ular 2-3 sm chuqurlikdan yaxshi unib chiqadi. Yaltirbosh javdar orasida o‘sadigan tipik begona o‘t. Ro‘vak chiqarguncha uni kuzgi javdardan
ajratish qiyin. Poyasining bo‘yi va urug‘ining yirik-maydaligi javdarniki bilan bir xil. Agar javdar hosiliga yaltirbosh urug‘i aralashib qolsa, uning sifati pasayadi, u qorayib, ta’mi buziladi.
Yovvoyi supurgi – Apyera spica Venti (L). R.V. g‘alladoshlar (Cramineae) oilasiga kirib, u ham asosan MDH ning Evropa qismida juda ko‘p uchraydi. O‘zbekistonda begona o‘t sifatida kam tarqalgan. Asosan kuzgi javdar ekinlari, ba’zan boshqa ekinlar orasida o‘sadi. Poyasi tik o‘sadi, asosidan tuplaydi, bo‘yi 1 m gacha etadi. Iyul-avgustda gullaydi va hosil tugadi. Urug‘dan ko‘payadi. Bitta o‘simligi 13-16 ming ta urug‘ tugadi. Namlik etarli bo‘lganda urug‘i faqat tuproq yuzasidan unib chiqadi. Tuproqda urug‘ning unuvchanligi 7 yilgacha saqlanadi. Yovvoyi supurgi juda zararli begona o‘t, ammo uni yo‘qotish oson.
Ikki yillik begona o‘tlar. Ikki yillik begona o‘tlar rivojlanishi uchun ikki yil talab etadi. Agar ikki yillik begona o‘tlarning urug‘i kuzda unib chiqsa, ular ikki yil qishlaydi. Ba’zi bir ikki yillik begona o‘tlar hosil byergandan keyin o‘suv davrining ikkinchi yili oxirida nobud bo‘lmaydi va uchinchi yili ham o‘sadi. Bunday holda ikki yillik begona o‘tlar ko‘p yilliklarga yaqinlashadi. Begona o‘tlarning bu biologik tipiga kamroq tur kiradi. Ikki yillik begona o‘tlarga qashqarbeda, sariq va oq qashqarbeda, mingdevona, oq karrak, tuyaquyruq, sigirquyruq, qizilburun va boshqalar kiradi.
Sariq qashqarbeda – Melilotus officinalis adans dukkakdoshlar (Leguminosae) oilasiga kiradi. Evroosiyo qit’asida tarqalgan. Markaziy Osiyo davlatlarida bog‘larda, ariqlar bo‘yida o‘sadi. Evropa davlatlarida esa boshoqdoshlar orasida, shudgorlarda va tashlandiq yerlarda o‘sadi. Qashqarbeda kuchsiz sho‘rlangan (1 m tuproq qatlamidagi quruq tuproq og‘irligiga nisbatan 0,01-0,4 % xlor bo‘lgan) yerlarda uchraydi. Poyasi to‘g‘ri, bo‘yi 40-110 sm va undan ortiq. Iyundan sentyabrgacha gullaydi. Urug‘dan ko‘payadi. Bitta o‘simligi 15 mingtagacha urug‘ tugadi, ular tuproqda unuvchanligini 20 yildan ortiq saqlaydi. Urug‘i etarli darajada nam bo‘lishiga talabchan, qiyinchilik bilan unadi. Qashqarbeda boshqa ikki yillik o‘simliklardan farq qilib, birinchi yili to‘pbarg yemas, balki gullamaydigan poya hosil qiladi. Qishda bu poyasi nobud bo‘ladi, qishlash uchun faqat ildizi va ildiz bo‘g‘zidagi kurtaklari qoladi. Kelgusi yili bahorda ildiz bo‘g‘zi kurtaklari qoladi. Kelgusi yil bahorda ildiz bo‘g‘zi kurtaklari o‘sa boshlaydi va poya chiqaradi, ular gullaydi va hosil tugadi. Hosil byergandan keyin kuzga borib, o‘simligi butunlay nobud bo‘ladi. Ikkinchi yili qashqarbeda baquvvat rivojlangan poyalari bilan ekinlarni qattiq siqib qo‘yadi va hosilni yig‘ishtirib olishga xalaqit beradi.
Yovvoyi qashqarbeda mollarga berishga yaramaydi, chunki tarkibida hayvonlar hayoti uchun xavfli bo‘lgan kumarin moddasi bor. Qashqarbedaning tarkibida kumarin bo‘lmagan navlari chiqarilgan.
Tuyaquyruq -Carduus nutans L. murakkabguldoshlar (Compositae) oilasiga kiradi. Markaziy Osiyoda, asosan, Turkmanistonda, ayniqsa paxta dalalari va boshqa ekinlar dalasida ko‘p uchraydi. O‘zbekistonda aprel-mayda gullab, hosil tugadi. Tuyaquyruq - ikki yillik tipik begona o‘t. Asosan, urug‘dan ko‘payadi, urug‘ida uchmalar bo‘ladi, shuning uchun ular shamolda oson tarqaladi. Bitta o‘simligi 4 mingtagacha urug‘ tugadi. Urug‘ kelgusi yil 4 sm gacha bo‘lgan chuqurlikdan unib chiqadi. o‘rganish va ularga qarshi samarali kurashish uchun ularni tasniflash zaruriyati tug‘iladi.