Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima


Sutemizuvchilar rivojlanishida trofoplast va xorionnig xosil bo‘lishi



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə28/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Gistologiya YN (2)

109.Sutemizuvchilar rivojlanishida trofoplast va xorionnig xosil bo‘lishi. Trofoblast ikkita bosim kuchi ta'sirida bo’ladi, ya'ni unga tashqi tomondan ona organizmi to’qimalarining bosimi ta'sir etsa, ichki tomondan amnion suyuqligining bosimi ta'sir etadi. Bu bosimlarning ta'siri trofoblast devoridagi hujayralarning normal o’sishi va ko’payishiga xalaqit beradi. Natijada trofoblastning usfki tomoni tugunchali, o’sim tali, vorsinkasimon bo’lib qoladi. Bu birlamchi vorsinkalar bo’lib, ularga mezcnxima qo’shilishi natijasida tashqi epiteliy bilan qoplangan o 'simtaga aylanadi. Trofoblasfda vorsinkalar hosil bo’lgandan keyin bu tuzilma xorion yoki seroza deb ataladi. Xorion vorsinkalarining joylanishiga qarab yo’ldoshlar har xil bo’ladi. Ular embrion qorin qismining ro'parasida yoki atrofida joylashadi. Xorionning ichkari tomonini allantois qoplaydi. Shuning uchun yo’ldoshni xorioallantois deb birgalikda ham nomlanadi .Su t emizuvchilarda kindik yo’li quyidagi yo'1 bilan hosil bo’ladi. Tuxu m qo’yib ko’payadigan amniotalarga qaraganda sut emizuvchilarda tuxumning sariqlik xaltasi kichikroq bo’ladi. Yo’ldoshli sut emizuvchilarda entoderma qavatning asosiy qismi ichakning hosil bo’lishiga sarflanadi. Shuning uchun sariqlik xaltasi kichik bo’lib, asta-sekin hajmi kamayib boradi va ichak bilan bog’lanib, ingichka poyacha hosil qilad.Tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilarda tuxum ona organizmida turgan paytida uning teshiklari orqali ona oragnizmidan oziqlanadi. Shuning uchun ularning tuxum qo’yishini "erta tug’ish" deb atasa bo’ladi.Xaltali sut emizuvchilarda xorion bachadon shilimshiq qavati bilan oddiy birikadi. Bularda embrion bachadon bezlaridan ajralib chiqadigan, xorion epiteliysi bilan so’rilib, kindik tomirlari orqali embrionga o’tadigan oziq moddalar hisobiga oziqlanadi. Bularda oziq moddalar oqib turadigan maxsus organ yo’q. Shuning uchun xaltalilar yo’ldoshsiz hayvonlarhisoblanadi.Shunday qilib, embrionning ona organizmi hisobiga oziqlanishi yo’ldosh orqali amalga oshadi. Yo’ldosh bachadon shilimshiq qobig’idan va xorion vorsinkalaridan hosil bo’ladi va u bola o’rni ham deb ataladi.

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin