Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə31/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Gistologiya YN (2)

Ichki sekretsiya bezlari Endokrin sistem asi Odam va umurtqalilar organizmida ko'plab har xil bezlar uchraydi. Ular ikkita yirik guruhlarga bo'lib o'rganiladi. Tashqi ekzokrin beziari va ichki endokrin beziari. Bularning asosiy morfologik farqi tashqi sekretsiya beziari maxsus chiqaruv kanalchalariga ega bo'lib, o'z mahsulotlarini y a ’ni sekretlarini tana yuzasiga, ovqat hazm qilish yo'liga, siydik tanosil yo'llariga va ayrim bo'shliqlar kanalchaiari yordamida chiqarib beradi. Ichki sekretsiya beziari, y a’ni endokrin bezlarda chiqaruv kanalchaiari bo'lmaydi. Shu sababli bu bezlar ishlab bergan oz miqdordagi biologik aktiv moddalarini bevosita qon kapillar tomirlariga, to'qima oraliq suyuqligiga chiqarib beradi. Aksincha, qon tomirlari juda yaxshi rivojlangan bo'lib, bulardan tashqari ayrim a ’zolar va hujayra guruhlarini tashkil qilgan hujayralar ham ichki sekretsiya beziari qatoriga kiradi. Endokrin bezlar faoliyati bilan shug'ullanadigan fanga endokrinologiya fani deb yuritiladi. Ichki sekretsiya beziari ham boshqa azolar singari evolutsion taraqqiyotning m a ’lum bosqichida, jumladan qurtlar va yumshoq tanlilardayoq paydo bo'lgan va asta sekin rivojlanib, takomillashgan. Bu bezlar umurtqali hayvonlarda va odamlarda yuksak darajada taraqqiy etgan Yakka joylashgan gorm on hosil qiluvchi hujayralar Bunday hujayralar majmuasi ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga yakka joylashgan neyroendokrin hujayralar kirib, gormon neyroaminlarni sintez qiladi. Bu guruhning neyroendokrin hujayralari bosh miyada va boshqa a ’zolarda uchraydi. Bularga qalqonsimon bezining parafollekular hujayralari, buyrak usti bezi miya moddasining xromofin hujayralari hamda hazm sistemasi shilliq qavatida uchraydigan endokrin hujayralar kiradi. Bularga xos xususiyatlaridan bittasi bu hujayralarning faoliyatiga gipofiz gormoniari ta’sir qilmaydi.
Ichki muhit to’qimalari. Qon Mezenximadan hosil bo`lib, tayanch-trofik vazifani bajaruvchi, lekin tuzilishi bilan farqlanuvchi to`qimalar ichki muhit to`qimalari (tayanch-trofik, biriktiruvchi to`qima) nomi bilan ifodalanadi. Bu to`qima tarkibiga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi to`qima, retikulyar to`qima, tog`ay va suyak to`qimasi kiradi.Ichki muhit to`qimasini o`rganish I. I. M yechnikovning klassik eksperimental ishlaridan boshlandi. I. I. Mechnikov birinchi bo`lib fagotsitoz nazariyasini yaratdi.Biriktiruvchi to`qima hujayralarining kelib chiqishi ustida taniqli rus gistologi A.A.Mak- simov bir qator noyob eksperimental ishlar qildi va u birinchilardan bo`lib, qon va biriktiruvchi to`qimalar genetik va funkional nuqtai nazardan bir ekanligini isbotladi. Sovet olimi A. A. Z a v a p z i n va uning o`quvchilari tomonidan yillar davomida biriktiruvchi to`qima va. qon hujayralari ustida olib borilgan izlanishlar bir qator yangi fikrlar tug`dirdi. Jumladan, u struktura bilan funksiya-ning birligini ta’kidlab, retikulo-endotelial sistemannng organizmdagi rolini chuqur va asosli qilib ko`rsatib berdi.Hamma ichki muhit to`qimalari uchun xos umumiy xususiyat – bu ularda hujayralar va hujayralararo moddalarning mavjudligidir. Ichki muhit to`qimasining kon va limfa to`qimasidagi hujayralararo modda suyuq bo`lsa, tog`ay va ayniqsa suyak to`qimalarida uningzichlashganligini kuzatish mumkin.Bajaradigan vazifasi bo`yicha ham ichki muhit to`qimasining tarkibiy qismi bir-biridan farqlanadi. Qon, limfa, siyrak biriktiruvchi to`qima butun organizmni oziqa moddalar bilan ta’minlagani uchun ularni trofik to`qimalar deb ataladi. Shu to`qimalar organizmga tushgan mikroblar va yot oqsillar bilan kurashda asosiy o`rin tutadi

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin