Qon plazmasi va Qon shaklli elementlari.Qon plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini saqlaydi. Plazmaga erigan oqsillar, jigar hujayralari va retikuloendotelial sistema hosil boʻladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, kislota-ishqor muvozanatini tartibga solib turadi.Qonning shaklli elementlari asosan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarlem iborat.Qon tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Qonda 80-100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glyukoza va boshqa monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Qonga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.Qondagi lipidlar aralashmasi neytral yogʻlar, erkin yogʻ kislotalari va ularning parchalanish mahsulotlaridan, erkin va bogʻlangan xolesterindan, shuningdek, steroid gormonlaridan iborat. Neytral yogʻlar, glitserin, yogʻ kislotalari ichak shilliq qavatidan Qonga qisman soʻriladi. Qon yogʻ emulsiyasini yog toʻqimalariga yetkazadi va u yerda zaxira holda saqlanadi. Qon tarkibida mineral moddalar (asosan, natriy va xlor) ham bor. Organizmning turli patologik holatlarida (kasalliklarida) Qonda qator oʻzgarishlar roʻy beradi, bu muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qonning tuzilishi, funksiyalari, kasalliklari va u bilan bogʻliq boshqa masalalarni gematologiya fani oʻrganadi.
Qon zardobi. Qon zardobi suv va unda erigan moddalar - oqsillar, organik va mineral birikmalardan tashkil topgan.Zardobning asosiy oqsillari quyidagilar:Albuminlar; Globulinlar; Fibrinogen. Zardobning 85 % - suv, 2-3 % organik boʻlmagan birikmalar, jumladan kationlar (Na+, K+, Mg2+, Ca2+) va anionlardan (НСОЗ-, Cl-, fosfatlar, sulfatlar) iborat. Organik birikmalar (9 % atrofida) oʻzida azot tutuvchi birikmalar (oqsillar, aminokislotalar, mochevina, kreatinin, ammiak, purin va pirimidin nukleotidlarining almashinuv mahsulotlari) va azotsiz birikmalarga (glyukoza, yogʻ kislotalari, piruvat, laktat, fosfolipidlar, triatsilglitserollar, xolesterin) ajratiladi. Zardobda shuningdek, asosan kislorod va uglerod oksid gazlari mavjud. Yuqoridagilardan tashqari uning tarkibida biologik faol moddalar, ya’ni gormonlar, vitaminlar, fermentlar va mediatorlar ham bor.Me’yorida erkaklarda qon hajmi har bir kg tana vazni uchun 75 ml ga, ayollarda esa bu koʻrsatkich taxminan 66 ml ga teng. Erkaklarda umumiy qon hajmi o'rtacha 5 litr va uning yarmidan ortigʻi zardobdan, qolgan qismi esa asosan shakilli elementlardan iborat. Balogʻat yoshiga yetgan kishilarda shaklli elementlar qonni 40-45%, zardob esa 55-60% ni tashkil qiladi. Bu mutanosiblik qonning gematokrit koʻrsatkichi deb ataladi. Shuningdek, tomirlardagi periferik, qon hosil qiluvchi a’zolardagi va yurakdagi qon farqlanadi.