Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima


Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə35/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
Gistologiya YN (2)

Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimaSiyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to`qima hujayra elementlari va oraliq moddadan tashkil topgan bo`lib, unda biriktiruvchi to`qimaning barcha turlariga xos hujayralarni uchratish mumkin. Hujayra oraliq moddasida siyrak, turli yo`nalishda yotuvchi tolalar joylashadi. (69-rasm). Hujayralararo modda ko’p bo’lgani uchun biriktiruvchi to’qimaning funktsiyasi oraliq moddaning fizik-ximiyaviy xossalariga bog’liq.Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima kuchli regeneratsiya qobiliyati, yuqori plastik va adaptatsion imkoniyati bilan xarakterlidir.Siyrak tolali biriktiruvchi to`qima organizmning turli organ to`qimalari tarkibida bo`ladi va doimo qon tomirlar devori bo`ylab joylashadi. U biriktiruvchi to`qimaning boshqa turlari uchun ham xos bo`lgan trofik, himoya, plastik va mexanik (tayanch) vazifalarni bajarib, organizm ichki muhitining doimiyligini (gomeostazni) belgilaydi. Barcha funktsiyalar hujayralar va hujayralararo modda vositasida bajariladi.Biriktiruvchi to`qima morfologiyasini o`rganish shu to`qimaning kasalliklarini (kollagenozlarni) va turli jarayonlarga bo`lgan javobini (immunologik reaktsiya, yallig`lanish, regeneratsiya) tushunishga yordam beradi.Siyrak biriktiruvchi to`qima hujayra elementlari quyidagi hujayralardan: fibroblast, makrofag, plazmatik (plazmotsit), to`qima bazofili (semiz hujayra), peritsit, retikulyar, adipotsit (lipotsit yoki yog` hujayra), pigment, endoteliy va adventitsial hujayralardan iborat. Bulardan tashqari, biriktiruvchi to`qimada qon orqali o`tgan qon shaklli elementlari (leykotsitlar) ham uch-raydi. Fibroblastlar (lat. fibra - tola, yunon. blastos - kurtak) biriktiruvchi to`qimaning asosiy hujayra elementlaridan hisoblanali. Fibroblast yirik (20 mkm ga yaqin) noto`g`ri shakldagi hujayra bo`lib, qobig`i bir talay uzun o`simtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron mikroskopdagina aniq ko`rinadi. Fibroblast sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki - endoplazma tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat bo`lib, ochroq bo`yaladi. Endoplazma esa yadro atrofidagi hujayra organellari va kiritmalari joylashgan to`qroq bo`yalgan qismdir.

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin