Gistologiya va embriologiya fani uning biologiya fanlari tizimida tutgan oʻrni va boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi Gistologiya (yunon. histos - to‘qima, logos — ta’limot, fan) fani hujayra, to‘qima va a’zo (organ)laming taraqqiyoti, tuzilishi hamda ularning hayot faoliyatlarini o‘rganuvchi ta’limotdir. U boshqa fanlarning so‘nggi yutuqlaridan foydalanib, o‘ta tez rivojlanib bormoqda.Gistologiya fanini bunday alohida kurslarga boiib o‘rganish shartli hisoblanadi. Chunki organizm bir butun boiib, uning barcha qismlari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bogiangan. Hujayralar to‘qimalami tashkil etsa, har bir organ bir necha to'qimalar majmuasidan iboratdir.Gistologiyani o'rganishda, asosan, mikroskopik usuldan foydalaniladi. Elektron mikroskopning yaratilishi to‘qima va a’zolaning nozik tuzilishini ocrganish uchun keng yo‘l ochib beradi.Gistologiya fani ham boshqa fanlar kabi, tabiatning obyektiv qonuniyatlarini o'rganishda zamonaviy falsafa, dialektik materializm asoslari bilan quroliangan.Tuzilmalamingtuzilishi va taraqqiyotini o‘rganish Ch.Darvinning evolutsiya ta’limotiga asoslanib olib boriladi. Odam tanasini hosil qiluvchi hujayra, to4qima va organlar tarixiy taraqqiyot natijasida oddiylikdan murakkablikka - oliy shakl ifodasiga yetishgan, organik tabiat yaratgan evolutsion jarayonning mahsuii deb qaraladi.Tuzilmalami o‘rganish tashqi muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan organizmning bir butunligi nuqtai nazaridan olib boriladi. Organizmning yaxlitligi esa barcha organ va sistemalar faoliyatining uyg'unligida nerv va endokrin sistemalaming asosiy yetakchilik roli bilan belgilanadi.Tuzilmalami funksional tomondan yondoshib o‘rganish zamonaviy gistologiyaga xosdir. Hujayra, to‘qima va a’zolar tuzilishining ular faoliyatiga bog‘liq tomonini yorituvchi gistologiyadagi bu yo‘nalishni gistofiziologiya o‘rganadi. Struktura va funktsiyaning shakl va < mazmuniga dialektik tushuncha nuqtai nazaridan qaraladi. Tuzilma - bu har qanday faoliyatning material substrati dir.
Gistologiya va embriologiya fanining maqsadi va vazifalari M a’lumki, hayvonlarning ham, cdamning ham organizmi hujayralardan va ularning yig‘indisi - to‘qimalardan tarkib topgan. Hayvonlar bilan odam tanasidagi barcha katta-kichik organlar o‘ziga xos hujayra va shu hujayralardan tashkil topgan to‘qimalardan tuzilgan. Shu jihatdan qaraganda, tirik organizmning eng kichik, ya’ni zarracha qismi bu - hujayradir. Hujayralarning tuzilishi, yaratilishi va rivojlanish bosqichlarini, odatda, sitologiya o‘rganadi. To‘qimalaming tuzilishi, rivojlanishini, hayotiy faoliyatini esa gistologiya o‘rganadi. Binobarin, «Gistologiya» fanining mavzui bilan vazifasi uning nomidan ham anglashilib turibdi. Antropologiya, anatomiya, embriologiya, sitologiya kabi fanlar qatorida gistologiya ham fundamental morfologik fan boMib, uning asosiy predmeti tirik materiya tashkil topishida moddiy asos bo'lib xizmat qiladigan to‘qima - murakkab biologik sistemadir. Binobarin, gistologiyadagi konkret tadqiqot obyektlari,shuningdek, murakkab tekshirish usullari uni tarmoqlarga bo'lib o'rganishni taqozo etmoqda. Natijada, gistologiyaning gistoximiya,gistofiziologiya, qiyosiy gistologiya, eksperimental gistologiya,tasviriy gistologiya, evolutsion gistologiya, ekologik gistologiya kabi sohalari yuzaga keldi.
Gistokimyo (sinonimi gistologik ximiya) to'qimalarnr.ng kimyoviy xossalarini o'rganadi. Bu bo'limda gistologik va kimyoviy usullar yordamida hujayra va to'qimalarning tuzilishi, ulardagi kimyoviy elementlarning taqsimlanishi o'rganiladi.
Gistofiziologiya hayvonlar va odam hujayralari va to‘qimalarining mikroskopik tuzilishini ularning vazifasiga bog‘lab o‘rganadi
Qiyosiy gistologiya gistologiyadagi yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning asosiy usuli har xil hayvonlar to'qimasining rivojlanishi, tuzilishi va funksiyasini qiyosiy o'rganishdir.
Eksperimental gistologiya gistologiyadagi yo'nalish.lardan biri bo'lib, hayvonlarga eksperimental ta’sir ko'rsatish natijasida ular to'qimalarida bo'Iadigan o'zgarishlarni o'rganadi.
Tasviriy gistoiogiya gistologiyadagi yo'nalishlardan biri boMib, uning asosiy tekshirish usuli to'qimalar tuzilishini tasvirlab berishdir.Evoiyusion gistologiya gistologiyadagi yo'nalishlardan biri bo'lib, filogenezi jarayonida to'qimalarning rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi.