Gistologiya fanidan qoʻllaniladigan oʻrganish usullari M a’lumki, gistologiya mustaqil fan sifatida rivojlanar ekan, uning asosiy tadqiqot obyekti bilan tekshirish usullari ham rivojlanib boradi. Gistologiyada tadqiqot obyekti - turli xil sharoitda har xil usullar yordamida tayyorlanadigan gistologik preparatlardir. Tekshirish usullariga mikroskopik tadqiqotlar bilan gistokimyoviy (sitokimyoviy)tadqiqotlar, radiavtografiya bilan maxsus eksperimental-morfologikusullar va boshqalar kiradi.
Mikroskopik tadqiqotlarOrganizm i.o‘qimalari va organlarining sog'lom holatini. tuzilishini (strukturasini), kasalliklarda sodir bo'ladigan patologik-morfologik o'zgarishlami chuqur va mukammal o'rganish uchun avval ulardan gistologik preparatlar tayyorlanadi. Gistologik preparatlar tayyorlash usullari, masalan, sitologiya, embriologiya va patologik anatomiyadagi usullar bilan deyarli bir xil1.
Gistokimyoviy tadqiqotlarYuqorida aytib o'tilganidek, hozirgi mikroskoplar yordamida tirik yoki fiksasiya qilingan obyektlaming nozik morfologik tuzilmalari har tomonlama o'rganilsa ham, ammo ularning sifat va miqdoriy tarkibi to'la ochilmay qolaveradi. Buni, odatda, alohida gistokimyoviy (sitokimyoviy) tadqiqot usullari yordamida o'rganiladi.Sifatiy gistokimyoviy usullar. Bu usullar gistologik va kimyoviy tekshirish usullarini birga qo'ilash natijasida kelib chiqqan. Binobarin, sifatiy gistokimyoviy tekshirish usullari obyekt (preparat) lar strukturasidagi kimyoviy moddalar taqsimotini aniqlash yo'lida turli xil kimyoviy reaksiyalardan foydalanishga asoslangan. Demak, ular yordamida organ, to'qima va hujayralarning kimyoviy tuzilishi, ularda boradigan kimyoviy jarayonlar o'rganiladi
Miqdoriy gistokimyoviy us liar. Gistologik usullar uzluksiz takomillashib, murakkablashib bormoqda. Endilikda shunday gistokimyoviy tekshirish usullari yaratildiki, ular yordamida faqat to'qimadar tarkibid igi moddalar, ya’ni elementlarning sifatini emas, balki ularning miqdorini ham aniqlash mumkin. Bunday usullar gistologiyada miqdoriy gistokimyoviy tadqiqot usullari deb nom oldi. Ular yordamida, odatda, muayyan to'qima va hujayralar strukturasi aniqlanadi.Bunday usullarga sitospektrofotometriya, sitospektrofluorimetriya, interferometriya kabilarni kiritish mumkin. 1
Radioavtografiya usuli. Bu usul yangi zamonaviy usul bo'lib, uning yordamida hujayra va to'qimalardagi moddalar almashinuvi o'rganiladi. Buning uchun hayvon organizmiga ovqat hazm qilish sistemasi orqali yoki inyeksiya yo'li bilan har xil radioaktiv elementlar yoki nishonlangan birikmalar yuboriladi. Radioaktiv fosfor R32, uglerod S I4, oltingugurt 03, vodorod N3 yoki har xil izotoplar, chunonchi, radioaktiv izotop kabilar shular jumlasidandir. Mazkur moddalardan birortasi eksperimental hayvon organizmiga u yoki bu yo'l bilan kiritilgach, har xil muddatlarda lozim topilgan organlardan bo'lakchalar olib, ulardan gistologik preparatlar tayyorlanadi. Preparat tayyorlash odatdagi gistologik preparatlar tayyorlash usuli bilan deyarli bir xil.
Maxsus eksperimental-morfologik tadqiqot usullariHozirgi vaqtda hayvonlar yoki odam organlari, to'qimalari va hujayralarining tuzilishi hamda funksiyasini har tomonlama o'rganish, tadqiq qilish uchun yuqorida bayon etilgan tadqiqot usullaridan tashqari, yana bir qator usullar borki, ularga immunologik kimyoviy tadqiqotusullari bilan maxsus eksperimental morfologik tadqiqot usullarini kiritish mumkin. Shulardan keyingisi, ya’ni maxsus eksperimenta -morfologik tadqiqot usullari amaliy tekshirish usullari bo'libhisoblanadi. Tekshirishning bu usuli, odatda, radiatsion ximerlar, diffuzion kameralar usuli va organ hamda to'qimalarni transplantatsiya qilish usullarini o'z ichiga oladi.