Kollagen elastik va retikulyar tolachalar Retikulyar toʻqima (lotincha: textus reticularis) — biriktiruvchi toʻqimaning maxsus shakli[1] boʻlib, retikulyar tolalar deb ataladigan va ularni hosil qiluvchi retikulyar hujayralardantuzilgan. Retikulyar toʻqima gematopoetik organlarning stromasini hosil qiladi va ularda hosil boʻlgan qon hujayralari uchun kichik muhitni hosil qiladi[2], ammo u gematopoez bilan bogʻliq boʻlmagan organlarda ham uchraydiKollagen muhim oqsil; u inson tanasida eng ko‘p tarqalgan oqsil sanaladi. U organizmni yaxlit butun shaklda bog‘lab turuvchi to‘qima asosi hisoblanadi. Kollagenning nomi grekcha “kolla”- yelim so‘zidan olingan. Pay, tog‘ay, tomirlar, yosh suyak to‘qimalari, mushaklar, teri bularning barisining tuzilishi uchun ko‘p jihatdan ana shu oqsil javob beradi. Masalan, terida kollagenning miqdori 70 foizga yetadi – u terining silliqligi, taranglik va egiluvchanligini ta'minlaydi.Kollagen molekulalari ko‘p hollarda uzun va ingichka oqsil tolalarini hosil qilib, yonma-yon turadi. Aynan ular prujina kabi organizm to‘qimalarini birgalikda tutib turadi va bir vaqtning o‘zida ularning mustahkam aloqasini ta'minlaydi.Uning asosiy vazifasi biriktiruvchi to'qimalarni mustahkamlash va tananing yaxlitligini saqlashdir. Bizning tanamizda kollagen bo'lmasa, tana a'zolarimiz birga qololmaydi. Organizmning biriktiruvchi to'qimalarining 80% ni tashkil etuvchi kollagenning asosiy vazifasi teriga mustahkamlik, moslashuvchanlik va chidamlilik berib, teri tuzilishini yaratuvchi tarmoq yaratishdir.Uning vazifasi biriktiruvchi to'qimalarni mustahkamlash, teriga chidamlilik, mustahkamlik va moslashuvchanlikni berishdir. Tanadagi oqsillarning uchdan bir qismini tashkil etuvchi kollagen nafaqat terida; U butun tanadagi to'qimalar va organlarda, jumladan, biriktiruvchi to'qima, tendon-bo'g'im, tomir devorlari, ko'zlar, tishlar, sochlar, tirnoqlar va suyaklarda mavjud bo'lib, tananing strukturaviy yaxlitligini ta'minlaydi
Gistologiya fani tarixini o‘rganar ekanmiz, u anatomiya fani bilan uzviy bog'liqligining va keyin uning bir shoxobchasi sifatida ajralib chiqqanligini guvohi bo'lamiz. Chunki gistologiya, yuqorida aytib o'tilganidek, to'qimalar haqidagi fan; to'qimalarning mikroskopik strukturasi, tarkibiy qismi, morfologiyasini tadqiq etish uning mavzuiga kiradi. Bulami esa, ilgari oddiy ko'z bilan ko'rib o'rganish mumkin emas edi, hozirgi mikroskoplar hali bunyod etilmagan edi. Binobarin, odam va hayvonlar organ va to'qimalarining nozik tuzilishini o'shadavming apatom olimlari-tadqiq etgan. Eramizdan oldingi V-IV asrlarda yashab ijod etgan yunon faylasuf va olimlari Gippokrat (460- 377) va Aristotel (384-322) meditsina bilan biologiya fanlariga salmoqli hissa qo'shdilar. Aristotel odam va hayvonlarning aorta, diafragma, mekoniy, traxeya, falanga kabi a’zolarining anatomik tuzilishini o'rganish bilan birga to'qimalarni bir-biridan farq qilib, tog'ay, suyak, yog' to'qimalariga ajratgan. Mazkur to'qim alar nomini ham birinchi marta Aristotelning o'zi qo'llagan. Ma’lumki, XVII asr boshlarida G.Galiley dastlabki teleskop yaratdi. 1609-1610-yillarda esa u soddaroq bo'lsa ham mikroskop konstruksiyasini ishlab chiqdi. Ammo, mikroskop va uni ilmiy meditsinada qo'llash hamon olimlar nazaridan chetda qolaverdi. Faqat XVII asrning o'rtalariga kelganda, ingliz fizigi Robert Guk (1635-1703) 1665 yilga kelib mikroskopni takomillashtiradi va unda o'simliklaming tuzilishini o'rganadi. Undagi mayda katakchalami ko'rib, ularga hujayra degan nom beradi.Mikroskop bilan qiziqib qolgan Marchello Malpigi (1628-1694) birinchi bo'lib hayvonlar terisi, talog'i, buyragi va boshqa organlarining mikroskopik tuzalishnni o'rgandi. Natijada, u birinchi bo'lib tasvirlab bergan organiarning ayrim strukturalari uning nomi bilan ataladigan bo'ldi. Masalan, Malpigi buyrak koptokchalari, Malpigi qavati. Malpigi tanachasi va boshqalar shular jumlasidandir. Botankk olim Neemiya Gryu (1641-1712) to'qimalar hakida tadqiqot ishlari olib borib, birinchi marta fanga to'qima tushunchasini kiritdi. Ayniqsa, 1677 yilga kelganda goilandiyalik havaskor mikroskopchi Anton van Levenguk (1632-1723) obyektni 300 marta kattalashtirib ko'rsatadigan mikroskop ixtiro qildi. O'sha davr uchun juda ulkan ixtiro bo'lgan bu mikroskop yordamida, u suv tomchisidagi mikroorganizmlarni, ularning harakatini, odam va hayvonlar organizmidagi qizil qon tanachalarini, ularnnig kapillar tomirlardagi harakatini, ko'ndalang yo'lli muskullar, nerv va paylar tuzilishini o'rganib tasvirlab berdi