ko`rinishga ega. Natijada, y = ∫f(x)dx va agar f(x) funksiyaning bosh-lang`ich funksiyalaridan biri F(x) bo`lsa, umumiy yechim y = F(x)+c ko`rinishda yoziladi.
(3) tenglamaning muhim umumlashmasi bo`lmish o`zgaruvchilari aj-raladigan differensial tenglama:
y′ = P(x) - q(y) yoki dy/dx = P(x) · q(y) (4)
shaklda yozilishi mumkin.
Noma`lum funksiya у ning qaralayotgan o`zgarish sohasida q(y) ≠ 0 shart bajariladi deb, (4) tenglamani o`zgaruvchilari ajralgan.
Noma`lum funksiya у ning qaralayotgan o`zgarish sohasida q(y) ≠ 0 shart bajariladi deb, (4) tenglamani o`zgaruvchilari ajralgan.
Birinchi tartibli F(x,y,y`) = 0 differensial tenglamaning chap qismi у va y` larga chiziqli bog`liq shakliga chiziqli tenglama deyiladi. Chiziqli, birinchi tartibli differensial tenglama,
y′ + P(x)·y = f(x) (6)
ko`rinishda yozilishi mumkin.
(6) tenglamani integrallash jarayoni, odatda, ikki bosqichdan iborat. Dastlab, tenglama o`ng tomonidagi f(x) funksiyani 0 bilan almashtiriladi va