Birja va rieltorlik


malakaga ega bo’lishi kerak



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/9
tarix19.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#187173
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.1.Birja namunaviy lotin 2021

malakaga ega bo’lishi kerak.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

«Birja va rieltorlik» fanini o’rganish o’quv rejasida ko’zda tutilgan barcha fanlar bilan uzviy bog’liq. Ayniqsa, «Marketing», «Marketingni boshqarish», «Strategik marketing», «Tadbirkorlik asoslari», «Menejment», «Xalqaro tijorat ishi», «Tovarshunoslik», kabi fanlar bilan kuchli aloqa kuzatiladi.




Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Birjalar va rieltorlik faoliyati - davlatning iqtisodiy holatini baholaydigan muhim ko’rsatkich, ya’ni barometr hisoblanadi. Chunki aksariyat xorijiy mamlakatlar tovar-xomashyo va fond birjalari aylanmasi, ko’chmas
mulk hamda rieltoroik xizmatlari bozori ular iqtisodiyotining salmoqli qismiga to’g’ri keladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilgan maxsulotlarni birja savdolariga olib chiqish va savdolarni tashkil etishga doir nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish soxasi bo’lib xisoblanadi.
Birja va rieltorlik fanini chuqur o’zlashtirgan talaba o’z bilimlaridan ishlab chiqarishdagi faoliyati jarayonida korxonada ishlab chiqarilgan xom-ashyolarni va tayyor tovarlarni birja savdolarida sotishda, rieltorlik xizmatlaridan oqilona foydalanishlari mumkin.
Birja va Rieltorlik fanidan qo’yilgan mavzular amaliyotda foydalanish uchun juda muhim hisoblanadi. Yuqoridagilar fanning ishlab chiqarishdagi dolzarbligini belgilaydi.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning «Birja va rieltorlik» fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informastion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’qitishda muammoli va ochiq ma’ruzalar, bahs-munozara ma’ruzalari, ma’ruza-konferenstiyalar, davra stoli atrofida mashg’ulot o’tkazishning faol usullari, vaziyatli masalalardan keng foydalangan holda masofadan o’qitish kabi yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash, shuningdek, «aqliy hujum», ishbilarmonlik o’yinlari va keys-stadilardan foydalanish zarur.





Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin