Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalar ongida Birja va rieltorlik faoliyati to’grisidagi tasavvurni hosil qilish va bozor iqtisodiyotida birjalarning o’rni va rolini aniqlash, birja operastiyalarini amalga oshirish Rieltorlik xizmatlari bozorining asosiy yo’nalishlari bo’yicha bilimlarni shakllantirish hisoblanadi.
Fanning vazifasi – birja va rieltorlik faoliyatining nazariy asoslari, birjalar faoliyati hamda birja savdosining huquqiy asoslarini, rieltorlik faoliyati xizmatlarini, rieltorlik institutlarinining tashkiliy-huquqiy shakllari, rieltorlik xizmatlari bozori, birja savdosi va Rieltorlik faoliyati qatnashchilarining vazifalarini o’rgatishdan iborat.
Shu bilan birgalikda mamlakatimiz va jahon birja bozori hamda rieltorlik faoliyati tizimining rivojlanishining asosiy yo’nalishlari, birja va rieltorlik bilan bog’liq qarorlarning mazmun-mohiyatini talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga
qo’yiladigan talablar
“Birja va rieltorlik” fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr:
Birjalar haqida tushuncha va ularning iqtisodiy mohiyati haqida;
Tovar birjalari faoliyati hamda birja savdosining huquqiy asoslarini;
Birja savdosi qatnashchilarini ;
Birja savdosini yuritish faoliyati dasturlari va usullarini;
Bozor iqtisodiyotida birjalarning o’rni va rolini;
Rieltorlik haqida tushuncha va uning nazariy asoslarini;
Rieltorlik faoliyati xizmatlarini;
Rieltorlik xizmatlari bozorini;
Rieltorlik institutlarinining tashkiliy-huquqiy shakllarini
bilishi kerak.
birja operastiyalarini amalga oshirish
birjada tovarlar narxini kotirovkalash usullari
tovar birjasi va boshqa birjalarda savdo yuritish tartibi, Rieltorlik xizmati bozorining vositachilarining vazifalari haqida
Dostları ilə paylaş: |