Bosh Assambleya — suveren davlatlarning xakikiy demokratik vakillik organidir. Har bir a’zo davlat hududining hajmi, aholining soni, iqtisodiy va harbiy kudratidan katyi nazar, bir ovozga ega. Bosh Assambleyaning muhim qarorlari ovoz berish jarayonida ishtirok etayotgan davlatlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilinadi.
U Xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zolarini saylash, EKOSOSning a’zolarini saylash, BMT yangi a’zolarini qabul qilish, BMT Bosh Kotibini tayinlash, tashkilot a’zolarining huquq va vakolatlarini cheklash, tashkilot a’zoligidan chikarish, budjet va boshqa texnik-ma’muriy masalalar bo‘yicha Bosh Assambleya bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar qabul qilish kabi muhim ishlarni bajaradi. Xalqaro xavfsizlik va tinchlikni qo‘llab-kuvvatlashga karatilgan masalalar bo‘yicha u tavsiyaviy xarakterga ega rezolyutsiya va deklaratsiyalar qabul qiladi.
Bosh Assambleya ishida BMTga a’zo bo‘lmagan BMT koshida doimiy ko‘zatuvchilarga ega bo‘lgan (Vatikan, Shveysariya) va ega bo‘lmagan davlatlar ham ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari Falastin Ozodlik Harakati Tashkiloti, boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar va BMTning ixtisoslashgan muassasalari dam doimiy ko‘zatuvchi maqomiga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: |