Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalariga doir faoliyatni olib boradi. EKOSOS 54 a’zodan iborat bo‘lib, ular Bosh Assambleya tomonidan uch muddatga saylanadilar va har yili vakolatlari tugagan 18 a’zoning o‘rniga yangilari saylab boriladi.
EKOSOS BMT Ustavidan kelib chiqqan xolda davlatlar o‘rtasida iqtisodiy ilmiy-texnikaviy hamkorlikni ta’minlash, uni muvofiqlashtirish y^lida samarali ish olib borishi, xalqaro huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etishi va davlatlar iqtisodiy xavfsizligini kafolatlovchi institutlar va mexanizmlar ishlab chiqishi lozim.
Vasiylik bo‘yicha Kengash — bu uning otaligidagi hududlarda xukmronlik qilish huquqiga ega va majburiyatlarni bajarilishini nazorat qiluvchi BMT organidir. Hozirgi kunda uning besh a’zosi (AKSH, Angliya, Rossiya, Fransiya, Xitoy) bor. Kengash har yili Nyu-Yorkda bir sessiya utkazadi. AKSH boshqaruvida bo‘lgan dastlabki ikki hududdan faqat bittasi — Tinch okeani orollari (Mikroneziya) koldi.
BMT Kotibiyati Bosh Kotib va tashkilotga lozim mikdordagi xodimdan iboratdir. Ushbu organ BMTning boshqa organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning xayotga tadbik etilishini ta’minlaydi va BMT asosiy va yordamchi organlariga konferensiyaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi.
Kotibiyat:
birinchi, Xavfsizlik Kengashi sanksiyalaridan kelib chiquvchi, tinchlikni ta’minlovchi operatsiyalarni olib borish;
ikkinchi, tinchlik mazmunidagi xalqaro konferensiyalarni tashkil etish va uggkazish (Dengiz huquqi bo‘yicha konferensiya);
uchinchi, jahon mikyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yuzasidan obzorlar tayyorlash;
To‘rtinchi, qurolsizlanish va inson huquqlarining rivojlanishi kabi sohalar bo‘yicha tekshiruvlar ugkazish singari ishlarni bajaradi.
BMT Kotibiyatiniig funksiyalari quyidagilardan iborat:
BMT tizimidagi organlarga xizmat ko‘rsatadi;
BMT tizimidagi organlar tomonidan dasturlarning ishlab
chikarilishi va ular tomonidan ishlab chiqilgan siyosatning amal
ga joriy etilishini ta’minlaydi;
BMT shugullanuvchi turli masalalar bo‘yicha BMT Bosh Kotibiga axborotlar beradi;
Majlislardagi chiqishlarning ogzaki tarjimasini amalga
oshiradi;
sessiya majlislari hisobotlarini to‘zadi, chop etadi va tar-
katadi;
arxivlarda hujjatlarni saklaydi va BMT a’zolari bo‘lgan
barcha davlatlarga Bosh Assambleyaning hujjatlarini tarkatadi;
BMT a’zolari tomonidan to‘zilgan shartnomalarni ruyxatga
oladi va urganadi;
Bosh Assambleya talabiga ko‘ra boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Kotibiyat BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgoxida joylashgan.
Bosh Kotib Kotibiyatni boshqaradi va bosh mansabdor shaxs hisoblanadi.
Bosh Kotib Bosh Assambleya tomonidan Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq, besh yil muddatga tayinlanadi. Bosh Kotib Bosh Assambleyaga tashkilotning faoliyati haqida har yili hisobot beradi va xalqaro tinchlikka taxdid soluvchi masalalar haqida Xavfsizlik Kengashida ma’lumot beradi.
Xalqaro Sud — BMTning asosiy sud organidir. U 15 ta mustaqil sudyadan iborat bo‘lib, ular fuqaroliklaridan katyi nazar, o‘z mamlakatlarida oliy sud lavozimlariga tayinlanishlari uchun talab etilgan oliy axlokiy talablarga javob beruvchi va xalqaro huquq sohasida tanilgan yuristlar orasidan saylanadi.
Sudyalar Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan qayta saylanish huquqi bilan tukkiz yilga saylanadilar. Xalqaro Sud 3 yil muddatga rais, raisning urinbosari va kotibni saylaydi. Xalqaro Sud tarkibida ikkita ayni mamlakat fuqarolari bo‘lishlari mumkin emas.
Xalqaro Sud Statutiga muvofiq a’zo davlatlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chikadi va yechimini beradi a’zo bo‘lmagan davlatlar bo‘yicha Xavfsizlik Kengashi tomonidan har bir xalat bo‘yicha alohida aniqlangan shartlar asosida ish ko‘radi, huquqiy masalalar bo‘yicha konsultatsiyaviy xulosalar beradi (Xalqaro Sud konsultatsiyaviy xulosalarni bevosita so‘rash huquqiga Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi va BMTning boshqa organlari ega. Boshqa xalqaro tashkilotlar va organlar bunday xulosani Bosh Assambleyaning ruxsati bilan so‘rashlari mumkin).
Xalqaro Sud Gaaga shaxrida joylashgan.
BMT Ustavida muhim siyosiy organ bo‘lgan Xavfsizlik Kengashi va Xalqaro Sudning vakolatlari keskin farq qiladi. BMT Ustavining 36-modda 3-bandiga ko‘ra Xavfsizlik Kengashi yuridik nizolarni xal etish uchun umumiy qoidaga muvofiq Xalqaro sud nizomidan kelib chiqqan xolda nizodagi tomonlar Xalqaro sudga murojaat qilishlari kerakligini e’tirof etadi. Xalqaro Sudning qarori nizodagi davlatlar tomonidan bajarilishi shart. Tomonlardan biri bu qarorni bajarmagan takdirda, nizodagi tomonlarning biri murojaat etganidan so‘ng Xavfsizlik Kengashi qaror bajarilishini ta’minlovchi tavsiyalar yoki xatti-harakatlar qo‘llashi mumkin.
Xalqaro Sud sud faoliyatidan tashqari yuridik konsultatsiyaviy faoliyat ham olib boradi.
Xalqaro Sud davlatlar o‘rtasidagi nizolarning tinch yo‘llar bilan xal etilishi va jahonda adolat o‘rnatilishiga karatilgan strategiyaning ishlab chiqilishida asosiy organlardan biri bo‘lishi ko‘zda to‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: |