BMTning ixtisoslashgan muassasalari
BMTning ixtisoslashgan muassasalari maxsus sohalardagi hamkorlikni ta’minlovchi hukumatlararo universal tashkilotlardir. Ular quyidagi xususiyatlarga egadirlar:
birinchidan, bunday tashkilotlarni ta’sis etuvchi shartnomalar hukumatlararo xarakterga ega;
ikkinchidan, ta’sis hujjatlari doirasidagi keng xalqaro javobgarlikka ega bo‘ladilar;
uchinchidan, maxsus: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, insonparvarlik va boshqa sohalarda hamkorlikni ta’minlaydilar;
to‘rtinchidan, BMT bilan yakin aloqadadirlar.
Hozirgi kunda BMTning 16 ta ixtisoslashgan muassasalari mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
birinchi, ijtimoiy xususiyatli tashkilot (MOT, VOZ);
ikkinchi, madaniy va insonparvarlik tashkilotlari (YUNESKO)
uchinchi, iqtisodiy tashkilot (YUNIDO);
To‘rtinchi, moliyaviy tashkilotlar (MBRR, MVF, MAP, MFK);
beshinchi, kishlokxujaligi sohasidagi tashkilotlar (FAO I-FAD);
oltinchi, aloqa va transport sohasidagi tashkilotlar (IKAO, IMO, VPS, MSE);
yettinchi, metereologiya sohasidagi tashkilot (VMO).
O‘zbekiston Respublikasi BMTdan tashqari uning barcha asosiy ixtisoslashgan muassasalari a’zosidir.
Dostları ilə paylaş: |