Birlashgan Millatlar Tashkiloti


BMTning sanoat tarakkiyeti tashkiloti (YUNIDO)



Yüklə 30,28 Kb.
səhifə7/13
tarix10.05.2022
ölçüsü30,28 Kb.
#57064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Birlashgan Millatlar Tashkiloti

BMTning sanoat tarakkiyeti tashkiloti (YUNIDO) Bosh Assambleyaning organi sifatida 1966 yil Bosh Assambleyaning 17 noyabrdagi rezolyutsiyasi asosida tashkil etilgan. 1985 yilda YUNIDO BMTning ixtisoslashgan muassasasiga aylantirildi. Uning qarorgoxi Vena shaxrida. YUNIDOning asosiy maqsadi rivojlanayotgan davlatlar sanoatining o‘sishiga va ularning tezroq industrializatsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.

Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash banki, Xalqaro valuta Fondi Bretton-Vudsda bo‘lib utgan konferensiyada BMTning moliyaviy xarakterdagi ixtisoslashgan muassasalari sifatida tashkil etilgan. Ularning qarorgoxlari Vashington shaxrida.

Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash banki, Xalqaro valuta Fondi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi bir-biriga o‘zaro o‘zviy bog‘liq. Faqat Xalqaro valuta Fondi a’zolarigina Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash bankiga a’zo bula oladilar va faqat Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash banki a’zolari kolgan ikki bo‘linmaga a’zo bo‘lishlari mumkin. Ushbu tashkilotlarda ovoz berish tartibi farqli bo‘lib, unda har bir a’zo o‘z badalining ulushiga qarab ovozlar soniga ega bo‘ladi.

Xalqaro valuta Fondi moliyaviy tashkilotlar tizimida asosiy urin tutadi. Uning asosiy maqsadi a’zo davlatlar valuta-moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirish, a’zo davlatlar valuta qursini, to‘lov balansini qo‘llab-kuvvatlash, ularga kiska muddatli va o‘rta muddatli qarzlar berish kabilardan iborat.



Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash bankining asosiy maqsadi o‘ziga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirishga yordam berish, chet el xususiy sarmoyadorlarini qo‘llab-kuvvatlash va sanoatni rivojlantirish uchun qarzlar berishdan iborat.


Yüklə 30,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin