Bitimlarning kollizion masalalari. Elektron shartnomalar va smart kontraktlar



Yüklə 52,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü52,9 Kb.
#183685
1   2   3   4   5
Eshmatova Sevinch Sherzod qizi

Elektron shartnomalar 
Hozirgi kunda zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, ayniqsa axborot 
texnologiyalarga bo`lgan talab kun sayin emas, soat sayin o`sib 
borayotganligi barchamizga ravshan. Shu sababli, insonlar o`rtasidagi onlayn 
axborot almashinuvi orqali xalqaro xususiy huquqda ham bir necha o`zgarish 
2
Xalqaro xususiy huquq. Darslik, T-2019. 62-69b 


va yangiliklar vujudga kelmoqda. Shu xususda, O`zbekiston huquq tizimida 
ham elektron shartnomalar va smart kontraktlarga tegishli bo`lgan qonun 
hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Bu esa aynan kundalik hayotimizda ro`y berishi 
mumkin bo`lgan ko`plab muammolarga yechim sifatida qo`llanishi mumkin. 
Shuningdek, raqamlashtirish va moliyaviy texnologiyalarning qo`llanilishi 
dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiyoti va moliya bozorlaridagi mavjud 
holatlarni tubdan o`zgartirmoqda. Natijada esa turli yo`nalishdagi kelishuvlar 
va shartnomalar masofaviy tarzda imzolanmoqda. 
Ushbu elektron tizimni yo`lga qo`yish va yanada jadallashtirish natijada 
davlatimiz qonunchiligida ham ancha islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Ulardan biri asosida iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida 
davlat tomonidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rish, elektron hujjat 
aylanishi tizimlari joriy etish, elektron to‘lovlar rivojlantirish va elektron tijorat 
sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni nazarda tutgan 3882-
sonli Prezident Farmonidir.
3
Ayni davrda axborot-
texnologik platformalarda faoliyat ko‘rsatadigan 
raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning 
yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoq
da. Ma’lumotlarning 
taqsimlangan reyestri texnologiyalari, “sun’iy aql”, superkompyuterlar 
imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-
aktivlar bo‘yicha faoliyat 
jahonning ko‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri 
texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko‘plab sektorlariga, balki davlat 
boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy 
etilmoqda. Natijada esa davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish
raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, 
investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, 2017 
— 2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida mazkur 
Farmonga muvofiq bir nechta vazifalar belgilab qo`yildi.
Bundan tashqari, elektron hujjat, elektron imzo kabi tushunchalar 
hayotimizga kirib kelishni boshlashi bilan turli sohada qilayotgan 
munosabatlarni amalga oshirish yanada osonlashdi. Mazkur aloqalarni 
tartibga soluvchi qonun hujjatlari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etilganligi 
so`zimiz isbotidir. Ulardan “Elektron hujjat aylanishi to`g`risida”gi va “Elektron 
raqamli imzo to`g`risida
”gi tegishli qonunlarni misol qilishimiz mumkin. 
Mazkur qonun hujjatlariga muvofiq, elektron shaklda qayd etilgan, elektron 
raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish 
imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega 
bo‘lgan axborot elektron 
hujjatdir.
4
Ushbu qonunning 7-
moddasiga ko`ra esa elektron hujjat qog‘oz 
3
 
https://lex.uz/ru/docs/-3806053
 
4
 
https://lex.uz/ru/docs/-165079
 


hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi. Mazkur 
moddalar elektron hujjatlar, ya’ni elektron shartnomalarni ham o`z ichiga 
olgan holda ularni qog`oz hujjatga tenglashtiradi hamda ular orqali o`tkazilgan 
turli operatsiyalar ham qonuniy hisoblanadi. Zamon talabi asosida kengayib 
borayotgan elektron shartnomalar ham xalqaro xususiy huquqda kelib 
chiqadigan nizolarga yechim sifatida qo`llanilishi mumkin.

Yüklə 52,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin