Bitimlarning kollizion masalalari. Elektron shartnomalar va smart kontraktlar



Yüklə 52,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü52,9 Kb.
#183685
1   2   3   4   5
Eshmatova Sevinch Sherzod qizi

kolliziya
so`zi lotinchadan oli
ngan bo`lib “to`qnashuvchi 
ish” degan ma’noni bildiradi. Qonunlar kolliziyasi esa ular o`rtasida 
qo`llanilishi zarur bo`lgan qoidani tanlash demakdir. Kollizion muammo esa u 
yoki bu huquqiy munosabatga nisbatan qo`llash uchun tegishli bo`lgan huquq 
muammosidan iboratdir. 
1
Kollizion metodlardan foydalanishning bir nechta sabablari mavjud 
bo`lib, bitim va shartnomalar ustida turli xil nizolar kelib chiqqan taqdirda 
aynan mana shu kollizion metodlardan foydalaniladi. Birinchidan, moddiy-
huquqiy normalarni birxillashtirish jarayonida qoidasiz ochiq qolgan 
munosabatlarni tartibga solish uchun, ikkinchidan, xalqaro hamkorlikning 
1
Xalqaro xususiy huquq. Darslik, T-2008. 53-b 


alohida sohalarida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solish va uni 
amalga oshirishda asosiy qoida sifatida qo`llash uchun, uchinchidan esa 
ba`zida moddiy-huquqiy manbalarni qo`llash bilan bog`liq qiyinchiliklar borligi 
sabablidir. 
2
Kollizion normalar faqatgina kelib chiqqan nizo ustidan qaysi davlat 
qonunlaridan foydalanish kerakligi uchun yo`nalish ko`rsatadi, ammo qaysidir 
ma’noda uning natijasiga tegishli bo`lmaydi.
Bundan tashqari, kollizion normalar izohlash va unga baho berish ham 
asosiy prinsiplaridan bir hisoblanadi. Nega deganda, turli xil davlatlar 
o`rtasida imzolangan shartnomalar ustidan vujudga kelgan nizolar qaysi 
davlat qonunchiligi asosida ko`rib chiqilishi kerakligini bilish uchun, albatta, 
kollizion normalarning xususiyatlarini birma-bir ko`zdan kechirish lozim 
bo`ladi. Kollizion normaning tuzilishi o`z vazifasiga ko`ra moddiy-huquqiy 
normalardan farq qiladi. Mazkur normalar ikki qismdan iborat bo`lib, uning 
dastlabki qismi norma qo`llanishi kerak bo`lgan tegishli huquqiy munosabatlar 
(mulkiy va nomulkiy shaxsiy oilaviy munosabatlar, shartnomaga asoslangan 
yoki asoslanmagan munosabatlar) haqida gap yuritiladi. Ikkinchi qismida esa 
muayyan munosabatga nisbatan qo`llanadigan huquq tizimini ko`rsatuvchi 
bog`lovchi qismdan iboratdir.
Shuningdek, mazkur normalarni faqat hajmiga qarab turli xil davlatlar 
uchun ishlatib bo`lmaydi, chunki roman-german va anglosakson huquq 
oilalariga tegishli bo`lgan mamlakatlar o`rtasida biroz nomuvofiqlik vujudga 
kelishi mumkin.
Bundan tashqari, kollizion normalar imperativ va dizpositiv hamda bir 
tomonlama va ikki tomonlama turlarga ham bo`linadi. Imperativ normalar 
majburiy xarakterdagi deb izohlasa, dizpositiv esa havola etuvchi hisoblanib, 
kollizion normaning mazkur tarzga ega bo`lgan qismini o`zgacha qo`llash 
to`g`risida taraflar bitim bo`yicha o`zlari kelishib olgan bo`lishlari mumkin.
Qisqacha qilib aytganda, kollizion normalar xalqaro xususiy huquqda 
eng muhim mavzulardan biri hisoblanib, chet davlatlar o`rtasida kelib chiqqan 
shartnomaviy nizolarga nisbatan qo`llashdan mayoq vazifasini o`taydi. 
Bitimlarning kollizion masalalari ham aynan bitim turlariga va tomonlar 
o`rtasida belgilangan nizolarga nisbatan tadbiq etiladi. Mazkur bitimlar 
yozma, og`zaki bo`lishi bilan bir qatorda elektron bitimlar ham vujudga 
kelmoqda.

Yüklə 52,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin