Smart kontraktlar “Aqlli shartnomalar” nomini olgan ushbu kontraktlar ham hozirgi davrda
butun dunyo bo’ylab keng tarqalmoqda. Avvalo, mazkur shartnomaning asl
ma’nosini haqida so`z yuritadigan bo`lsak, smart contract(SM*) blockchain
yaratilishidan ancha oldin 1996-yili Niko Sabo tomonidan keltirib o'tilgan ekan.
Uning aytishicha, smart kontraktlar bu intelektual kontrakt bo'lib, belgilangan
shartlarga asosan tranzaksiyalar va ma’lumotlarning avtomatik ravishda
elektron shaklda almashinuvidir. Bu g'oyani avvalgi paytlarda amalga
oshirishga imkon yo'q edi, lekin hozirgi kungacha uning g'oyasi o'z kuchida
qolgan va butun dunyoda bunday shaklda shartnomalar u aytganidek ishlab
kelmoqda. 2008-yilda yaratilgan Bitcoin uning g`oyasiga to`liq mos kelmasa-
da, qanchadir ma’noda uning fikriga yaqinroq edi. Bir qancha yillar o`tib esa
Aqlli kontraktlarni qo`llashni boshlashdi.
5
Qo`shimcha ma’lumotlarga ko`ra,
bir-birini tanimaydigan ikki kimsa sheriklariga ishonchsizliklari sababli
masofadan turib hech qachon savdo qilishga shoshilmaydi. Shuning uchun
uchinchi kimsaga murojaat qilishlariga to`g`ri keladi. “Aqlli kontraktlar” esa
hozirgi kunda mana shu uchinchi shaxssiz ishlash imkonini beradi. Chunki
blockchain tizimi desentrallashgan, hech kimsa un
dagi ma’lumotlarni o'chirib
yoki almashtirib qo'yolmaydi. Smart kontraktlarda yozilgan ma’lumotlar hech
qachon ortga qaytmaydi. Natijada esa ikkala shaxs masofadan turib ham
shartnoma imzolay olishadi.
Shu sohada faoliyat olib boruvchi bir nechta shaxslarning fikriga ko`ra,
olimlar ikkita terminni farqlashadi: “smart shartnoma” va “huquqiy smart
shartnoma”. Yaʼni, bunda
“smart shartnoma” bu
– oldindan belgilangan
funksiyalarga koʻra, muayyan holat yoki shart vujudga kelsa avtomatik tarzda
ishga tushadigan kompyuter kodini anglatadi. Kod taqsimlangan registrda
saqlanishi va qayta ishlanishi va unga har qanday natijaviy oʻzgarishlar
yozilishi mumkin.