Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligi: ma’lumki ko’pgina hayotiy masalalarni yechishda matematik modellar quriladi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə3/20
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Соболевнинг даврий функциялар фазосида оптимал интерполяцион формуланинг экстремал функцияси нормасини аниклаш (1)

I. Kirish:

I.A.Karimov.

“Inson olim bo’lishi oson, biroq yuksak ma’naviyatli inson bo’lishi qiyin”. Matematikaning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish, yangi texnalogiyalarni yaratish, ishga tushurish bu esa o’z navbatida juda murakkab matematik hisob-kitob jarayoni, yuksak ma’naviyatli inson bo’lishni taqazo etadi.

“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobining mohiyati, mazmuni, undagi g’oya, qarashlar, uning nazariy va amaliy ahamiyati, ya’ni jamiyatimiz ma’naviyatini asrab-avaylash, shuningdek yuksaltirish bizdek turli fan o’qituvchilari oldiga ulkan vazifalarni qo’ydi. Men matematika fan o’qituvchisi sifatida quyidagi xalq maqoli bilan fikrimni izohlayman “Qiyinidan qo’rqma, osoniga uchma”. Matematikaning imkoniyatlari juda keng va boy. U nafaqat fizika, astranomiya, ximiya, biologiya, iqtisod fanlarida, balki tibbiyot, tilshunoslik atrof-muhitni himoya qilish tabiatdagi turli-tuman qoidalarni o’rganishda ham dadillik bilan kirib kelmoqda va samara bermoqda.

Ta’lib tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oily maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi.

Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz.

Ma’naviy va axloqiy poklanish, inson, insof, diyonat, or-nomus, mehr oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi. Hammasining zamirida tarbiya yotadi.

O’sib kelayotgan avlod taqdiriga hech kim befarq qarab bilmaydi. Bunda oliy o’quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o’qitish, ularni tarbiyalash mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo’lishiga qayg’urish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunda oily va o’rta maxsus ta’lim tizimi saviyasini jahon andozalari darajasiga yetkazish xalq xo’jaligiga mutaxassisliklarga bo’lgan talab va ehtiyojlarini ilmiy tahlil asosida aniqlash xorijiy mamlakatlar tajribasidan oqilona foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridandir.

Ilm-ziyo salohiyati, bu xalqning, vatanning ulkan boyligi, kelajak poydevoridir. Uni rivojlantirishda, yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda davlat imkoni bo’lgan hamma ishni qiladi, hech narsani ayamaydi.

Yurtboshimiz I.A.Karimov “XXI asr axborot-texnologiyalari asri” degani kabi butun jahon taraqqiyoti tobora axborot texnalogiyalari bilan tez sur’atda rivojlanib bormoqda. Xususan, biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida matematika va informatika mutaxassisligi kadrlariga katta talab mavjud.

Respublika ta’lim tizimidagi asosiy vazifa jahon talablariga mos keluvchi axborot texnologiyalarni o’qish jarayonida qo’llashdan iborat. O’zbekistonda ta’lim tizimini axbarotlashtirilishi xalqaro hamjamiyatda ham tan olindi.

Ta’lim tizimidagi chuqur va keng ko’lamli islohotlarning mazmuni va amalgam oshirish muddatlari O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da o’z ifodasini topgan. Jumladan, “kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’kidlanganidek, kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnalogiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta ko’rish lozim.

Biz erkin, demokratik jamiyat barpo etyapmiz. Bozor munosabatlari hayotimizga teran kirib bormoqda. Ma’naviyatni yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalgam oshirilmoqda. Qisqacha aytganda, dunyoqarashimiz, hayotimiz o’zgarmoqda. Lekin taassufki, respublikamizda kadrlar tayyorlash, ta’lim tarbiya tizimida jiddiy o’zgarish ro’y bermayapti. Aslida islohotlarni mana shu sohadan boshlash kerak edi. Bu tizimdagi ishlarimiz hamon eski qolipda davom etmoqda va u hozirgi zamon talablariga mutlaqo mos emas. Shuning uchun biz bu tizimga tanqidiy nuqtai nazardan baho berishimiz, milliy dasturimizda qanday o’zgarishlarni amalgam oshirish lozimligini belgilab olishimiz kerak.

Eng muhimi, shuni anglab yetishimiz kerakki, kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz, sayi-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishimiz, ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki, zamonaviy ta’lim tarbiya tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor.

Natijada biz yoshlarimizni mustaqil fikrlashga kerakli darajada o’rgata olmadik. Maktablarni bitirib chiqqan ayrim yoshlarning mustaqil fikri yo’q . Mustaqil fikrga ega bo’lmagan odam esa har qanday olomonga ergashib ketaveradi. Masalaning eng muhim jihati aynan mana shundadir. Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili bo’lishi zarur. Ular yuqori malakali raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg’unlashtirish lozim.

Ma’lumki, xalq ta’limining asosiy bo’g’inini uzluksiz ta’lim tizimi tashkil etadi. Shu sababli, bu masalaga alohida diqqat-e’tibor qaratish darkor. Uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda, avvalo, ularning jahon ta’lablari darajasida bo’lishiga yuksak ma’naviyat zaminida qurilganiga asosiy e’tibor berish kerak.

Mavjud ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida:

“Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “kadrlar tayyorlash” bo’yicha milliy

dasturni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb hisoblansin.

Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga, ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz. Ana shunday ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. Shunda odam olomon bo’lib, har lahzada serkaga ehtiyoj sezib emas, aksincha o’z aqli, o’z tafakkuri, o’z mehnati bilan, ongli tarzda, ozod va hur fikrli inson bo’lib yashaydi.

Ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo bizning ta’lim-tarbiya tizimiga bo’lgan munosabatimizni ham tubdan o’zgartirish kerak. Ta’lim islohoti bizni demokratik o’zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish, yo’lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo’lmog’I zarur.

O’zbekiston Respublikasining “kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur to’g’risida” va “Ta’lim to’g’risida” qonunlari oilaning yangi avlod oldidagi maktabgacha ta’lim tarbiyadan boshlab oily professional ta’lim bilan nihoyalanuvchi burchlarining bajarilishini davlat tomonidan kafolatlaydi.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin