Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar



Yüklə 127,75 Kb.
səhifə21/28
tarix02.01.2022
ölçüsü127,75 Kb.
#36393
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar

Bob yuzasidan xulosa

Shaxsiy va ijtimoiy tayyorgarlikBolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psihologik tayyorgarligiga ham bog’liq. Maktabga o’qish uchunkelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeini - turli majburiyatlari va huquqlari bo’lgan va unga turlitalablar qo’yiladigan - o’quvchi mavqeini olish uchun tayyor bo’lmog’i lozim. Katta bog’chayoshdagi bolalar asosan maktabda o’qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyojmotivi turlicha bo’lishi mumkin. “Menga chiroyli forma va daftar, qalam, ruchkalar sotib olibberishadi”, “Maktabda o’rtoqlarim ko’p bo’ladi va men ular bilan mazza qilib o’ynayman”, “Maktabda uxlatishmaydi” kabi. Maktab tashqi atributlari shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun asosiy motiv bo’la olmaydi. “Men otamga o’xshagan bo’lishim uchun o’qishim kerak”, “Yozishni juda yaxshi ko’raman”, “O’qishni o’rganaman”, “Maktabda qiyin misollarni yechishni o’rganaman” ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi uchun tabiiy ravishda asos bo’la oladi. Bolaning endi o’zini katta bo’lganini, bog’cha bolasi emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor bo’lgano’quvchi bo’lishini anglashi, jiddiy faoliyat bilan shug’ullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim.Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. Maktabga shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, o’qituvchilari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o’z ichiga oladi. Har bir bola jamoaga qo’shila olishi, ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur.Ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini ta’minlab beradi.6-7 yoshli bolalar o’qishdagi asosiy qiyinchilik shundan iboratki, ko’pincha bu yoshdagi bolalar o’qituvchini uzoq vaqt davomida eshita olmaydilar.O’quv harakatlariga uzoq vaqt diqqatlarini qarata olmaydilar.Bunga sabab faqat shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olishi xususiyatiga ham to’la bog’liq. Chunki shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida so’ray oladilar. Natijada ularning o’qishga bo’lgan qiziqishlari ortadi va o’qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi vamuvaffaqiyatli o’qishida shaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati judakatta.


Yüklə 127,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin