Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar



Yüklə 127,75 Kb.
səhifə24/28
tarix02.01.2022
ölçüsü127,75 Kb.
#36393
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar

Umumiy idenfikatsiya

Onaning bola bilan idenf.

Umumiy jins-rol bo’yicha idenf.

Onaning jins-rol bo’yicha idenf.

Bolaning jins-rol bo’yicha idenf.

Umumiy udenfikatsiya

1

0,438*

-0,262

0,857*

0,038

Onaning bola bilan idenf.




1

0,467*

0,708*

0,846**

Umumiy jins-rol bo’yicha idenf.







1

0,237

0,856**

Onaning jins-rol bo’yicha idenf.










1

0,538**

Bolaning jins-rol bo’yicha idenf.













1

Izoh: *p<0,05, **p<0.01
Jadvalda keltirilgan natijalarga murojaat etaylik.“Men va mening bolam” proyektiv testi natijalarga tayanib, onalarning farzandlari bilan idenfikatsiyalashuvini bir necha jabhada baholashga erishildi. Buning uchun ular orasidagi ichki bog’liqlik va munosabatlar korrelatsion tahlil etildi (3.3.7-jadval).

Tadqiqot natijalarida onaning farzandi bilan idenfikatsiyalashuvi bolaning o’zini anglashda yetakchi o’rin tutadi, degan xulosani asoslashimizga sabab bo’luvchi asoslar yetarli, ya’ni ona doimiy ravishda farzandining tuyg’u va kechinmalarini his etishga, uning jins jihatidan o’zini anglashida ham belgilovchi o’rniga ega ekanligini aytib o’tish lozim. Chunki onaning bola bilan idenfikatsiyalashuvi umumiy holatdagi idenfikatsiyalashuvida (r=0,438, r<0,05), umumiy jinsiy rol bo’yicha identifikatsiyalashuvida (r=0,467, r<0,05), onaning jinsiy rol bo’yicha idetifikatsiyalashuvida (r=0,708, r<0,01), bolaning jins rol bo’yicha idetifikatsiyalashuvida (r=0,846, r<0.01); shuningdek, onaning jins-rol bo’yicha idetifikatsiyalashuvi bilan bolaning jins-rol bo’yicha identifikatsiyalashuvini kuzatishimizga (r=0,538, r<0.05 to’g’ri keladi.

Bundan ko’rinib turibdiki, ona ta’siri farzandning tarbiyasi, ijtimoiylashuvi va o’zini anglashda yetakchi omillardan biri sifatida gavdalanadi.

10 – ilovadagi natijalarga ham murojaat etganimizda bolaning jins-rol bo’yicha aynan bir xilligi xulq-atvor belgilari (kuzatuv) va uning jins-rol bo’yicha aynan bir xillik ko’rsatkichlari (ona rasmi) o’rtasida yaqqol ifodalangan aloqa bo’lib, bu a) rasmning axborotlilik darajasidan dalolat beradi va b) ona ongida bola obrazining jins-rol bo’yicha xulq-atvor steriotiplarini o’zlashtirish darajasi o’rtasida aloqa mavjudligini aniqlaydi. Otalar rasmi bilan vaziyatda bu rasmlar mavjudligini o’ziyoq diagnostik hisoblanadi, chunki faqat 25% erkaklargina bu sinovni o’tkazishga ruxsat beradilar. Biz otalarning “Men va mening bolam” rasmini chizishni ota-ona mas’uliyati, tarbiya jarayoniga jalb etilganligi va manfaatdorlik darajasi yuqoriligini dalil sifatida baholaymiz. Xuddi shu tarzda biz onalarning rasminichizishda rangli qalam va flomasterlardan foydalanishlarini ham baholaymiz- bu sinovda ishtirok etayotganlarning 20% iga teng bo’ldi. Yuqorida bayon qilinganlarning barchasi rasmning proyektiv qimmati va axborot uchun berilganligidan dalolat beradi hamda ona ongida bola obrazining jins-rol bo’yicha ifodalanganligi va uning jinsiy ijtimoiylashuvi – jins-rol bo’yicha xulq-atvor steriotiplarini o’zlashtirish darajasi o’rtasida aloqa borligini tasdiqlaydi. Shu tariqa, proyektiv test davomida olingan ma’lumotlarning sifat tahlili verbal uslubiyatni qo’llash davomida olingan natijalarni tasdiqlab beradi.

Ilovadagijadvaldanyanashunie’tirofetishmumkinki, tajribadaqatnashganonalarning 60%io’zlarinifarzandlaribilanidenfikatsiyaqilinishiniyuqoribaholaganbo’lsalar, otalarbujihatdanhamonalardanbirozpastko’rsatkichlarni – 40% niko’rsatdi. O’zlarini past idenfikatsiyada baholagan otalarga nisbatan shunday toifali onalar atigi 10% ni, ya’ni bir kishini tashkil etdi. Endi jinsiy rollar nuqtaiy nazaridan bir-birini identifikatsiya qilishda onalar bilan farzandlarning baholari o’rtasida keckin farq yo’q: farzandlarning 43 foizi vaonalarning 33 foizi bu mavqeda bir-birlarni yuqori baholagan bo’lsalar, past baholavchilar teppa-teng chiqdi (3 nafardan). Ko’p holatlarda onaning bahosi bilan farzandning bahosi bir-birga yaqin, masalan, past baholaganlar past yoki o’rtacha, yuqorilar yuqori va hokazo. Demak, umuman olganda, onalarning farzandlar bilan identifikatsiya otalarnikiga nicbatan tahlil qilinganda ancha yaqin va o’xshashdir.

Shunday qilib, maktabgacha bo’lgan yoshda yosh bo’yicha aynan bir xillik jarayoni umuman olganda yakunlanish bosqichiga yaqinlashgan, ya’ni o’z yoshiga oid tasavvurlarning shakllanganlik darajasi o’rtachadan baland; ijtimoiy jihatdan jamiyatdagi o’rnini anglash endi shakllanayotgan, ya’ni yaqin turgan ijtimoiy muhit to’g’risidagi tushuncha va tasavvurlarning shakllanganlik darajasi o’rtachadan past; bolaning o’z jinsi bilan bog’liq rollar to’g’risidagi tasavvurlarning shakllanganlik darajasi pastdan yuqorigacha bir xilda taqsimlanadi. Nominativ tasavvurlar, ya’ni o’z ismi, uning ma’nosi atrofidagi tasavvurlar ham mavjud bo’lib, ular shu yosh uchun yuqori darajasi shakllangan; qadriyatlar identifikatsiyasi esa endi rivojlanish bosqichida ekanligi ma’lum bo’ldi. Ushbu fikrlarning identifikatsion tasavvurlar nuqtai nazaridan olingan va biz tomonimizdan umumlashtirilgan ma’lumotlar quyidagi 3.3.8 – jadvalda keltirilgan.

2.1.8-jadval

Bolalarning “Men” konsepsiyasiga oid tarkibiy qismlarning shakllanishi bo’yicha taqsimlash

N=45

“Men” konsepsiyasi komponentlarning shakllanganlik darajasi


“Men” konsepsiyasi komponentlarning shakllanganlik darajasi bo’yicha guruhlar soni (%)


Nominative

Yoshga oid

Jinsiy

Ijtimoiy

Qadriyatli

Past

0

0

43.3

50

96.7

O’rta

0

50

36.7

46.7

3.3

Yuqori

100

50

20

3.3

0

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, ko’rsatkichlarning maksimal doirasi maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarning o’z jinsiga rollar bo’yicha aynan bir xilligiga xos bo’lib, bu ko’rsatkich 1 dan 10 ballgacha, yosh bo’yicha va ijtimoiy aynan bir xillikning dolzarb darajalari o’zgaruvchanlik doirasi mos ravishda 30 va 20%ga past. Bunda jins-rol bo’yicha aynan bir xillik yuqori ko’rsatkichlariga bolalalarning 20%i ega, yosh bo’yicha – 50% va ijtimoiy mavqega moslik – 3.3%, o’rtacha mos ravishda – jins bo’yicha 36.7%, yosh bo’yicha – 50% va ijtimoiy aynan bir xillik – 46.7%. Jins-rol bo’yicha aynan bir xillikning past ko’rsatkichlari – 43.3%da, yosh bo’yicha –0%, ijtimoiy aynan bir xillik bo’yicha – 50%da. Ya’ni, sinovda ishtirok etayotgan bollalarning 100% i amalda yosh bo’yicha erishilgan identifikatsiyani (darajalar nisbati – yuqori 50; o’rtacha 50; past 0), taxminan 50%i endi shakllanishni boshlayotgan ijtimoiy identifikatsiyani (darajalar nisbati – yuqori 3; o’rtacha 47; past 50) va 57%i faol rivojlanayotgan jins-rol bo’yicha identifikatsiyani (darajalar nisbati – yuqori 20; o’rtacha 37; past 43) namoyish etadi. Shunday qilib, ko’rib turibmizki, mazkur bosqichda yosh bo’yicha aynan bir xillik amalda yakunlangan bo’lib, ijtimoiy aynan bir xillik eng boshlanayotgan, end yaqqol ifodalangan, jarayon esa bolaning jins-rol bo’yicha aynan bir xilligning rivojlanishi hisoblanadi. Bularning barchasi shakllanayotgan “Men” konsepsiyasining ushbu bosqichdagi asosiy tarkibiy qismi sifatida jins-rol bo’yicha aynan bir xillikni hamda maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolaning o’zini anglash jarayoni dadil shakllanayotganligini ko’rsatadi.



Yüklə 127,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin